Asosiy aniqlash usuli. Asosiy yoki standart usuli mayda-langan don namunalarini elektr quritish javonida 1300 li haro-ratda 40 daqiqa davomida quritish usuli hisoblanadi.
Agar dondagi namlik miqdori yuqori bo’lsa (18% dan ko’p), unda namlikni aniqlashni dastavval quritish bilan birga olib boriladi. Maydalangan yoki oddiy donni elektr javoni yoki boshqa apparatdagi 1300 haroratda 40 daqiqa davomida quritib namlikni aniqlashga ruxsat etiladi. Arbitraj tahlil va quritish javon va nam o’lchagichlari nazorat tekshirishida albatta asosiy usulini qo’llash zarur.
Asosiy usulda namlikni aniqlashda tahlil o’tkazish tartibi quyidagicha. Yaxshi aralashtirilgandan keyin 100 gr donni o’rtacha namunadan ajratib olinadi va uni o’ziga mos qopqoqli shisha idishga yoki po’kak bilan zich yopiladigan butilkaga joylanadi. Tahlilni keltirilayotgan namunalarning harorati xona haroratiga to’g’ri kelganda boshlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |