1. Koinot va galaktika. Quyosh turkumining paydo bo‘lishi haqidagi kosmogonik va katastrofik gipotezalar


Download 0.96 Mb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1559961
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза.




2-ma’ruza. Mavzu. Quyosh turkumining tuzilishi va tarkibi. Quyosh turkumining paydo bo‘lishi haqidagi kosmogonik va katastrofik gipotezalar.


Reja:
1.Koinot va galaktika.
2. Quyosh turkumining paydo bo‘lishi haqidagi kosmogonik
va katastrofik gipotezalar.
3.Ichki (Yer) guruhidagi sayyoralar (Merkuriy, Venera, Yer,
Mars).
4.Tashqi (Yupiter) guruhidagi sayyoralar (Yupiter, Saturn,
Uran, Neptun, Pluton).
5.Quyosh turkumidagi mitti jismlar (Asteroidlar, Kometalar,
Meteorlar va Meteoritlar).
Koinot va Galaktika
Tun osmonidagi yulduzlar sochilgan manzara har doim va har joyda butun bashariyatni lol qoldirib keladi. Abadiylikning sirli olami hayratlangan inson nazari oldida bepoyon cheksizlik eshigini ochadi va chuqur о‘yga toldiradi. Bu abadiylikda Quyosh tizimidagi sayyoralar uchib yurishadi va hozirgacha kо‘plab sirlarni о‘zida saqlab keladi.
Bizni о‘rab turgan moddiy olam, bir sо‘z bilan aytganda, Koinot (yunoncha dunyo, olam) deyiladi. Koinotning fazo va makonda о‘lchami yо‘q - cheksizdir. Koinotda materiya bir xildagi taqsimotga ega bо‘lmasdan, galaktikalar, yulduzlar, sayyoralar, meteoritlar, kometalar va turli gazlar majmuasidan iborat.
Galа́ktika deb yulduzlararo gaz, chang, qora materiya va, ehtimol, qora energiya, о‘zaro ta’sir etuvchi gravitatsion kuchlari mavjud bо‘lgan yulduzlarning katta tizimiga aytiladi (2.1-rasm). Odatda Galaktikalar umumiy og‘irlik markazi atrofida aylanuvchi 10 milliondan (107) bir necha trilliongacha (1012) yulduzlarga ega bо‘ladi. Alohida yulduzlar va siyraklashgan yulduzlararo muhitdan tashqari, Galaktikaning katta qismi kо‘plab yulduzlar tizimi, yulduzlar tо‘dasi va turli tumanliklarga ega. Odatda Galaktika diametri birnecha mingdan birnecha yuz ming yorug‘lik yiliga, ular orasidagi masofa esa millionlab yorug‘lik yiliga teng.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling