6. Javdar donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni.
Javdar donidan navli un tortishning uchta turi mavjud: bir navli elanma uni; bir navli sidirma uni; ikki navli elanma va sidirma uni.
Donni navli un tortishga tayyorlashning texnologik sxemasi asosida don elevatordan yig’uvchi bunkerlarga kelib tushadi. Bunkerlardan keyin don me`yorlagichlardan o`tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va avtomatik tarozida o`lchanadi.
Texnologik sxema bo`yicha don chiqindilardan tozalanadi va yuzasiga quruq ishlov beriladi. Ikkinchi bosqichda don oxirgi marta chiqindilardan tozalanadi va sovuq usulda gidrotermik ishlov beriladi.
Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va yengil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16 va boshqa separatorlarda) ajratib olinadi.
Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha bo`laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi.
Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-UTO-6) ajratiladi.
Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi.
Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan silliqlovchi (A1-ZSHN-3) mashinalarida bajariladi. Bunda dondan 3,5...5,0% gacha qobiq ajratib olinadi.
Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni bir bosqichda bajariladi. Bunda javdar donining namligi 14,5...15,0 % gacha, bug’doyning namligi 14,5...15,0 % gacha etkaziladi va 4...8 soat davomida bunkerlarda namiqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |