1-mavzu: “Ta’lim texnologiyalari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Ta’lim texnologiyalari” fani pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya jarayonining xususiyatlari


Download 14.28 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi14.28 Kb.
#1818945
  1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza

1-mavzu: “Ta’lim texnologiyalari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Ta’lim texnologiyalari” fani pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya jarayonining xususiyatlari.


Reja:
1. Ta’lim texnologiyasi nima?
2. “Ta’lim texnologiyalari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
3. Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi
4. “Ta’lim texnologiyalari” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at). Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati va metodlar yig‘indisi (V.M.Shepel). Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik va pedagogik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – rejalashtiriladigan ta’lim natijalariga erishish jarayoni tavsifi (I.P.Volkov). Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M.Choshanov). Pedagogik texnologiya – o‘quvjarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). Pedagogik texnologiya – bu butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olgan holda bilimlarni yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli uslubidir (YuNeSKO).
SH.S.SHoyimova, M.K.Xoshimova, SH.R.Mirzayeva, M.M.Qo‘ziboyeva- Ta’lim texnologiyalari-Toshkent,2020.
Ta’lim texnologiyalari fanining maqsadi – ta’lim-tarbiya tizimida yangi ilg‘or g‘oyalarni, ta’lim innovatsiyalarini tatbiq etish, pedagogik jarayonni tashkil qilish va boshqarishga nisbatan noan’anaviy yondoshgan holda uning sifatini yanada oshirishning strategik yo‘llarini izlashdan iborat. Ta’lim texnologiyalari qisqa vaqt mobaynida, talabaning kuchini iqtisod qilgan holda erishish lozim bo‘lgan natijalarni ta’minlashni, sohaga oid innovatsiyalarni kirita oluvchi novator mutaxassislarni shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunday maqsad bugungi kun shartsharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilangan. Talabaning yelkasiga tushayotgan katta axborot yuki va bo‘lajak mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar tizimini kengayib borishi aynan shunday maqsadni ilgari surishni taqazo etmoqda.

Download 14.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling