Ishni bajarish tartibi.
Asbob va uskunalar: 1.Texnik tarozlar; 2.Laboratoriya tegirmonchasi;
3.SESH-3M quritish shkafi; 4.0,8 mm o‘lchamli simli elak: 5. Byukslar. 6.Tigelli qisqich; 7.Signalli soat; 8.Eksikator;
I.Don namligini asosiy standart usuli bilan aniqlash.
30 g don laboratoriya tegirmonchasida maydalanadi. Maydalangan don yirikligi 0,8 mm li elakdan elanib aniqlanadi.
Bo‘sh byukslar og‘irligi texnik tarozida o‘lchanadi. Maydalangan dondan xar biri 5g dan bo‘lgan namuna byukslarga joylashtiriladi. o‘lchanma 0,1% aniqlikda bajariladi. quritshi shkafi 130° gacha qizdirilgan bo‘lishi kerak. Byukslar namuna bilan SESH quritish shkafiga qopqoqlari ochiq xolda joylashtiriladi va nazorat chirog‘i o‘chgandan so‘ng vaqt belgilanadi 1300C temperaturada 40 minut davomida quritiladi. Keyin byukslar tigelli qisqichlar yordamida tortilib olinib, qopqog‘i yopiladi va eksikatorga 15-20 minutga sovutish uchun qo‘yiladi.
Sovutilgandan so‘ng byukslar og‘irligi o‘lchanadi va namlikni yo‘qotilishi aniqlanadi.
Namlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |