1-mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida. Topshiriq №1 Tarbiya haqida ma’lumot bering


Download 19.62 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi19.62 Kb.
#110224
Bog'liq
TIM


1-mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida.

TOPSHIRIQ № 1

- Tarbiya haqida ma’lumot bering.

Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong

va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy ,

jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning

jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib

toptirishning jarayonlaridir.

Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning

mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.

Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy,

ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar,

harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va

yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo’libgina qolmay, uning

yetakchi g’oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali

singdirilgan mafkurani ham o’z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan

kengroq bo’lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar

hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu

jihatdan tarbiya ta’lim olish bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshiriladi.

Ta’lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma’naviy – axloqiy sifatlar tashkil topadi. Shu

o’rinda O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning

quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Albatta, ta’lim – tarbiya ong

mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq

ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta’lim –

tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartir masdan turib, ma’naviyatni

rivojlantirib bo’lmaydi...

... har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo

shaxsni ko’rish kerak. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,

farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega b o’lgan, ongli

yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim – tarbiya sohasining

asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim ...”

- Tarbiya jarayoniga berilgan ta’rifni tahlil qiling.

Tarbiya-shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish jarayonidir. Tarbiya tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi: tor va keng.



Keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi o`z ichiga bolaga ta’sir qiladigan hamma narsani, bola shakllanishini, uni hayotga ijtimoiy, madaniy, ishlab chiqarish tayyorlash barcha qirralarini o`z ichiga oladi. Buni nafaqat maktab oila va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari ishlari, balki jamiyatning hayot tarzi undagi g‘oyalar, adabiyot va san`at, tashviqot vositalari radio, televideniye, gazeta va jurnallar ta’lim va ma’lumot ham kiradi.

Tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi-bu yoshlarda dunyoqarashni shakllantirish, xulq-atvorni shakllantirish, ularning estetik dinini rivojlantirish va jismoniy kamolotga yetishtirishdir. Tarbiya – ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan xolda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

- Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani qaysi fanlar bilan aloqada.

Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish,

ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy

qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos

bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs

tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa

fani bilan bog’liqdir.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini

to’g’ri tashkil etish shug’ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy

bog’liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o’qitish jarayoni bilan

bog’liq bo’lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga

oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga

bog’liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bog’liq holda

rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.

Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatlarida

amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib,

tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi. Shaxsning ruhiy holati

va yosh xususiyatlarini o’rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy

ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog’liq bo’lganligi

uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.



TOPSHIRIQ №2

FSMU texnologiyasi

Savol Shaxs kamolotida tarbiyaviy ishlar tizimining ahamiyati qanday?

F- .Yosh avlodni tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir ko’rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisi bo’lib, u yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, ko’nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro’y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, keraqli shart-sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi.

S- Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada sog‘lom ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog‘lom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar tarkib topadi. Kishi o‘z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko‘p intilsa, shunchalik o‘z xato-kamchiliklarini anglab boradi. Turon zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga ega. Axloq-odob insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining negizini tashkil etadi. Shuning uchun ham o‘quvchida jamiyatga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish mustaqilligimizni mustahkamlashga, axloqiy madaniyat egasi bo‘lishga, o‘zini-o‘zi anglab yetishga, yaxshi insonlarga bo‘lgan e’tiqodni rivojlantirishga olib keladi. Maktab o‘quvchilari dars va darsdan tashqari jarayonlarda do‘stlik, hamjihatlik, hamkorlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, birovning dardiga darmon bo‘lish kabi fazilatlar xalqimiz va millatimiz kuch-qudratining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning negizi ekanligini o‘z o‘quvchilariga tushuntirishlari darkor. Ma’naviy-axloqiy tarbiya — ma’naviy ongni bir maqsadni ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi: jamiyat talablariga bog‘liq bo‘lib, bu talablar, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalash tuzimini takomillashtirishda boshlang‘ich maktab muhim o‘rin egallaydi. Insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uyg‘otish, ongli intizomni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir. Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Iymon va insof, so‘z va ish birligi, insonparvarlik yangi qurilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim.

M- Tarbiya va tarbiyaviy ishlar har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahasiyat kab etadi, Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan g‘alq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har qanday mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma‘naviy boyliklarni ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma‘naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimi bo‘lishini taqozo etadi. Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy tabaqalarning tarbiyasi o‘zgacha bo‘ladi va bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash hukmronlik qilgan. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga ega emasligi isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning mohiyati har qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya maxsus muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Xalqning o‘zi yaratgan tarbiyachilik san‘atiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy ahamiyatni kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi.

U- Tarbiyaga jamiyat a’zolari o‘rtasida qaror topgan munosa- batlarni saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uz- luksiz egallash, deb qarash mumkin. Tarbiya ishida har bir kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qilish bilan, ayni chog‘da, ularda atrofdagilarga nisbatan mas’- uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur. Davlat- ning gullab-yashnashi, xalqning farog‘ati oliyjanob xulq-odobga bog‘liq, oliyjanob xulq-odob esa tarbiya tufaylidir. Tarbiya, aso- san, bizning dilimizga jamiyat uchun foydali bo‘lgan fazilat urug‘larini sochmog‘i lozim. Tarbiya faqat inson zehnini o‘sti- rish va unga ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik hissini uyg‘ot-
mog‘i lozim, busiz odam hayotda na e’tiborli va na baxtiyor bo‘la oladi. Tarbiya, bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z ehtirosi, o‘z e’tiqodini yosh avlodga topshirishi demakdir. Tar- biyaning bosh vazifasi odamni yaxshi qadam bosishga majbur etishgina emas, balki bu yaxshi ishlardan huzurlanishga ham o‘rgatishdir; faqat ishlabgina qolmay, ishni sevish ham kerak. Tarbiya bizni yo‘ldan ozdirmay turishining o‘zi kifoya emas, u tobora bizni yaxshilab bormog‘i lozim. Nazarimizda bolalarning a’zoyi badani va ruhiyatini tabiat qanday yaratgan bo‘lsa, shun- dayligicha qoldiraverishdan qoniqmaymiz, biz ularning tarbiyasi va o‘qishi haqida g‘amxo‘rlik qilamiz, toki yaxshi yanada yax- shilanishi, yomon esa o‘zgarib, yaxshi bo‘lishi kerak. Tarbiya odamda mehnatga ko‘nikma va mehrni kuchaytirmog‘i lozim, u insonga hayotda o‘ziga loyiq ish topa bilish imkoniyatini bermog‘i zarur. Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir. Zero, o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra muhimroq ish yo‘q. Har bir mamlakatda insonni voyaga yetka- zish san’ati idora etish uslubi bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ijtimoiy tarbiyaga doir u yoki bu muhim o‘zgarishni davlat tuzumining o‘ziga o‘zgartirish kiritmasdan tu- rib amalga oshirish mumkin emas. Chinakam tarbiya yuksak ez- gulikdir, aks holda, u hech nimaga yaramaydi. Barcha kashfi yotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir.



Download 19.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling