1. Ko’chirma gap O’zlashtirma gap


Download 93 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi93 Kb.
#1161529
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kopchirma gapli qurilmaning tarkibiy


Ko’chirma gapli qurilmaning tarkibiy qismlari:muallif gapi va ko‘chirma gap, ularning òzaro boģlanishi.
Reja:
1. Ko’chirma gap
2. O’zlashtirma gap.
3. Ko’chirma gapda tinish belgilari

Òzlashtirma gap, unjng òziga xos xususiyatlati.Ko`chirma gap o`zlashtirilma gapga aylantirilganda, ko`chirma gapli qo`shma gap sodda gap shaklini oladi. Haydarov otadan so`radi: «Qayergacha quvib bordingiz?» - Haydarov otadan qayergacha quvib borganligini so`radi.


Ko`chirma gap quyidagi shakliy o`zgarishlar bilan o`zlashtirma gapga aylanadi:
darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi: «Qo`li gullar cho`lni bo`ston etar», - dedi bobom. – Bobom qo`li gullar cho`lni bo`ston etishini aytdi.
ko`chirma gapning egasi o`zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga aylanadi: Bola dedi: «O`zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman». – Bola o`zining boshqa mamlakatdan kelib qolganligini aytdi.
Muallif gapining kesimi – dedi - o`zlashtirma gapda – aytdi – so`zi bilan almashtiriladi: «Kitob – aqlning kaliti», - dedi o`qituvchimiz. – O`qituvchimiz kitobning aql kaliti ekanligini aytdi. Muallif gapining egasi ko`chirma gap egasi bo`lib, gap boshida keladi: «Asli ismim Akramjon», - dedi yigit. – Yigit asli ismi Akramjon ekanligini aytdi.
So`roq, buyruq shaklidagi ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapda darak gapga aylanadi: O`ktam so`radi: «Qanday yangiliklar bor?» - O`ktam qanday yangiliklar borligini so`radi. Ko`chirma gap tarkibidagi undalma o`zlashtirma gapda chiqish kelishigi shaklidagi to`ldiruvchiga aylantiriladi: «Nodira, bugun biznikiga kelmaysanmi?» - deb so`radi Fotima. – Fotima Nodiradan bugun ularnikiga kelishini so`radi. Ko`chirma gap tarkibidagi undov, kirish so`zlar tushirib qoldiriladi: «Etib keldik, shekilli», - dedi Ochil. – Ochil yetib kelishganini aytdi.
NUTQ USLUBLARI HAQIDA MA’LUMOT
Uslubiyat – tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, nutq jaoayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi, nutq uslubi hisoblanadi. So`zlar ham ma’lum nutq uslubigi oslanish-xoslanmaslik belgisigi ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi.
Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo`llanadigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlar sanaladi. Masalan: qish, maktab, yomg`ir, eski, yangi, o`qish, ishlamoq, men, biz, bormoq, ko`cha kabi so`zlar uslubiy betaraf so`zlar bo`lib, barcha uslublarda qo`llana oladi. Taklif qildi, jilvalandi, zimiston, tavassum kabi so`zlar kitobiy uslubga, do`ndirdi, misol uchun, maza, qaytlaring kabi shakllar esa uslubiy xoslangan – faqat so`zlashuv uslubiga xos so`zlardir.
Nutq so`zlovchining til materiallari bilan fikr ifodalash vositasidir. Nutq hissiy-ta’siriy ifodalangan bo`lishi yoki usiz betaraf ifodalangan bo`lishi mumkin. Masalan: Rais ularning qo`ynini puch yong`oqqa to`latib jo`natdi. Rais ularni aldab jo`natdi. Bu birliklarning birinchisida fikr hissiy-ta’siriy bo`yoq bilan, ikkinchisida esa bo`yoqsiz ifodalangan. Daroz, to`la, vadbashara, iflos, tirjaymoq, yoqimtoy kabi so`zlar uslubiy bo`yoqdor so`zlardir.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling