1. Chakka suyagi tuzilishi va kanallari. Ponasimon suyak tuzilishi,teshiklari. Tepa suyagi tuzilishi


Download 28.37 Kb.
bet1/4
Sana26.03.2023
Hajmi28.37 Kb.
#1297480
  1   2   3   4
Bog'liq
Savol-Javoblar.kalla


Savollar.

1.Chakka suyagi tuzilishi va kanallari.
2.Ponasimon suyak tuzilishi,teshiklari.
3.Tepa suyagi tuzilishi.
4.G’alvirsimon suyak tuzilishi.
5.Peshona suyagi tuzilishi.
6.Ensa suyagi tuzilishi.
7.Kalla suyagidagi teshiklar va ulardan o’tadigan nervlar.
8.Kalla suyagining miya qismi va yuz qismi suyaklari.
9.Yuqori jag’ tuzilishi.
10.Pastki jag’ tuzilishi.
11.Yonoq suyagi tuzilishi.
12.Tanglay suyagi qismlari va tuzilishi.
13.Yuz suyaklarining mayda suyaklari.
14.Kalla asosidagi chuqurchalar,chegaralari va teshiklari.
15.Kallaning tashqi va ichki asosi.
16.Ko’z kosasi va uning devorlari.
17.Burun bo’shlig’i va uning devorlari,chig’anoqlari, yo’llari.

JAVOBLAR:

  1. OS TEMPORALE(CHAKKA SUYAGI. Chakka suyagi 1juft bo’lib,kallaning yon devorini hosil qiladi, ichida eshituv va muvozanat a’zosi joylashgan.Chakka suyagi margo occipitalis, parietalis va sphenoidalis qirralari bo’lib, ular vositasida qo’shni suyaklar bilan birlashadi.

Chakka suyagi 4qismdan iborat:
1.Palla qismi(pars squomosa)
2.Nog’ora qismi(pars tympanica)
3.Piramida yoki toshsimon qismi(pars petrosa)
4.So’rg’ichsimon o’simta(processus mastoideus) Chakka suyagidagi kanallar.
1.Uyqu kanali(canalis caroticus)- ichki uyqu arteriyasi o’tadi.
2.Mushak-nay kanali(canalis musculotubarius)-shu nomli mushak ya’ni semicanalis musculi tensoris tympani yotadi.
3.Yuz nervi kanali(canalis facialis)- shu nomli nerv ya’ni nervus facialis o’tadi.
4.Uyqu-nog’ora kanali(canalis caroticotympani)- shu nomli arteriya va nervlar o’tadi.
5.Nog’ora tori kanali(canalis chordae tympani) –shu nomli arteriya va nerv o’tadi.
6.Nog’ora kanali(canalis tympani)- til-yutqin nervining(nervus glossopharyngeus)nog’ora shoxi o’tadi.
7.So’rg’ichsimon kanal(canalis mastoideus) – adashgan nervning(nervus vagus) quloq shoxi o’tadi.




  1. Download 28.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling