Texnologik jarayonlar va ularning samaradorligi haqida tushuncha. Omixta yem ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar xuddi un va yorma ishlab chiqarishdek, me`yoriy – texnik hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Asosiy hujjatlar bo`lib omixta yem, oqsil vitaminli qo`shimchalar, pryemikslar hamda karbamid kontsentratlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish qonunlari hisoblanadi. SHu hamda boshqa hujjatlar asosida korxona texnik sxyemasi ishlab chiqiladi.
Jarayon – bu qo`yilgan maqsadga erishish uchun ma`lum harakatlar majmuasi bo`lsa, texnik jarayon bu - xom ashyoga ishlov berish natijasida tayyor mahsulotni olish jarayonidir.
Texnologik jarayonining samaradorligi xom ashyodan mahsulot tayyorlashga sarflangan energiyaning foydalanish darajasi bilan baholadi. Bu samaradorlikka qayta ishlaydigan xom ashyoning texnik xossalari, texnik jarayonlarning tuzilishi, jixoz va uskunalarning ish rejimlari, ta`sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |