1-maruza: Kirish fanning maqsadi. Mehnat gigiyenasi va xavfsizlikning huquqiy asoslari. Ishlab chiqarish muhitining zararli omillari, ularni baholash, oldini olish, standartlashtirish. Reja


Download 26.8 Kb.
bet1/3
Sana11.09.2023
Hajmi26.8 Kb.
#1675541
  1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-MARUZA: Kirish fanning maqsadi. Mehnat gigiyenasi va xavfsizlikning huquqiy asoslari. Ishlab chiqarish muhitining zararli omillari, ularni baholash, oldini olish, standartlashtirish.


Reja:
1. Fanni o‘qitish maqsadi va uning vazifalari. Fanni tarkibi.
2. Mehnatni muhofaza qilishning va toksikologiyaning umumiy masalalari.
3. Mehnat kodeksi.
4. Ishlab chikarishdagi xavfli va zararli omillar turlari
5. Ishlab chiqarish korxonalarini sanitar normasiga qarab sinflanishi sanitar himoya zonasi.
6.Sanitar maishiy xonalar zararli moddalarning sinflanishi. Zararli omillarning muhofazalanish omillari.
7. Ishlab chikarishdagi xavfli va zararli omillar turlari
Fanni o‘qitish maqsadi va uning vazifalari. Fanni tarkibi.
Hozirgi kunda toksikologiyada 3 asosiy yo‘nalish: nazariy (tajriba ), profilaktik (gigienik) va klinik yo‘nalishlar qo‘llaniladi. Nazariy toksikologiya organizm va zaharlarning o‘zaro munosabatlari asosiy qonuniyatlari, ularning toksiko-kinetik va toksikodinamik xususiyatlarini o‘rganadi. Profilaktik (gigienik) toksikologiya kimyoviy moddalarning havflilik darajasini aniqlashga, shuningdek odamni kimyoviy moddalarning zaharli ta’siridan himoya qilish yo‘llarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Profilaktik toksikologiya ekologik yo‘nalishga ham ega bo‘lib, kommunal toksikologiyani (atmosfera, suv, to‘proq), oziq-ovqat toksikologiyasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy toksikologiyani ham o‘z ichiga oladi. Klinik toksikologiya odamga kimyoviy moddalarning toksik ta’siri tufayli kelib chiqadigan kasalliklarni o‘rganadi. Shuningdek klinik toksikologik kimyoviy moddalar toksik miqdorining bir martalik ta’siri natijasidagi o‘tkir zaharlanishlarni, zaharli moddalarning uzoq vaqt davomida ko‘p marotabalik ta’sirlarini ham o‘rganadi. Narkologik toksikologiya odamning bir qator zaharli moddalar, shu jumladan narkotik moddalarga qaram bo‘lib qolish sabablarini o‘rganadi. Dorilar toksikologiyasi esa dori vositalarining organizmga zararli va nojo‘ya ta’sirini, dorilardan zaharlanishning oldini olish choralari va davolash usullarini o‘rganadi.
Toksikologiyaning klinik yo‘nalishiga odam organizmiga implantatsiya qilinadigan sintetik materiallarning (tomir protezlari, yurakning sun’iy klapani, sun’iy bo‘g‘imlar) biologik ta’sirlari ta’limoti ham kiradi. Toksikologiyaning maxsus bo‘limlari odam va hayvonlarning o‘ziga xos sharoitlarda zaharli moddalar bilan zararlanishini o‘rganadi. Bular harbiy, aviakosmik, sud va boshqa toksikologiya bo‘limlari bo‘lib, ular nazariy, klinik va gigienik yo‘nalishli elementlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Klinik toksikologiya doimo «tabiiy laboratoriya» sharoitida ishlaydi, chunki nazorat qilinayotgan tajriba juda noyob hisoblanadi. Odam organizmiga zaharning ta’siri boshqa kasalliklar, olib borilayotgan davolash, zaharga sezgirlikning asta-sekin kamayishi, zararli odatlar (alkogolizm, chekish), bemorning yoshi, klimatik sharoitlar va ijtimoiy muhit tufayli o‘zgarishi mumkin. Umumiy toksikologiyaning kimyoviy moddalarning zararliligi Klinik toksikologiyaning asosiy vazifalariga tashhis, davolash va profilaktika kiradi. Tashhis vazifasiga zaharlanish hollarida klinik va laboratoriyaviy tashhis usullarini ishlab chiqish, olingan natijalarni qayta tahlil qilish kiradi.

3.Mehnat kodeksi.


Mehnat muhofazasi – ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Har qanday demokratik jamiyatda inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonun asoslari bo‘lishi zarur.
1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi ana shu qonun asoslari bo‘lib hizmat qiladi. Konstitusiyaning IX bobi insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”. 39-moddada “Har kim qariganda mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”. 40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qo‘yilgan. X bobning 43-52- moddalarida inson huquqlari, burchlari va erkinliklari belgilangan.
Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusi mehnat xavfsizligi darajasini ko‘tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o‘rtasida shikastlanishlarni oldini olish, davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida 1993 yil 6 mayda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risi” dagi qonun qabul qilingan. Bu qonunda jamoat shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijimoiy va boshqa masalalar yoritilgan.
Qonunning 1-7 moddalarida umumiy qoidalar, 8-15-moddalarida mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash, 16-21-moddalarida ishchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquqlarini ro‘yobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan, 22-29-moddalarida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1995 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini tasdiqladi. Kodeksning VI bobi 73-87-moddalarida ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati, 93-113 moddalarida mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, 217 moddada xodimlarni sut, oziq-ovqat, gazli suv, davolash –profilaktika, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash o‘z aksini topgan.
Ishlab chikarishda kasb kasalliklarining oldini olish va ishlab chikarish jaroxatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz xodisalarni chukur taxlil kilish asosida ularni keltirib chikaruvchi sabablarni xamda ishlab chikarishdagi xavfli va zararli omillarni puxta urganish muxim rol uynaydi.

Download 26.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling