Зоология ва экология
CHorva mollarini oziqlantirishni me`yorlashtirish
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
CHorva mollarini oziqlantirishni me`yorlashtirish. CHorvachilikni rivojlantirishda va oziq ishlab chiqarishda mamlakatimiz turli zonalarining tabiiy va iqtisodiy sharoitlari turli xildir. CHorva mollarini oziqlantirish tiplari va tipovoy ratsionlari ishlab chiqarishda shu sharoitlar hisobga olindi. Oziqlantirish tipi ratsionlarning strukturasi, ya`ni ular tarkibiga kiruvchi turli oziq gruppalarining solishtirma oziqligi (oziqa birligi bo`yicha) bilan harakterlanadi. Oziqlantirish tipining nomi odatda ratsionda qaysi oziqning yoki oziq gruppalarinning ko`pligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda turli zonalarida qoramollar uchun quyidagi oziqlantirish tiplari qo`llaniladi: pichanli, silosli, kontsentrat, silosli – pichanli, silosli – ildizmevali, silosli – jomli (turpli), silosli – senajli, silosli – senajli – kontsentratli va hokazo. YOz davrida oziqlantirish tiplari asosan yashil o`tlarning, silosnigo va omixta yemlarning kushilishlar bilan belgilanadi. Bu davrda yashil o`tli, o`tli – silosli va o`tli – kontsentratli oziqlantirish tiplari ko`p tarkalgandir. CHorva mollarrini oziqlantirish tiplari dexkonchilik va oziq ishlab chiqarish sistyemalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, sistyemalarining rivoljlanishida hamda takomilashishida muhim ahamiyat kasb etadi. Karamol va qo`ylarning oziqlantirish tiplarigva tabiiy pichanzorlar va yaylovlarning mavjudligi katta ta`sir ko`rsatadi. Har qanday oziqlantirish tipi baholanganda uning hayvonlar mahsuldorligi, jumladan, mahsulot sifatiga ta`siri, hayvonlarning salomatligiga ularning qayta ishlab chiqarish funktsiyalariga ta`siri va iqtisodiy samarasiga hisobga olinadi. Ratsion – oziqlantirish tipining konkret ifodachisidir. Agar ratsionlar turli oziqlarning tirlashuvi va solishtirma ogirligi bo`yicha ilampiy asoslangan tipga to`g`ri kelsa va zona shart –sharoitlarini kanoatlantirsa, ular tipovoy ratsionlar deb ataladi. Har qanday tipovoy ratsion – uning to`yimligi bo`yicha bo`yicha hayvonlarning extiejiga karab asosiy to`yimli moddalar bilan balanslanganligiga binoan baholanadi. Tipovoy ratsionlar yuqori mahsuldorligini, qayta ishlab chiqarish funktsiyasining normal faoliyatini va oziqni mahsulot bilan yaxshi ta`minlashi kerak. SHuning uchun ham chorvachilikni sanoat nyog`iziga kuchirishda tipovoy ratsionallarning ilmiy muassasalar ishlab chiqadi, xo`jalik sharoitida esa mo`taxassislar maxaliy sharoitlarni hisobga olgan holda ularga tuzatish kiritishlari mumkin. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling