• Reja: Umumiy geografik tavsif


Download 194.11 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi194.11 Kb.
#1606838
  1   2   3
Bog'liq
buxoro

Mavzu: Buxoro viloyati ma'muriy hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari

• Reja:

1.Umumiy geografik tavsif.

2. Tabiiy sharoiti. Iqlimi.

3. Ichki suvlari.

4. Tabiiy boyliklari.

5. Aholisi va mehnat resurslari.

6. Xo'jaligi.

Buxoro viloyati

  • Buxoro viloyati
  • Buxoro viloyati O'zbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. O'zbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi bo'yicha Navoiydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli- g'arbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-g'arbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39.4 ming km². Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot. Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako‘1. G'ijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo. Vobkent, Gazli. Kogon. Olot, Romitan, Shofirkon, Qorako'l, Qorovulbozor. G'ijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yig'ini bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan Uzbek, Rus, Fors (Eroniylar). Turkman, tojik. Ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.
  • Markazi-Buxoro

Tabiiy sharoiti

  • Tabiiy sharoiti
  • Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga ko'ra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oralig'ida Oyoqog'itma botig'i joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef koʻrinishlarini ajratish mumkin:
  • 1.Alohida ifodalangan past tog'lar, platolar (Kuljuqtov. Tuzkoy tog'i. Jarqoq, Saritosh); 2. Tekis yuzali plato va qirlar (Qorako‘1. Dengizko l, Uchbosh, Qoraqir);
  • 3.Daryo va ko'l yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol ta'sirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar:
  • 4.Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin,
  • Oyoqog'itma, Dengizko 1);
  • 5.Yassi yuzali vohalarda balandligi 5-15 m li tepalar uchraydi.

Sanoati
Korxonalar ilg'or texnologiya bilan jihozlandi. Yangi qadoqlash liniyalari, Buxoro, G'ijduvon, Qorako'l, Vobkent shaharlarida Germaniya texnologiyasiga asoslangan non sexlari ishga tushirildi. ,,Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyatining filiallari G'ijduvon, Vobkent, Qorako'l va Olotda ishlab turibdi. Buxoro pillakashlik fabrikasi va uning filiallarida pilla qayta ishlanmoqda. Buxoro trikotaj kiyimlar fabrikasida erkaklar, ayollar va bolalarning ustki va ichki kiyimlari ishlab chiqariladi. Buxoro tikuvchilik fabrikasi, Buxoro va G'ijduvon poyabzal fabrikasi, Shofirkonda Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan,,Vardanzi" tikuvchilik qo'shma korxonasi, "Qorako'1" aksiyadorlik jamiyati qoshida Yunoniston bilan hamkorlikda,,Omega-Sitora" qo'shma korxonasi ishga tushirildi.

Download 194.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling