Donli xom ashyo tavsifi. Turli ekin donlari va uruglari, shuningdek un va yorma ishlab chiqarish sanoati chiqindilari ko`pgina omixta yemlarning majburiy holda asosiy tashkil qiluvchi qismlari hisoblashadi.
Donli yem-xashakning katta ahamiyatga ega ekanligi uning yuqori ozuqa qiymatligidadir. Yem - xashak ekini sifatida eng ahamiyatlisi makkajuxori, arpa va sulidir.
Omixta yemdagi don miqdori don rodidan, hayvon turidan va ularning xo`jalik - ekspluatatsion guruxidan bog`liq holda uzgarib turadi. Turli omixta yem tarkibiga aralashma yoki aloxida - aloxida ko`rinishda 10 dan 50% gacha suli, 30 dan 50% gacha va undan ko`p arpa, 20 dan 35% gacha va undan ko`p makkajuxori, 15 dan 30% gacha javdar, 20 dan 30% va undan ko`p bugdoy kushiladi.
Omixta yem ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan donlarning sifat ko`rsatkichlari: namlik, ifloslantiruvchi aralashmalar, zararli aralashmalar, donli aralashmalar, makkajuxori uchun esa - kasallangan yoki to`lakonli bo`lmagan va so`tadan tuqilgan donlar miqdori bilan baholanadi.
Omixta yem ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan don normal xidga va ta`mga ega bo`lishi; zararkunandalar bilan zararlanganligi esa kanalar uchun 2-darajadan oshmasligi kerak. Aloxida ekinlar uchun sifat ko`rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |