1. aqsh tajribasi. Germanya tajribasi


Download 1.04 Mb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1411902
  1   2   3
Bog'liq
Mintaqa... Chet el tajribasi


MAVZU: MINTAQA IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHNING CHET EL TAJRIBASI.
REJA:
1. AQSH TAJRIBASI.
2. GERMANYA TAJRIBASI.
3. KANADA TAJRIBASI
AQSH TAJRIBASI.
Statistics Time xalqaro reyting kompaniyasi 2018 yil ikkinchi choragi hisobotiga ko‘ra AQSh nominal YaIM hajmi 20,412 trln. AQSh dollari, 2017 yil yakunlari bo‘yicha XVF ma‘lumotiga ko‘ra aholi jon boshiga tushadigan milliy daromad bo‘yicha esa 62,150 AQSh dollarini tashkil etib, hozirda dunyo iqtisodiyotining 1 orinida turadigan mamlakat. Ushbu reyting kompaniya tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 24,537 trln. AQSh dollari bashorat qilinmoqda . AQSh 1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan.
AQSh iqtisodiy rivojlanish tarixi 17 va 18 asrlarda aholining jamoa xo‘jaliklarga tayanib ish boshlashi bilan boshlandi. Amerika mustamlakalari kichik mustaqil qishloq xo'jaligi iqtisodiyotidan voz kechib, 1776 yilda Amerika Qo'shma Shtatlari deb nomlangan ko‘p tarmoqli bir butun mamlakat iqtisodiyotiga aylandi. 180 yil ichida AQSh jahon iqtisodiyotining beshdan bir qismini tashkil etuvchi ulkan, integratsiyalangan, sanoatlashgan iqtisodiyotga aylandi. Natijada, AQSh aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot shuningdek, iqtisodiy jihatdan ancha ilgarilab ketgan boshqa davlatlar bilan raqobatlashib ularni ortda qoldirdi(Buyuk Britaniya). Milliy iqtisodiyot butun dunyo bo'ylab millionlab muhojirlarni qiladigan yuqori ish haqini to‘lanadigan mamlakatga aylana boshladi. Ayniqsa, dengiz portlari orqali ilk migratsiya butun dunyo bo‘ylab arzon ish kuchi (Hindiston, Afrika mamlakatlari, Lotin Amerikasi va Janubi sharqiy Osiyo) tashrif buyura boshladi.
AQShda 1998 yillarda tadqiqot va rivojlantirish uchun taxminan 227 milliard AQSh dollar sarflangan. 1980 yildan beri sanoatning tadqiqot va rivojlantirish uchun moliyalashtirish ulushi federal hukumat tomonidan taqdim etilgan ulushdan oshib ketdi; 1995 yilda sanoat ulushi 46% ni va federal hukumatning 54% ni tashkil etdi; 1998 yilda 66% sanoatdan, 30% federal hukumatdan, qolgan qismi esa akademik institutlardan kelgan.
1998 yilda NASAning byudjeti 9,9 milliard AQSh dollarni tashkil qildi. 1960 yilda NASA faqatgina 1,1 milliard AQSh dollar sarfladi. 2003 yil fevral oyida Kolumbiya kosmik kemasi halokatga uchraganidan so'ng, NASA avtohalokat sababini aniqlab bo'lgach, ishga tushirishni to'xtatdi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling