Mavzu:Mutaxassislikka kirish.Mutaxassislikka kirish fanining o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja
1.Kasb va profissionalizm haqida tushuncha
2.Kasbiy kompitentlik va mutaxassislikka kirish
3.Psixolog kasbining shakllanishi va bugungi kundagi imkoniyatlari
4.Amamliy psixologiya haqida umumiy tasavvur
5.Amaliy psixologiyaning asosiy bo‘limlari va tuzilishi (psixologik yordam, psixologik himoya, pixologik yo‘naltirish)
6.Psixolog ishining individual va guruhiy shakllarining qiyosiy tahlili
7.Psixologik trening psixologning metodi sifatida
Tayanch tushunchalar: professionalism, professiogramma, kasb tanlash,konsultatsiya, psofessionallik, empeerik tadqiqotlar, interpritatsiya, individ, shaxs.
Kasb va profissionalizm haqida tushuncha.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida “ Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ni tadbiq qilish ko ’p jihatdan o‘quv-tarbiya ishlarini issloh qilish , o‘quvchilar yosh xususiyatlarini bilish har qaysi yohadagi bolalar bilan olib boriladigan pedagogik, psixologik jarayonlar xususiyatlarini yaxshi bilgan mutaxassislarga bog‘liq. Ishchining kasb faoliyati bilan bog‘liq, bo‘lgan har qanday masala uning kasb mahorati texnikani qanchalik egallaganligi darajasi, kasbini sevish darajasi bilan bog‘liq.
Ilmiy texnika taraqqiyoti hozirgi kunda tobora jaddallashib borayotgan texnika bilan bog‘liq, uni yaratish va ishlab chiqish ko‘nikmalarini egallagan shaxsni tayyorlash kun tartibidaga keskin qilib qo‘ymoqda. Shuning uchun bugungi kasb egalari o‘z kasb sirlarini mukammal bilishlari uchun, ularga kasb mahoratini bera olish kasbiy fanlardan tashqari umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogic psixologiya, kasbiy ta’lim fanlarini bilishi talab etiladi
.Aql, fikr yuritish tezligi va boshqa individual xususiyatlar kasbiy faoliyat jarayonida namoyon etiladi..Buni aniqlash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish bilan muhandislik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi fani shug‘ullanadi.
Kasb ta’limi psixologiyasining asosiy muammosi-shaxsning kasbga yaroqligini aniqlash, uni tayyorlash, mehnat faoliyatiga yo‘llash masalasidir.Bular profissiografiyadan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |