1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat


Download 326.78 Kb.
bet1/18
Sana01.05.2023
Hajmi326.78 Kb.
#1419880
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Билетлар ВВА оралик назорат савол ва жавлблари


1.Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:


tartibga solinmaydigan talab, ya'ni iste'molchilar (xaridorlar) o'z ehtiyojlari va to'lov layoqatlaridan kelib chiqqan holda nimani va qancha miqdorda sotib olishni o'zlari belgilaydilar;
 tartibga solinmaydigan taklif, ya'ni korxonalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xo'jalik sub'ektlari bozor talabi va resurslar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda chiqariladigan mahsulot nomenklaturasini (assortimentni) o'zlari belgilaydilar;
 talab va taklifni muvozanatlovchi erkin narx hosil bo'lishi;
 mahsulot (tovar) ishlab chiqarish va sotishda raqobat

2.Biznes va uni tashkil etish shakillari


Biznes («business») so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, ish degan ma'noni anglatadi. Biznes bilan mashg'ul bo'lgan odatda odamlar biznesmenlar, ya'ni ishbilarmonlar deb ataladi. Li Yakokka XX asrdagi biznesning «eng buyuk qahramoni» hisoblanadi. U dastlab Genri Ford kompaniyasida ikkinchi rahbar bo'lib ishlagan, keyinchalik esa uning raqobatchisiga aylangan va «Kraysler» avtomobil korporatsiyasining prezidenti lavozimini egallagan. U shunday deb yozgan: «Butun hayot bu vaqt omilidir. O'z oldingga aniq maqsad qo'y. qo'lingdan kelgancha ta'lim ol, so'ngra Xudo haqqi, biron narsa qil». Agar biron-bir foydali ish qilinsa – bu biznesning albatta bajarilishi lozim bo'lgan shartidir, biznesning o'zi bozor iqtisodiyotining ishbilarmonlik asosidir.

3.Biznesni boshlashdan avval quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish lozim bo'ladi:


1. Biznesning qonun va qoidalarini yaxshi bilish.
2. Etarli miqdorda boshlang'ich kapitalga ega bo'lish.
3. O'z zimmasiga olgan majburiyatlarni o'z vaqtida va to'liq bajarish.
Biznes bilan faqat qo'shnilar, do'stlar yoki tanish-bilishlar shug'ullanayotganligidan kelib chiqqan holda shug'ullanish mumkin emas. Gap shundaki, biznes bu doim ham muvaffaqiyat yoki foyda keltiradigan ish emas, u biznesmen uchun ham, uning hamkorlari uchun (jamoaviy biznes hollarida) ham ma'lum bir xavf-xatar va tavakkalchiliklar deganidir.
Biznes jiddiy raqobat, o'zaro kurash, doimiy izlanish va qarama-qarshiliklarni anglatadi.
Biznes va tadbirkorlik sohalari ko'p hollarda «kichik» iqtisodiyot deb ataladi. Amaliyotning ko'rsatishicha, kichik biznes kelgusida yirik tadbirkorlikka, kichik tadbirkorlik esa yirik biznesga aylanishi mumkin.
AqSh, Germaniya, Yaponiya va Koreyadagi ko'plab avtomobil firmalari aynan shu yo'lni bosib o'tgan. Rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AqShda ishbilarmonlar va tadbirkorlar millatning «oltin fondi» hisoblanishi
bejiz emas, bu mamlakatlarda xalq orasida tadbirkorlik ruhining so'nmasligiga alohida e'tibor qaratiladi.

4.Biznesninig iqtisodiy siyosiy mohiyati


Biznes kecha yoki o'tgan kuni paydo bo'lgani yo'q. U tovar munosabatlari
kabi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Mahsulot ishlab chiqarishni o'rganib olgach, odamlar keyinchalik ayirboshlash, savdo qilish, qarzga berish, chetga olib chiqish, chetdan olib kelish va hokazolarni ham o'rgandilar. Bu bilan ular hamma vaqt, hamma mamlakatlarda va har qanday sharoitlarda, ko'proq bu narsa zarur va foydali bo'lganda shug'ullanganlar.
Hozirgi paytda iqtisodiyotda band bo'lganlarning deyarli uchdan ikki qismi biznes va tadbirkorlik sohasida mehnat qiladi. 2002 yilda respublika bo'yicha 38 mingga yaqin mikrofirmalar, kichik va o'rta korxonalar yaratilib, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 370 mingta yangi ish joyi paydo bo'ldi, bu ko'rsatkich bashorat qilingan ko'rsatkichdan 1,5 baravar ko'pdir. Taqqoslash uchun eslatib o'tamizki, 1996 yilda iqtisodiyotning inqirozdan so'ng ko'tarilishi kuzatilib, 280 mingta yangi ish joyi, jumladan qishloq joylarda 165 mingta ish joyi yaratilgan.



Download 326.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling