Yanchishdagi yiriklikni bilish uchun tegirmoncha o’rnatish. Namlikni aniqlashda don namunalari laboratoriya tegirmonchasida yanchiladi. Chunki yanchilgan unning yirikligi donning quritish darajasiga ta’sir etadi, shuning uchun yanchishdan oldin tegirmon-chalarni ma’lum yiriklikka mo’ljallab o’rnatiladi. Ushbu maqsad-da texnik torozida 50 gr don tortiladi, uni tegirmoncha orqali o’tkaziladi va olingan mahsulotni elaklar to’plami orqali elana-di. DAST ga binoan 0,8 mm uyali simli elakdan o’tkazilgan mayda-langan don bug’doy uchun 60%, grechixa uchun 50%, suli uchun 30%, boshqa don turlari (no’xat) uchun 50% dan kam bo’lmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |