Зоология ва экология


Gidrotermik ishlov berishda donga suvni singish kinetikasi


Download 1.35 Mb.
bet90/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

7. Gidrotermik ishlov berishda donga suvni singish kinetikasi.

Donni suvda buktirishni alohida holati mavjuddir. Don suvda buktirilganda bir necha sekund davomida 3-5 % namlikni o`ziga oladi, keyingi bir necha vaqt davomida donning namligi o`zgarmaydi. Bu boshlang’ich namlikni meva qobig’i o`ziga oladi. Meva qobig’idagi kapilyarlar, g’ovvaklar va bo`shliqlar birinchi namlikni saqlovchi sig’im (rezervuar) vazifasini o`taydi. Meva qobig’i olgan namlik mustahkam bog’lanmagan bo`lib, tez atmosferaga bug’lanib ketishi mumkin. Suvni mustahkam saqlash va uni yo`qolishini oldini olish urug`’ qobig’i, aleyron qatlam va murtakni yuqori gidrofilligi orqali ta’minlanadi. CHunki suv bu qatlamlarda tez kuchadi va oqsil va kraxmal bilan qattiq bog’lanadi.

Suvning keyingi harakati endospermni ichiga yo`naltirilgan bo`ladi. Suvning keyingi siljishi sekin boradi, chunki suvning diffuziya koeffitsienti donda kichkina bo`ladi yani 10 -11...10 -12 m2/s. Natijada nam bilan to`yingan urug`’ qobig’i va aleyron qatlam yonida namligi past bo`lgan subaleyron qatlam va endospermning kletkalari turadi. Donni ichki qismida namlikni harakati tufayli kritik kuchlanish hosil bo`ladi. Buning natijasida donni endospermida (mag’zida) ko`ndalang va uzunasiga mikroyoriqlar hosil bo`ladi. Mikroyoriqlarni hosil bo`lish tezligi jarayonning sharoitlari va donni xossalari bilan aniqlanadi.

Namlikni donni ichkarisiga ko`chishi bilan bir vaqtning o`zida donni strukturasi va xossalari to`liq yoki qisman o`zgaradi. Bu jarayonlarni rivojlanishi, tezligi va yo`nalishi gidotermik ishlov berishni rejimlariga va parametrlarini miqdoriga bog’liq bo`ladi.

Donni namlashda namlikni ko`chish jarayoni va bunda fizik, kolloid va bioximiyaviy jarayonlarni borishi shunday rivojlanadiki, ularni uchta davrini belgilash mumkin (6-jadval).

6-jadval




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling