1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat
Download 326.78 Kb.
|
Билетлар ВВА оралик назорат савол ва жавлблари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkil qilish
- Boshqaruv tamoyillari
1. Rejalashtirish
2. Tashkil qilish 3. Motivatsiya 4. Nazorat Rejalashtirish - faoliyat maqsadlarini , buning uchun zarur bo`lgan resurslarni aniqlash , maqsadlarga erishish usullarini ishlab chiqish , tashkilotni kelajakdagi rivojlanishini prognoz qilish. Tashkil qilish - tashkilot tuzilmasini shakllantirish , uni resurslar (moddiy, moliyaviy, mexnat) bilan taminlash. Motivatsiya - xodimlarni faollashtirish, iqtisodiy va ma’naviy jixatdan rag`batlantirish hamda xodimlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish yordamida tashkilot maqsadlariga erishishni ko`zlab samarali ishlashga ruxlantirish. Nazorat - ish natijalarini miqdoriy va sifat jixatdan baxolash hamda xisobini olish, rejalarni , meyorlarni , qarorlarni korrektirovka qilish. Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Menejment jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan - bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish; ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo‘linma, sex, korxonalar o‘zaro ta’sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Menejment jarayoni texnologiyasi menejment xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha maqsadli harakat qilishidir. Menejment faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko‘ra uni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish. Har bir ta’sir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv m a’lum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo‘yicha ma’lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi. Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi obyektning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo‘ladi: - iqtisodiyotning tarmoq tarkibini; - uning hududiy tarkibini; - ishlab chiqarishning alohida unsurlarini. Milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo‘yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish, qurilishni, tansport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga - savdoni, m oliya, moddiy texnikaviy ta’minot, madaniyat, ta’lim sohalarini boshqarishni qam-rab oladi.Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi menejment vazifalari kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang'ich bo‘g'ini - korxonani boshqarish muhim vazifadir. 9. Boshqaruv tamoyillari Qonun - bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, xamma uchun majburiy bo‘lgan ijtimoiy xuquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida. Masalan, Konstitutsiya £zbekistonning asosiy qonunidir. To‘qqiz yillik majburiy ta’lim xaqida qonun va x.k. Qonun - bu bajarilishi shart, majburiy bo‘lgan, norma, qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar, ya’ni jamiyatda, ijtimoiy guruh va shu kabilarda qabul qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat. Download 326.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling