1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat
Download 326.78 Kb.
|
Билетлар ВВА оралик назорат савол ва жавлблари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz maqsadlar
Boshqaruvning bosh maqsadi-faoliyat jarayonini oqilona tashkil etish,kadrlar
salohiyatidan samarali foydalanish , yangi texnologiyalarni qo`llash yo`li bilan tashkilotning foydaliligi va daromadliligini taminlash.Boshqaruv maqsadi - aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz: bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‘naltiradi; u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va h.k. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun o‘ta zarur. Chunki aynan shu maqsadga binoan: boshqarish funksiyalari; boshqarish usullari; boshqarishning tuzilmaviy tarkibi; lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi. Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini o‘stirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab qilinadigan maqsadlardir. Fursatli maqsadlar deganda biror bir muammoni hal etish zaruriyati tug‘ilgan hollarda paydo bo‘ladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jihozlarni yangilash, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini o‘zgartirish goho ishlab chiqarishning iqtisodiy zaruriyatiga qarab paydo bo‘ladi. Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug‘ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni echish uchun o‘rtaga qo‘yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan holda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag‘ni ajratish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyondalari barcha maqsadlarni quyidagi to‘rtta guruhga bo‘lishadi: • oddiy qotib qolgan an’anaviy maqsadlar; • muammoli maqsadlar; • innovatsion maqsadlar; • xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar; Download 326.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling