1. Eritmalar. Dispers sistemalarning umumiy xarakteristikasi. Eritmalarning xosil bo‘lishi


Download 23.19 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi23.19 Kb.
#1486133
  1   2
Bog'liq
eritmalar. mendeleyevning gidratlani

Reja:
1. Eritmalar. Dispers sistemalarning umumiy xarakteristikasi. Eritmalarning xosil bo‘lishi.


2. Solьvatlanish va gidratlanish nazariyasi.
3. Eritmalar kontsentratsiyasini ifodalash.
4. Osmos va osmatik bosim. Eritmalarning buQ bosimi.
5. Eritmalart qaynash xaroratini ortishi va muzlash xaroratining pasayishi. Raulь qonunlari.
6.Mendeleyevning gidratlanish nazaryasi

Eritmalar. Dispers sistemalarning umumiy xarakteristikasi. Eritmalarning xosil bo‘lishi
Ikki yoki bir necha moddadan iborat bir jinsli (gomogen) sistemalar eritmalar deb ataladi. Eritma bir jinsli sistema bo‘lgani uchun erigan modda va erituvchi zarrachalarini ko‘z yoki mikroskop bilan bir - biridan farqlab bo‘lmaydi. Јattiq, suyuq va gazsimon eritmalar bo‘ladi.
Moddalarning suyuqlikda erishi vaqtida ketma - ket ikki prtsess sodir bo‘ladi:
1. Јattiq moddaning kristal panjarasi buzilib, modda zarrachalarga ajraladi, bu protsessning amalga oshishi uchun energiya talab qilinadi, bu protsessda energiya yutiladi.
2. Brinchi protsess natijasida ajralib chiqqan zarrachalar erituvchi molekulalari bilan birikib, gidratlar yoki solьvatlar xosil qiladi. Agar erituvchi sifatida suv olingan bo‘lsa, bu birikmalar gidratlar deb ataladi. Organik erituvchi bo‘lsa solьvat-
lar deyiladi. Solьvatlar yoki gidratlar xosil bo‘lishida issiqlik chiqadi. Bir molь modda eriganda yutiladigan yoki ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, shu moddaning erish issiqligi deb ataladi. Eritmalar to‘yingan, to‘yinmagan va o‘ta to‘yingan bo‘ladi. To‘yingan eritmani quyidagicha izoxlash mumkin.
Erimay qolgan modda bilan cheksiz uzoq vaqt birga mavjud bo‘la oladigan, ya'ni muvozanatda turadigan eritma to‘yingan eritma deb ataladi.
Kontsentratsiyasi (ayni temperaturada) to‘yingan eritma kontsentratsiyasidan past bo‘lgan eritma to‘yinmagan eritma deb ataladi.
Kontsentratsiyasi (ayni temperaturada) to‘yingan eritma kontsentratsiyasidan yuqori bo‘lsa eritma o‘ta to‘yingan eritma deyiladi.
Ma'lum oQirlik miqdordagi yoki xajmdagi eritma moddaning miqdori eritmaning kontsentratsiyasi deyiladi.
Eritma kontsentratsiyasini quyidagicha ifodalanadi:
Protsent kontsentratsiya, molyar kontsentratsiya, normal kontsentratsiya va molyalь kontsentratsiya.
1. Eritma kontsentratsiyasini protsent bilan ifodalash uchun 100 g eritmadagi erigan modda miqdori xisoblanadi.

a - erigan moddaning oQirligi a *100


v-erituvchining oQirligi S = --------- a + v
2. Agar 1 litr eritma 1 molь erigan modda bo‘lsa, bunday eritma 1 molyar eritma deyiladi.
n m m
Sm = ---- molь / l agar n = ---- bo‘lsa Sm = ------
m M M*V
M - moddaning molekulyar massasi
m - uning grammlar bilan olingan miqdori.
3. Agar eritmaning 1 litrida 1 g / ekvivalent erigan modda bo‘lsa, bunday eritma normal eritma deyiladi.
4. Agar 1000 g erituvchida 1 molь modda erigan bo‘lsa, bunday eritma molyalь eritma deyiladi.
m1 * 1000
Sm-lь = ---------------
M * m2
m1 - erigan moddaning massasi (g)
m2 - erituvchining massasi (g)
M - erigan moddaning molekulyar massasi (g / molь)
Osmotik bosim. Agar biror moddaning kontsentrlangan eritmasi ustiga juda extiyotlik bilan suv quyilsa, suv molekulalari eritma ichiga, erigan modda molekulalari esa suv ichiga o‘tadi. Bu o‘zaro aralashish jarayoni diffuziya deb ataladi. Diffuziya qattiq modda molekulalarining kontsentratsiyasi suyuqlikning xamma qavatlarida bir xil bo‘lguncha davom etadi.
Suyultirilgan eritmalarning xossalarini tekshirish natijasida moddaning gaz xolati bilan uning eritmadagi xolati bir-biriga o‘xshashligi aniqlanadi. Suyultirilgan eritmalarda erigan moddaning molekulalari, xuddi gazlardek, bir-biri bilan ma'lum uzoqlikda bo‘ladi. Shuning uchun bu molekulalar gaz molekulalaridek xarakatchan bo‘ladi. Shunga ko‘ra suyultirilgan eritmalarda erigan modda molekulalari butun xajm bo‘ylab bir tekis tarqaladi.
Agar tubi suv molekulalarini o‘tkazib, ammo erigan modda molekulalarini tutib qoladigan yarim o‘tkazgich idishga suvli eritma solinsa µamda bu idish ichidagi eritasi bilan toza suvli vannaga botirilsa bir tomonlama diffuziya sodir bo‘ladi. Faqat suv molekulalarigina pardadan o‘ta boshlaydi, bunda toza erituvchi solingan vannadan eritmaga diffuziyalanyotgan suv molekulalari qarama-qarshi yo‘nalishda xarakatlanayotgan molekulalar sonidan katta bo‘ladi. Natijada eritmaning kontsentratsiyasi kamayadi. Eritma erituvchidan yarim o‘tkazgich parda bilan ajratib qo‘ilganda erituvchining eritmaga o‘tish protsessi osmos deyladi. Osmos natijasida vannadan ichkaridagi idishga suv o‘tib, suyuqlik tik nay orqali ko‘tariladi va gidrostatik bosim vujudka keladi. Suyuqlik balandlikka yetganda yarim o‘tkazgich parda orqali ikkala tomoniga o‘tayotgan suv molekulalarining miqdori tenglashadi va muvozanat qaror topadi. Eritma va erituvchi orasida yarim o‘tkazish parda orqali yuzaga kelgan bosim osmotik bosim deyladi.
Osmotik bosimning kattaligi ionlarga ajralmaydigan moddalarda (qantda) erituvchi va eruvchi moddaning tabiatiga boQliq bo‘lmasdan faqat kontsentratsiya va teperaturasiga boQliqdir.
Osmotik bosimning kattaligi Vant-Goff qonunidan aniqlanadi. Eritmaning osmotik bosimi erigan modda ayni teperaturada gaz xolatida bo‘lib, eritma xajmiga teng xajmni egalaganda ko‘rsata oladigan bosimga baravardir. Bu qonuning matematik ifodasi quydagicha:
Rosm= sRT
Rosm - eritmaning osmotik bosimi.
s - eritmaning molyar kontsentratsiyasi.
R - gaz doimiysi, (R=0,082 l./ atm grad.)
T - absalyut temperatura.
Vant-Goff qonuni faqat elektrolitmas va suyultirilgan eritmalargagina tatbiq etiladi. Kontsentrlangan eritmalar va elektrolit moddalarning eritmalari bu qonundan birmuncha chetga chiqadi.
Eritmalarning muzlash va qaynash xaroratlari. Toza suyuqliklar o‘zining aniq muzlash va qaynash xaroratlari bilan xarakterlanadi. Suyuqlik to‘yingan buQining bosimi tashqi bosimga teng bo‘lgan xaroratda qaynaydi. Normal bosimda suvning qaynash xarorati 1000S ga, muzlash xarorati 00S ga teng.
00S da muz buQining bosimi va suyuq suv buQining bosimi bir xil 4,6 mm simob ustuniga teng bo‘ladi.
Eritmalarning qaynash xaroratlari toza erituvchining qaynash xaroratidan yuqori bo‘ladi. Eritmalarning muzlash xaroratlari esa toza erituvchining muzlash xaroratidan past bo‘ladi.
Јaynash xaroratining ko‘tarilishi yoki muzlash xaroratining pasayishi erigan moddaning kontsentratsiyasiga to‘Qri proportsionaldir (Raulь qonuni).
Raulning bu qonunidan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: erigan modda erituvchining muzlash xaroratini pasaytiradi va qaynash xaroratini oshiradi.
Raulь qonunining matematik ifodasi quyidagicha:
tqay = keb s va tmuz = kkr s
tqay - eritmaning qaynash xaroratining ko‘tarilishi
tmuz - eritmaning muzlash xaroratining pasayishi
keb - ebulioskopik konstanta
kkr - krioskopik konstanta
s - molyalь kontsentratsiya.
keb va kkr lar xar qaysi erituvchi uchun o‘zgarmas kattalik bo‘lib, graduslarda ifodalanadi, ularning qiymati erituvchining tabiatiga boQliqdir.
m m m
s = ----- bo‘lgani uchun tqay = ------ ; tmuz = kkr ----
M M M
M - molekulyar massa m m
m - moddaning massasi, bundan M=keb------- ; M=kkr--------
 tqay tmuz

Download 23.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling