CHiqindilarning tasnifi.
Donlarni har xil uskunalar yordamida tozalanganda turli xil chiqindilar ajratib olinadi: separatorning g’alvirlaridagi qoldiq - yirik chiqindi; g’alviridan o`tgan mayda chiqindi; trierlardan uzun va kalta chiqindi; toshtozalagichdan mineral chiqindilar. Bundan tashqari aspiratsion changlar, donni yuvganda hosil bo`ladigan chiqindilar va magnit separatorlarida ajratib olinadigan metal chiqindilar ajratib olinadi.
CHiqindilar tarkibida yaroqli don miqdoriga qarab asosan besh toifaga bo`linadi:
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 50 % dan yuqori;
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 30...50 % gacha;
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 10...30 % gacha;
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 2...10 % gacha;
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 2 % dan kam. CHiqindilarning V - toifasidan tashqari barcha chiqindi omuxta em ishlab chiqarish sanoatida ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |