Takrorlash uchun savollar.
Mamlakatimizda omixta yem ishlab chiqarish sanoati qanday rivojlanmoqda?
Omixta yemning umumiy tafsilotini va turlarini keltiring.
Omixta yem qanday kimyoviy tarkibga ega?
Yemdagi to`yimli moddalarning ahamiyati nimadan iborat?
Omixta yem zavodlaridagi texnik jarayonlarning umumiy tavsifini izohlang.
17-Amaliy mashg’ulot Omixta yem turlari bilan tanishish va ularning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash.
Darsning maqsadi: Omixta yem korxonalari assortimenti. Omixta yem sanoati bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqarib, ular tayyor yem eki keyin tayyorlaydigan omixta yemning tarkibiy qismi.
Omixta yemning tarkibi har xil tur va guruxdagi hayvonlar uchun retsept asosida aniqlanadi. Ba`zi turdagi qishloq xo`jalik jonivorlariga (yirik shoxli hayvonlar, qo`ylar) dag`al va sersuv ozuqalardan tashqari omixta yem kontsentrati beriladi.
Aloxida mahsulotlarni kimyoviy tarkibi, xususiyati va umumiy tavsifini o`rganib, o`z tarkibida hayvon organizmi uchun kerakli bo`lgan ozuqa moddalar, vitaminlar, mikroelyementlar va antibiotiklardan tashkil topgan aralashma tayyorlash mumkin.
Omixta yem zavodlarida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |