1. Jinoyat protsessual ishtirokchilarni aniqlang va ularning ushbu jinoyat doirasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiring


Download 34.58 Kb.
bet1/11
Sana30.04.2023
Hajmi34.58 Kb.
#1404192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gafarov zafar JPK 3ta kazus javob


1.Kazus.

Ziyaev xotinini xiyonat qilganlikda gumon qilib, uni tez-tez kaltaklagan. Natijada, u ikki farzandi bilan xususiy kvartiraga ko’chib o’tdi, lekin biroz o’tib o’z uyiga qaytib keldi.


Bir hafta o’tgach, Ziyayev yana xotinini urdi va xotini bolalarini olib, boshqa uyga chiqib ketdi. Keyingi kunlarda Ziyayev xotini bilan yarashishni taklif qildi, ammo u bir necha bor iltimos qilganiga qaramay, u bilan birga yashashni rad etdi.
Bir oy o’tgach, Ziyaev yana mast holda xotini oldiga kelib, birgalikda yashashda davom etishga ishontira boshladi, ammo Ziyaeva rad etdi. Suhbatda Ziyayev xotinidan mebel va kiyim-kechak qayerdan kelganini so’radi. Ziyayeva bu narsalarni olib berishda unga do’stlari yordam berganini aytdi. Ziyaev xotiniga qattiq rashq qilib, oshxona pichog’ini olib, bolalar oldida xotining tanasi turli qismlariga zarba berishni boshladi. O’g’li Murod pichoqni olimoqchi bo’lganda, Ziyayev uning qo’liga jarohat etkazdi.
Ziyayeva yetti marotaba pichoq bilan yaralangan, shu jumladan o’pka va yurak shikastlangan natijasida, u vafot etdi.
1. Jinoyat protsessual ishtirokchilarni aniqlang va ularning ushbu jinoyat doirasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiring.
2. Jinoyatda mavjud bo‘lgan dalillarni aniqlab, ularni isbotlash jarayoni orqali tushuntirib bering.
3. Ziyayevga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov va ehtiyot chorasini JPK belgilangan normalar asosida tushintirib bering.
4. Ziyayevga gumonlanuvchi va ayblanuvchi sifatida kim jinoyat ishiga jalb qilishi mumkin va unga beruvchi savollar ro’yxatini shakllantiring.
Javob:
1-savolga javob: Jinoyat protsessual ishtirokchilarni aniqlang va ularning ushbu jinoyat doirasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiring?
Ushbu holat bo’yicha Jinoyat ishi ishtirokchilari quydagilar;
Jinoyat protsessual qonunchiligiga ko’ra ishtirokchilarning besh (5)ta guruhi bo’lib ularning ushbu ishga talluqlilari sifatida quydagi shaxslarni olishimiz mumkin.
Ziyayev jinoyat ishi bo’yicha –Ayblanuvchi hisoblanadi, Xotini esa –jabrlanuvchi, O’g’li Murod –guvoh sifatida jalb qilinadi (qachonki rozilik bersa guvoh sifatida ishtirok etishi mumkin)
Xotinining ota-onasi – guvoh sifatida chunki bir necha marta uchrashgan,
Bundan tashqari qo’shimcha ishtirokchilar ishga jalb qilnadi- ekspert, yana ayblanuvchini himoya qiluvchi himoyachi (advakat), bundan tashqari prokuror va holislar ishtirok etishi kerak hamda boshqalar.


  1. Download 34.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling