1-amaliy mashg’ulot yarimo'tkazgichli diodlarning parametrlarini hisoblash diodlarning asosiy parametrlari


Download 196.93 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi196.93 Kb.
#1343448
Bog'liq
1 amaliyot Yarimo\'tkazgichli diodlarning parametrlarini hisoblash


1-AMALIY MASHG’ULOT YARIMO'TKAZGICHLI DIODLARNING PARAMETRLARINI HISOBLASH


Diodlarning asosiy parametrlari.
Yarim oʻtkazgichli diodlarning ishchi tavsifilarini aniqlash uchun quyidagi parametrlar hisoblab topiladi:
1. Oʻzgarmas tokda diodning toʻgʻri va teskari yoʻnalishlaridagi qarshiliklari quyidagilarga teng.
- toʻgʻri yoʻnalishdagi qarshilik.
- teskari yoʻnalishdagi qarshilik.
2. Oʻzgaruvchan tokda yarim oʻtkazgichli diodning ichki qarshiligi:


3. Toʻgʻrilagich diodlarning toʻgʻrilanish koeffitsienti (odatda ga teng boʻladi).

Toʻgʻrilagich diodlar past chastotali (odatda 50 kHz dan past) oʻzgaruvchan toklarni toʻgʻrilash uchun moʻljallangan. Toʻgʻrilagich sifatida yassi diodlar ishlatiladi.
4. Diodning differensial qarshiligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Bu yerda, yoki - toʻgʻri yoʻnalishdagi anod kuchlanishining oʻzgarishi V; yoki - toʻgʻri yoʻnalishdagi anod tokining oʻzgarishi. Berilgan parametrlar volt-amper tavsifi orqali aniqlanadi.
Yarim oʻtkazgichli diodning volt-amper tavsifi diod orqali oqayotgan tok kuchini unga qoʻyilgan kuchlanishning qiymati va qutbiga bogʻliqligini ifodalaydi (1-rasm). Birinchi kvadrantda joylashgan egri chiziqli grafik tok oqimi toʻgʻri (oqim) yoʻnalishiga mos keladi va uchinchi kvadrantdagi tok oqimi teskari yoʻnalishi toʻgʻri keladi.

1-rasm. Diodning volt-amper tavsifi
Tekis chiziq qanchalik vertikal oʻqga yaqinroq va tik boʻlsa va tekis chiziq gorizontal oʻqga yaqinroq boʻlsa, diodning toʻgʻrilash xususiyatlari shunchalik yaxshi boʻladi. Diodga yetarlicha katta teskari kuchlanish berilganda, u holda diod teshilishi (buzilishi) mumkin, ya’ni teskari tok keskin oshadi. Dioddan oqayotgan tok kuchining oʻzgarishi harorat oʻzgarishiga bogʻliq. Agar diod orqali oʻzgarmas tok oqayotgan boʻlsa, u holda harorat oʻzgarishi natijasida dioddagi kuchlanish tushuvi taxminan 2 mV/0C ga oʻzgaradi. Germaniy elementidan tayyorlangan diodlardagi harorat har 10 0C ga oshganida, undan oqayotgan teskari tok 2 marta hamda kremniyli diodlarda esa 2,5 marta oshadi. Diodni ishdan chiqaradigan (teshilishi) kuchlanishi harorat oshganda kamayadi.
Misolni koʻrib chiqaylik, (2-rasm). GD107 markali dioddan toʻgʻri yoʻnalishda oqayotgan tok kuchi Itoʻgʻri=12 mA ga teng boʻlganda, diodning differensial qarshiligi Rdif va toʻgʻri yoʻnalishdagi qarshilik Rtoʻgʻri ni hisoblang va solishtiring?

2-rasm. 70 GD107 markali diodning volt - amper tavsifi.
Differensial qarshilik qiyalik burchagi kotangensi kabi Itoʻgʻri= 12 mA nuqtasida VAT grafigidan topamiz.

Toʻgʻri qarshilik dioddagi oʻzgarmas kuchlanish Utoʻgʻri=0,6 V ning mos keladigan oʻzgarmas tok kuchi Itoʻgʻri= 12 mA ga nisbati kabi aniqlaymiz.

Koʻrib turganingizdek, bunda , bundan tashqari, ushbu parametrlarning qiymatlari belgilangan rejimga bogʻliqligini ta’kidlaymiz. Masalan, ushbu diod uchun Itoʻgʻri= 4 mA boʻlganda quyidagi paramatrlarni hisoblaymiz.


Uteskari=20 V boʻlganda GD107 markali diod uchun Rteskari ni hisoblang va hisoblangan Rtoʻgri ning qiymati bilan taqqoslang. Iteskari=75 mkA va Uteskari=20 V boʻlganda, GD107 markali diodning teskari qarshiligini topamiz.

Koʻrib turibmizki, Rteskari>>Rtoʻgʻri bu ifoda diodlarni bir tomonlama oʻtkazuvchanligini anglatadi. Diodni bir tomonlama oʻtkazuvchanlik xususiyatini VAT ni tahlilidan bevosita koʻrish mumkin: Utoʻgʻri<1 V boʻlganda, toʻgʻri tok Itoʻgʻri – mA da, bu vaqtda Uteskari - oʻnlab V boʻlganda Iteskari – oʻnlab mA da boʻladi, ya’ni toʻgʻri tok teskari tokka nisbatan yuzlab – minglab oshadi.




Download 196.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling