1. Ishlab chiqarish jarayonlarida tebranishlar va shovqin haqida ma’lumotlar. Titrash va shovqindan himoyalanish usullari


Download 0.52 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1557757
  1   2   3
Bog'liq
6-маъруза


6-Ma’ruza. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash.Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri.
Reja:
1. Ishlab chiqarish jarayonlarida tebranishlar va shovqin haqida ma’lumotlar. 2.Titrash va shovqindan himoyalanish usullari.
3. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri.
Tayanch iboralar: Tebranish, mexanik shovqin, aerodinamik va elektromagnit shovqin, tovush darajasi, sanitariya me’yorlari, himoya vositalari.

1. Ishlab chikarish jarayonlarida tebranishlar va shovkin haqida ma’lumotlar.


Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash vositalari taraqqiyoti o‘z ishi davomida mexanik tebranish (silkinish) hosil qiluvchi uskunalarning ishlashi bilan bog‘liq. Mexanik tebranishlarning inson organizmiga ta’siri, tebranish uzatiladigan jadallik va muhitga bog‘liq tarzda turlicha namoyon bo‘ladi.
Bu turdagi holatlar tebranish, shovqin va silkinishga bo‘linadi.
Eshitiladigan chastotalar diapazonida uzatiladigan mexanik tebranishlar inson tomonidan tovush sifatida qabul qilinadi. CHastota bo‘yicha tovush tebranishlari 3 diapazonga bo‘linadi:
1. Infratovushli f < 20 Gs;
2. Tovushli (eshitiladigan) 20 Gs < f < 20 kGs;
3. Ultra tovushli f > 20 kGs.
SHovqin–turli chastota va tezlikdagi tovushlarning tartibsiz birikmasidir. SHovqin kelib chiqishiga qarab mexanik, aerodinamik, gidrodinamik va elektromagnit ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Mexanik shovqin – ayrim detallar va umuman uskunalarning tebranishlari, zarbalari oqibatida paydo bo‘ladi.
Aerodinamik shovqin manbai gazlardir.
Gidrodinamik shovqin esa – suv va boshqa suyuqliklarning harakati oqibatida kelib chiqadi.
Elektromagnit shovqin - o‘zgaruvchan magnit kuchlarining elektromexanik qurilmalarga ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida shovqin elektr mashinalar, kuchli traktorlar, telegraf apparatlari, pochta uskunalari, qayta ishlov beruvchi mashinalar, shamollatish moslamalari, elektr asboblar va boshqalarning faoliyati chog‘ida vujudga keladi (3- jadval).
3- jadval
Ishlab chiqarish korxonalarida tebranishlarning
ruxsat etilgan kattaligi

Titrash tebranishining amplitudasi, mm

Titrash chastotasi, Gs

Tebranma ha-rakat tezligi, sm/sek

Tebranma harakat tezlanishi, sm/sek2

0,6-0,4

3 gacha

1,12-0,76

22-14

0,4-0,15

3-5

0,76-0,46

14-15

0,15-0,05

5-8

0,46-0,25

15-13

0,05-0,03

8-15

0,25-0,28

13-27

0,03-0,009

15-30

0,28-0,17

27-32

0,009-0,007

30-50

0,17-0,22

32-70

0,007-0,005

50-75

0,22-0,23

70-112

0,005-0,003

75-100

0,23-0,19

112-120

1,5-2

45-55

1,5-2,5

25-40

Tovush tezligi – vaqt birligida to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar, yagona yuza orqali tovushli to‘lqin bilan ko‘chadigan quvvatdir.
Inson tovush tezliklarini keng diapazonda qabul qiladi. Turli chastotalardagi tovushlar bir xil qabul qilinmaydi. Insonning normal eshitish qobiliyatiga I = 10-12 Vt/ m2 tovush izchilligiga mos keladi.
Tovush bosimi darajalari ish joylarida doimiy shovqinning energetik xarakteristikasi sanaladi (dB),
L = 20 lg P/P0,
bu erda P – tovush bosimining o‘rtacha kvadrati, (Pa);
R0 = 2·105 Pa – boshlang‘ich (bo‘sag‘aviy) tovush bosimi.
Muvaqqat xarakteristikaga ega bo‘lgan shovqinlar doimiy va beqaror turlarga bo‘linadi.
Doimiy shovqin – ish kuni davomida tovush darajasi o‘zgarmaydigan shovqindir.
Beqaror shovqinlar esa: uzuq – yuluq, vaqt ichida tebranuvchan, impulsli shovqinlarga bo‘linadi.
Uzuq-yuluq - tovush darajasi fon darajasigacha keskin tushishi mumkin, doimiy qolib, fon darajasidan oshsa, oraliqlarning davom etishi 1 s va ziyodni tashkil etadi.
Vaqt ichida tebranuvchi shovqinda – tovush darajasi vaqt ichida uzluksiz o‘zgaradi.
Impulsli – har biri 1 soniyadan kam davom etuvchi alohida shovqin signallari bo‘lib, inson qulog‘i ularni alohida zarbalar sifatida qabul qiladi

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling