1-amaliy mashg‘ulot. To‘ldiruvchilarning fizik xossalari. To‘ldiruvchilarning uyma zichligi


Download 30.58 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi30.58 Kb.
#1155392
  1   2
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1-amaliy mashg‘ulot.
To‘ldiruvchilarning fizik xossalari.
To‘ldiruvchilarning uyma zichligi.
Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilar fizik va mexanik xususiyatlari, texnik-iqtisodiy samaradorligi va ishlatilish sohasi bo‘yicha ajralib turadi.
To‘ldiruvchilar uyma zichligi deb, to‘ldirgich massasining u egallagan hajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar orasidagi bo‘shliq xisobga olinadi).
G‘ovak to‘ldiruvchining uyma zichligi o‘lchamli idishda aniqlanadi, uning o‘lchami to‘ldiruvchining yirikligiga bog‘liq ravishda 1-jadvaldan qabul qilinadi.
To‘ldiruvchilar yirikligi bo‘yicha o‘lchov idishlarining o‘lchamlari
1-jadval

To‘ldiruvchi donalarining eng katta yirikligi, (mm)

O‘lchov idishining sig‘imi, (l)

O‘lchov idishining ichki o‘lchamlari, mm

Diametri

Balandligi

5 va undan kam
10
20
40

1
2
5
10

108
137
185
234

108,5
136,5
186,5
233,8

Doimiy massagacha quritilgan to‘ldiruvchi tarozida tortilib, balandligi 100mm bo‘lgan silindr shaklidagi o‘lchov idishiga solinadi va ortiqchasi metall chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi. Keyin o‘lchov idishi torozida tortiladi va o‘rtachasi arifmetik usulda aniqlanadi.


Uyma zichlik quyidagi formula bo‘yicha xisoblanadi:
, ( kg/m³) (1)
Bu erda : m1- o‘lchov idishining massasi, kg
m2- o‘lchov idishining to‘ldiruvchi bilan birgalikda massasi, kg
V- o‘lchov idishining hajmi, m³
SHuni ta’kidlash kerakki, to‘ldiruvchilar uyma zichligini aniqlash o‘lchov idishi shakli va sig‘imiga, o‘lchov idishi o‘lchamlariga, to‘ldiruvchilar donalariga bog‘liq. Berilgan yiriklikdagi to‘ldiruvchilar donalari uchun, idish o‘lchami qancha kerak bo‘lsa, to‘ldirgich holati nisbatan donador material hajmi kichik bo‘ladi. SHu sababli O‘zRST 720-96 “Zichlikni aniqlash usuli” bo‘yicha standart o‘lchov idishlar (1-jadval) g‘ovak to‘ldiruvchilar uchun qo‘llaniladi.
Standart bo‘yicha shag‘al va chaqiq tosh uchun yirikligidan kelib chiqib 2-50l sig‘imli o‘lchov idishlar, qum uchun 1litrli o‘lchov idishi ishlatiladi. G‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi ularning mos uyma zichligi bo‘yiga o‘rnatiladi.
To‘ldiruvchilarning dona va modda zichligi.
To‘ldiruvchilar donalari zichligi, bu quruq shag‘al ëki shag‘al namunasi massasining uning donalari hajmi yig‘indisiga nisbatan aytiladi. To‘ldiruvchilar donalari hajmi, to‘ldiruvchilardan olingan namunalarni suvda va havoda massasini o‘lchashdagi farq bilan aniqlanadi. Buning uchun to‘ldiruvchilar namunasini suvda o‘lchashda undagi g‘ovaklar suv bilan to‘ladi, shu sababli to‘ldiruvchilar namunasi oldindan suvga solib qo‘yiladi.
To‘ldiruvchilar donalari zichligi (g/sm³) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
, ( kg/m³) (2)
Bu erda: m1 - to‘ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g
m2 - to‘ldiruvchi namunasining suv shimgandan so‘ng, havoda o‘lchangan massasi, g
m3 - to‘ldiruvchi namunasining suv shimgandan so‘ng, suvli muhitda o‘lchangan massasi, g
ρsuvsuvning zichligi, 1g/sm³ ga teng
To‘ldiruvchilarning dona zichligini aniqlashda, ishni qulay borishi uchun O‘zRST 720-96 “Zichlikni aniqlash usuli” bo‘yicha shag‘al yoki chaqiq namunasi 1l hajmdagi maxsus perforirlangan idishga joylashtiriladi, birgalikda barcha jaraënlar bajariladi. Konteyner bilan to‘ldiruvchi namunasining massasini o‘lchangandan so‘ng, bo‘sh konteynerni suv va havoda aniqlangan massasiga ayriladi.
To‘ldiruvchining suvli muhitdagi hajmi, uning qum ëki boshqa muhitdagi hajmidan farq qilishi mumkin.
Beton tarkibini hisoblashda beton tarkibida to‘ldiruvchi donasi egallagan hajmni bilish kerak. Ko‘p to‘ldiruvchilar uchun ayniqsa ochiq g‘ovakli to‘ldiruvchilar uchun bu hajm yuqorida keltirilgan usulda kam aniqlanadi, chunki dona ochiq g‘ovaklari suv ëki sement bilan to‘ladi.
SHu sababli O‘zRST 720-96 “Zichlikni aniqlash usuli”ga ko‘ra to‘ldiruvchi donalarining zichligini sement qorishmada aniqlash yaxshi samara beradi. Quruq g‘ovak to‘ldiruvchi (shag‘al ëki chaqiq tosh) 3,5 l hajmda, 1,7 kg sement va 3,4 kg kvars qumi olinadi.
Beton qorishmasini aniq konsistensiyaga kelgunicha suv qo‘shiladi. Aralashtirilgan beton qorishmasi 15 minut davomida ushlab turiladi. So‘ngra barcha qorishma 5l sig‘imli idishga solinadi va 30-60sekund davomida zichlanadi(tebratish maydonida), beton qorishmasining zichligi aniqlanadi.
Yirik to‘ldiruvchining sement qorishmasidagi zichligi (g/sm³) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
, ( kg/m³) (3)
Bu erda: ρsm beton qorishma zichligi , kg/l
m3quruq g‘ovak to‘ldiruvchi massasi , kg
M – aralashmadagi barcha materiallar sarfi,
(suv xam inobatga olinadi ), kg
ms aralashmadagi sement massasi, kg
ρs - sement zichligi – 3,1 g/sm³ teng.
mkaralashmadagi kvars qumi massasi, kg
ρk - kvars qumi zichligi – 2,65 g/sm³ ga teng.
msuv – aralashmadagi suv massasi, kg
To‘ldiruvchining modda zichligi boshqa qurilish materiallari singari namunani juda mayda kukun xolatida maydalab, so‘ngra namuna kukunini absalyut hajmining kukunga kiritilgan suv ëki kerosin hajmiga nisbati pinometr ëki Le-SHatele asbobida aniqlanadi.



Download 30.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling