1. Iqtisodiy tahlil mazmuni Iqtisodiy tahlilning predmeti


Download 123.5 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi123.5 Kb.
#1056639
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU TAHLIL

1-Mavzu: IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA


VAZIFALARI


REJA:


1.Iqtisodiy tahlil mazmuni

2.Iqtisodiy tahlilning predmeti

3.Iqtisodiy tahlilning vazifalari

4.Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari


Iqtisodiy tahlil o’z mazmuni jihatidan turlichadir. Tahlilning ikki xil yo’nalishi mavjud: moliyaviy - iqtisodiy va texnik - iqtisodiy. Moliyaviy - iqtisodiy tahlilda biznes-rejaning bajarilishiga ta‘sir ko’rsatuvchi (texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish) kabi omillar o’rganilmaydi. Texnik-iqtisodiy tahlilda esa texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga oid hamma masalalar har tomonlama va chuqur o’rganilib, uning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko’rsatgan ta‘siri ham aniqlanadi. Tahlil korxona va uning bo’linmalari faoliyatining hamma tomonlarini o’z ichiga olgan umumiy hamda ishning qandaydir biror tomoni yoki korxonaning bir necha bo’g’inlarini o’z ichiga olgan tanlanma (tematik) bo’ladi. Shuningdek, yirik masalalarga bag’ishlangan, korxonaning kundalik ishini o’rganishga va ichki imkoniyatlarini topishga qaratilgan tezkor tahlil bo’ladi. Qabul qilinadigan qarorlarning xarakteriga qarab, tahlil quyidagilarga bo’linadi: dastlabki, tezkor, yakuniy va istiqbolli.


Tahlil o’tkazish muddatlari: har kuni, bir oyda va bir yilda yoki zarur bo’lishiga qarab ahyon-ahyonda olib borilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlil o’tkazishning bosqichlarini 2.1-chizmada ko’rish mumkin.



1.1-chizma. Iqtisodiy tahlil o‘tkazishning bosqichlari


Shuni aytish kеrakki, iqtisоdiyot tаrmоqlаrini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o’rin olmagan bo’lib, iqtisodiy nazariya va tarmoqlar makroiqtisodiy kurslarida o’ rganiladi. Holbuki, korxonalarni iqtisodiy tahlil qilish fani iqtisodiy fanlar qatoridan o’ziga xos mustaqil o’rin olgan. Bozor iqtisodiyotini qurish ko’p jihatdan ishlab chiqarishni boshqarishni muttasil takomillashtirish, moddiy, moliyaviy va mеhnat rеsurslaridan foydalanishni yaxshilash, ichki xo’jalik rеjasini tuzish va uni takomillashtirish, korxonalar va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bir butun iqtisodiy siyosat olib borishni taqozo etadi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari matеriallarida aynan, shu muhim masalalarni izchillik bilan amalga oshirish ko’p bor takidlanadi. Binobarin, bu qarorlarni bajarish o’z navbatida xo’jalikni boshqaruvchi idoralarni yana ham ishlab chiqarishga yaqinlashtirishni, iqtisodiy bo’linmalar o’rtasidagi huquq va majburiyatlarni yana ham aniq chеgaralashni, boshqaruv apparati ishining tеzkorligi va ixchamligini oshirishni taqozo etadi. Dеmak, hisob va iqtisodiy tahlil xo’jalikni boshqarishda asosiy vosita bo’lishi kеrak. Binobarin, mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va natijalari kundalik hisob va hisobotda o’z aksini topadi. Bu o’rinda korxonalarning ish faoliyati to’g’risidagi hisobot malumotlari xo’jalikni boshqarishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi, iqtisodiyot taqrmoqlarining istiqbol rеjalarini tuzish uchun va korxonalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyatini tahlil qilish uchun har tomonlama asoslangan va aniq malumotlar bilan taminlaydi.


Dеmak, iqtisodiy tahlil korxonalar faoliyatini nazorat qilishda, xo’jalik hisobini mustahkamlashda, iqtisodiy tеjamni o’tkazish, tеxnika taraqqiyotini jadallashtirish, ilg’or tajribalarni tarqatishga, ish faoliyatida mavjud bo’lgan kamchiliklarga barham bеrish va ichki xo’jalik rеzеrvlarini aniqlashda muhim vosita sifatida qo’llaniladi.



Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling