Namlikni elektron nam o’lchagichlarda aniqlash. Don namli-gini aniqlashda zamonaviy elektron o’lchagichlardan foydalanish boshqa qolgan usullar oldida juda ko’p afzalliklarga ega. Birin-chidan elektron asboblar don namligini aniqlashga ketadigan vaqtni keskin qisqartirish imkonini beradi, bu don tayyorlash davrida juda zarurdir, ikkinchidan, elektron nam o’lchagichlarning tuzilishi nisbatan oddiy bo’lib, ularda ishlash uchun maxsus ixtisoslashti-rishni talab qilmaydi, uchinchidan, elektr namlik o’lchagichlar yordamida masofada turib namlikni o’lchash, namlikni avtomatik ravishda nazorat qilish va boshqarib borish mumkin (33-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |