1-mavzu. Sifat, mahsulot sifatini boshqarish. Reja
Download 27.71 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat, mahsulot sifatini boshqarish tizimi.
1-mavzu. Sifat, mahsulot sifatini boshqarish. REJA: Sifat, mahsulot sifatini boshqarish tizimi. Mahsulot sifatini boshqarish, sifat sohasidagi asosiy atamalar. Sifatga iste’molchilarning bo‘lgan qiziqishi. Sifat, mahsulot sifatini boshqarish tizimi. Mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimi (MSB KT) o‘tgan asrning 60-yillari oxirlarida Gosstandartning Butunittifoq ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIS) ning ilmiy xodimlari tomonidan Gosstandart raisining yordami bilan tashabbuskorlik yo‘li bilan ishlab chiqildi. Lvov oblastidagi korxonalarda keng ko‘lami ilmiy-ishlab chiqarish eksperimentni o‘tkazildi. Eksperimentda VNIIS direktori A.V.Glichev va Gosstadartning Butun ittifoq fizika-texnik va radioo‘lchashlar ilmiy-tadqiqotlar instituti (VNIIFTRI – keyinchalik “Sistema” NPO) ning Lvov filialining direktori E.T. Udovchenko rahbarlik qildi. 70-yillar boshida VNIIS da (mualliflar A.V. Glichev, O.G. Lositskiy, M.I. Kruglov, I.D. Krijanovskiy, G.O. Rabinovich) sifatni boshqarishning o‘lchamli modeli yaratildi, shunday qilib, yassi ikki o‘lchamli modellardan aksonometrik shaklga o‘tildi. Modelda mahsulot hayotiy siklining bosqichlari ajratib ko‘rsatilgan. Bu bosqichlarda sifat shakllantiriladi va sifatning erishilgan darajasining saqlanishi ta’minlanadi. Sifatni boshqarishning uchta darajasi berilgan. Har qaysi darajada 12 ta (11 dan 15 gacha va bundan ortiq ham bo‘lishi mumkin) mahsus funksiya bo‘ladi: 1 Ehtiyojlarni, mahsulotning texnik darajasi va sifatini o‘rganish va prognoz qilish. 2 mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish. 3 Mahsulot sifatiga talablarni normalash. 4 Mahsulot yaratishni tashkillashtirish. 5 Mahsulot ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkillashtirish. 6 Moddiy-texnik ta’minotni tashkillashtirish. 7 Metrologik ta’minotni tashkillashtirish. 8 Xodimlarni o‘qitishni tashkillashtirish. 9 Sifatning oshishini rag‘batlantirish. 10 Standartlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati. 11 Mahsulotni sifat toifalari bo‘yicha attestatlash. 12 sifatni huquqiy ta’minlash. Har qaysi mahsus funksiya doirasida quyidagi harakatlar bajariladi: – funksiyaning maqsadlari va vazifalarini o‘rnatish; – bu funksiyaning bajarilishini tashkillashtirish; – funksiyaning bajarilishini sifatga ta’sirini, ya’ni qo‘yilgan maqsadga erishishning qanday borayotganligini tekshirish; – to‘g‘rilash harakatlarini kiritish. Sifatni boshqarishning ko‘rilgan modellarida, ularning afzalliklariga qaramay, mahsulot sifatini ifodalovchi blok, ishlab chiqarish va mehnat jarayonini tashkillashtirish bloklari ko‘rinmaydi, ya’ni o‘rnatilgan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash bo‘yicha harakatlarning qanday amalga oshirilishi ko‘rsatilmagan. 1974-yilda VNIIS olimlari M.I. Kruglov va I.D. Krijanovskiylar o‘rtacha kattalikdagi mashinasozlik korxonalari misolida uchta doiraga ega bo‘lgan MSB KT ning yassi grafik modelini yaratdi: parametrik; funksional; Mehnat-tashkiliy doirali yassi model. MSB KT ning metodik prinsiplari mahsulotning texnik darajasini va sifatini oshirishda harakatlar majmuini korxona standartlari yordamida tashkillashtirishni ko‘zda tutadi. Korxona standartlarida har qaysi bo‘lim va alohida bajaruvchining vazifasi va funksiyasi qonunlashtirib belgilangan. Korxona standartlari – standartlashtirish davlat tiziminining ajralmas qismidir – jamiyat ehtiyojlarini eng to‘liq qondirish maqsadlarida mahsulotni loyihalash, tayyorlash, saqlash, tashish, xaridga chiqarish va foydalanish (iste’mol qilish) kabi murakkab jarayonlarni moslanuvchan va tezkorlik bilan boshqarishga imkon beradi. 1974-yilda O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentning bir guruh olimlari va mutaxassislari ishtirokida Lvov shaxrining korxonalarida MSB KT ni yaratish va ishlatish tajribasini o‘rganadi. O‘zbekistonda MSB KT ni yaratishni joriy etish bo‘yicha olib borilgan ishlar shartli uchta asosiy yo‘nalishga yoki kichik tizimlarga bo‘lindi: mafkuraviy, tashkiliy-metodik, kadrlar tayyorlash. Download 27.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling