Zulfiya nigohida bahor


Download 22.69 Kb.
bet2/3
Sana18.03.2023
Hajmi22.69 Kb.
#1279907
1   2   3
Bog'liq
5.Mamirjonova O\'g\'iloy. docx

Muhokama. Shuni aytib o’tish joizki, shoira Zulfiyaning har bir she’ri o’zgacha tarix. Uning she’rlarini o’qigan har bir inson shoiraning nozik dil torlarini anglaydi. Butun hayoti davomida uchratgan yorug’, muhabbatli, quvonch-shodlik kunlarini, yoki hayotida yuz bergan ayanchli hodisalar, g’am-anduhlar, ayriliq damlarini hissiyotiga qo’shib qog’ozga tushirgan satrlar Zulfiyaning turmushi, hayoti qanday kechganidan dalolat beradi. ”20-30 she’r yozib, gazeta-jurnallarda bostirgan odam, – shoir bo’lavermaydi, albatta, – deydi Zulfiya o’z tarjimayi holida. – Buni yoshlikda anglash qiyin. Men ham ko’p yozdim, she’rlarimda ma’lum adabiy tashbihlar takrorlanayotganini payqamasdim. Shu bois birinchi to’plamimni tavkkal “ Hayot varaqlari” deb ataganman”.4 Haqiqatan ham o’zi aytganidek Zulfiya ko’p yozdi ammo xo’b yozdi. Shoira she’rlarini , asosan, o’zining ichki kechinmalari tashkil etadi. Tabiatga bo’lagn munosabatini juda go’zal tasvirlaydi, unga bo’lgan mehrini o’quvchiga to’liq his qildiradi. Shoiraning bahorga atalgan “Shoir sevgan o’lka ko’ksida”, “Xushbo’y bahor kezib yuradi...”(1980) – “Bahorda tug’ildim!”, “Unga esh”, “Yashashning qonuni qonimda...” (1981) – “ Sindi qish to’qigan muz hisli qafas” “ Mana , yana qushlar chug’urlab qoldi” (1983) she’rlarida bahor motivi yetakchilik qiladi.
Tabiat go‘zalliklaridan behad chuqur hayajonga tushush, o‘z tuyg‘ularini tabiatdagi tovlanishlar surati orqali berish Zulfiya ijodiga xos xususiyatlardan biridir. Shoiraning hayot haqidagi falsafiy fikrlari lirik kechinma yo‘nalishi hamda tabiat tasviri bilan hamohang teranlashib, tiniqlashib boradi. Fikr bilan tuyg‘u uyg‘unligi inson umrining abadiylikka daxldorligi mohiyatini ochadi:
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam
Tunlar tushumdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.
Shoira Zulfiya “Salom tansiq bahor” she’rida bahor mavzusiga bag‘ishlangan she’rida o‘z lirik qahramonining ma’naviy dunyosini tabiat manzaralari tasviri poetik timsollar orqali kengroq yoritib bera olgan:
Yana ko‘k tubida sayraydi qushlar,
Yana erda ko‘hna yam-yashil ko‘rpa.
Yana tandan ketdi mudrashu tushlar,
Yana yoshday dilda o‘ylar ming turfa.
Gar ibora qadim, qofiya siyqa,
Ajdod o‘lmasligin haqiqati bu.
Bahor deding – birdan olam antiqa,
Va senda eng yolqin, tiniq bu tuyg‘u5
Inson qalbi va tabiat tovlanishlarining ma’nosi nozik kuzatishlar va teran falsafiy umumlashmalar uchun katta imkoniyat yaratadi. Bahor timsolida shoira lirik qahramon tabiat husnini, hayot go‘zalligini, tinchlik, osoyishtalikni, insonlarning quvonchini, orzu intilishlarini ko‘radi. Ayni chog‘da bahor insonning qalb manzaralarini ko‘rish va kuzatish uchun ham vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...6
“Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri ham boshqalarining ichida his-tuyg’uning kuchliligi hamda hajm jihatdan ajralib turadi. She’rda shoira Hamid Olimjonga to’g’ridan-to’g’ri emas, bahor fasli orqali uni sog’ingani, muhabbatini va cheksiz hurmatini ko’rsatib bergan. Zulfiya bahorni aloqachi sifatida talqin etadi.
Bahor bo’lmasaydi, odamzod albat
O'zi kashf etardi, kashf etganday baxt...7
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Zulfiya lirikasi jo’shqin hissiyotlar, vafo, teran tafakkur o’laroq vujudga kelgan. Uning she’rlari ba’zan, o’ychan, ba’zan quvnoq, ba’zida ta’sirchan, ba’zida esa jiddiy. Shoira she’rlaridagi his-tuyg’u hech kimning qalbiga yetib bormay qolmaydi. Zulfiya ma’naviy-ruhiy izlanishlarida, poetik timsol yaratish jarayonida his-tuyg‘ular manzarasi, kechinma tarangligi bo‘rtib turadi. Unda makon va zamon chegarasining qamrovlari keng, o‘tmish, bugun va kelajak voqeligi inson taqdiri, ertasi bilan yondosh tasvirlanadi.

Download 22.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling