10. CHiqindilarni nazorat qilish.
Donni tayyorlash bo`limida olingan chiqindilar buratlarda, trierlarda, aspiratorlarda nazorat qilinadi va ularning tarkibidan maksimal miqdorda yaroqli donlar ajratib olinadi.
Donni tozalash bo`limida olingan chiqindilar ikki oqimda nazorat qilishga yuboriladi. Birinchi separatordan olingan chiqindilar, hamda jaydari un tortishda birinchi urib tozalovchi mashinalardan olingan chiqindilar (III - kategoriyali) N1 buratga yuboriladi. N2 buratda donni oxirgi tozalovchi mashinalardan olingan chiqindilarga ishlov beriladi. N1 buratni 1,6 nomerli metal simli g’alviridan o`tgan elanma mayda mineral changlar va qumlar, qisman organiq bo`lakchalar alohida sig’imga yuboriladi. N2 buratning birinchi 1,6 nomerli metal simli g’alviridan o`tgan elanma organiq bo`lakchalardan tashkil topgan, ularni III kategoriyali chiqindilarga yuboriladi.
Ikkala buratdagi N5 g’alvirdan o`tgan elanma ham ozuqa ishlab chiqarish uchun qo`llaniladi, chunki tarkibida maydalangan donlar va ifloslantiruvchi aralashmalarning urug`’lari bo`ladi. N5 g’alvirning qoldig’i bilan olingan don tarkibidan yengil aralashmalar havo separatorida ajratib olingandan keyin umumiy don oqimiga qaytarib yuboriladi.
Trierlarda dondan ajratib olingan kukol alohida bunkerga yuboriladi va keyin yo`q qilinishi shart. Uzunligi bo`yicha farq qiladigan uzun chiqindilar (suli, yovvoyi suli, arpa) II-III kategoriyali chiqindilarga yuboriladi.
Hamma I-IV kategoriyali chiqindilar bolg’ali maydalagichda maydalanadi, chunki ifloslantiruvchi chiqindilarning urug`’lari, ayniqsa yovvoyi sulining urug`’i hayvonlarning hazm qilish organlaridan o`tgandan keyin ham unib chiqish xususiyatini saqlab qoladi. Hamma chiqindilar avtomatik tarozida o`lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |