Yalpi hududiy mahsulotlar


Download 1.09 Mb.
Sana18.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1280572
Bog'liq
Makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar Jizzax


Jizzax viloyati
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
SBIA-90/21 Abduvaliyev Bunyod
Qarshiyev Bekmurod
YALPI HUDUDIY MAHSULOTLAR
01
TIJORAT KORXONALARI
02
YIRIK KORXONALAR
03
Yalpi hududiy mahsulot
Jizzax viloyatida YaHM hajmi 4,7 % ga oʼsdi va 27 140,8 mlrd. soʼmnitashkil etdi. YaHMning tarmoqlar tarkibida oʼsish surʼatlari: qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligida 103,5 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 51,9 %), sanoatda 107,8 % (13,1%), qurilishda 106,5 % (5,6 %) va xizmatlar sohasida 105,2 % (29,4 %)ni tashkil etdi. Аholi jon boshiga YaHM 2,4% ga oʼsdi va 18 596,0 mingsoʼmni tashkil etdi.
2018-2022 yillarda aholi jon boshiga hisoblangan YaHM hajmi va o’sish suratlari
2018-2022 yillardaYaHM ning tarmoqlar bo’yicha tarkibi
(YaQQga nisbatan %da)
2018-2022 yillarda YaHM hajmi, mlrd so’m
2018-2022 yillarda YaHM o’sishida tarmoqlarning hissasi
(jamiga nisbatan %da)
2018-2022 yillarda YaHMning o’sish suratlari, o’tgan yilga nisbatan %da
Jizzax viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat korxonalar soni
2023- yil 1- fevral holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 1 559 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 110,2 foizga oshdi. Jami yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko'payishining asosiy omili – oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo'yicha xizmatlar – 110,2 foizga (jami yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 92,9 foiz), yashash bo'yicha xizmatlarning - 109,9 foizga (jami yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 7,1 foiz) ga oshdi.
2023- yilning yanvar oyida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,7 % ni, fizik hajm indeksi 4,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 28,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Viloyatda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarning salmogʻi sezilarli. Shulardan Dashtobod qurilish materiallari, Zomin oniks, Baxmal marmar, gʻisht zavodlari, Dashtobod, Doʻstlik un kombinatlari, Jizzax mebel fabrikasi ishlab turibdi. Jizzax viloyatida konchilik tarmogʻi ham rivojlangan. Marjon buloq oltin koni, Qoʻytoshdagi ohak, vollastonit, volfram, Koʻtarmada ohak, Uchqulochda qoʻrgʻoshin konlari faoliyat koʻrsatmoqda. 1991—2001-yillar davomida Jizzax viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Viloyatda qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar mavjud. Qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmogʻi tobora ortib bormoqda. „Jibri“ (Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya) qoʻshma korxonasi-yiliga 50 ming t chigitni qayta ishlab oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaradi, „Kumush tola“ (Oʻzbekiston—Tojikiston) qoʻshma korxonasi-yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, „Paxta interneyshnl“ (Oʻzbekiston—Suriya) qoʻshma korxonasi-yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega, „Baxmalsharob“ (Oʻzbekiston—Polsha) qoʻshma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Shuningdek, paxta tolasidan eshilgan ip tayyorlovchi „Irjartekstil“ (Oʻzbekiston—Pokiston), yogʻ-moy va sovun ishlab chiqaruvchi „Madina“ (Oʻzbekiston—Xitoy), „Jizzax—Telekom“ (Oʻzbekiston —Indoneziya), Qoʻytosh shaharchasida „Vollastonit“ ishlab chiqarish sexi (Oʻzbekiston—Rossiya), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi „Vostok LTD“, „Belogorsk“ qoʻshma korxonalarining hissasi sezilarlidir.-yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovchi „Oʻzeksayd“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi (2002). „Zilolateks“ aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi
Jizzax viloyatidagi yirik korxonalar
Jizzax akkumulyator zavodi qo‘rg‘oshinli starter akkumulyatorlarini ishlab chiqaruvchi noyob, istiqbolli va jadal rivojlanayotgan korxonadir. Ishlab chiqarilgan batareyalar endi JAZ BATTERY savdo belgisi ostida sotiladi.
Ishlab chiqarish quvvati: yiliga 800,000 akkumulyator
Ishlab chiqarish maydoni: 21 900 m²
tashkil topgan yili; 2003-yil
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling