Зоология ва экология


So’tali makkajo’xorilarning namligini aniqlash


Download 1.35 Mb.
bet258/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

So’tali makkajo’xorilarning namligini aniqlash. So’tali makkajo’xorilarning namligini alohida don va negizida aniq-lanadi.

Ombor maydonchalarida, shuningdek vagon, avtomashina yoki aravalarda keltirilgan va saqlanayotgan so’talarning namligin aniqlash uchun, dastlabki namunadan (100 so’ta) har 30-sini, ya’ni bor yo’g’i uchtasi olinadi. Ular mutlaqo sog’lom bo’lishi shart.

Omborga avtomashinalarda kun davomida qismlarga bo’lib olib kelingan bir turli to’plamning namligini aniqlash uchun o’rtacha kunlik namuna quyidagi tarzda tuziladi. Har bir avtomashina yoki aravadan olinadigan uchta sog’lom so’ta namunasi sindirilib, 50 gr don olinadi va po’kak bilan zich yopiladigan shisha bonkaga joyla-nadi. Olingan o’rtacha kunlik namunadan 50 gr namunacha ajrati-ladi va don namligini aniqlash amalga oshiriladi.

Makkajo’xori negizining namligini aniqlash uchun ham o’rtacha sutkali namuna tuziladi. Makkajo’xorining har bir so’tasidan ajratilgan negizidan bo’lakcha kesib olinadi va uni zich yopila-digan shisha idishga joylab saqlanadi. Tuzilgan o’rtacha sutkali 50 gr og’irlikdagi bo’lakchalardan namunalar ajratiladi, ular kichik qismlarga bo’linadi, har biri 5 gr dan ikkita namunacha olinadi va quritiladi.

Don namligini aniqlash uchun so’talar qo’lda yoki laboratoriya sidirgichi yordamida sidiriladi va olingan dondan 50 gr o’rtacha namuna ajratiladi. So’ngra don yanchiladi, qopqoqli bonkaga joy-lanadi, keyin undan har biri 5 gr dan ikkita namuna olinadi. Ularning namligi 18% dan ortiqcha bo’lsa, undagi namlik dastlab-ki quritishdan keyin aniqlanadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling