1-mavzu. Tuproq havosi Reja


Download 46 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi46 Kb.
#205307
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza matni


1-mavzu. Tuproq havosi

Reja:

  1. Tuproq havosi va uning tarkibi

  2. Tuproq xossa va xususiyatlariga ta’siri.

Tuproq g`ovak massa bo`lib, suvdan bo`sh joylar havo va gaz bilan to`lgan bo`ladi. Tuproq havosi mikroorganizmlar va o`simliklar hayoti uchun eng muhim bo`lib, tuproqdagi bo`layotgan, rivojlanayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar manbai va ishtirokchisi hisoblanadi. Tuproq sanoat korxonalari tomonidan chiqarib tashlagan zaharli gazlarni o`z domiga yutib turadi.

Tuproq tarkibidagi gazlar va uchib ketuvchi organik moddalar erkin, siqilgan, adsorbsiya qilingan va erigan holatda bo`ladi. Tuproqdagi erkin holatdagi havo gazlar va uchuvchan organik moddalar yig`indisidan iborat bo`lib, g`ovakliklarda va atmosfera havosi bilan doimo munosabatda bo`ladi. Siqilgan gaz tuproq g`ovaklarida yopiq tizim, ya’ni har taraflama suv bilan o`ralgan holatda joylashgan bo`ladi. Bunday holatdagi gaz neytral bo`lib, atmosfera havosi bilan munosabati yo`q.

Tuproq havosi suv o`tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sir qilib, harorat, namlik va bosim o`zgarganda tuproq donadorligining buzilishi va yemirilishiga olib kelishi mumkin.

Tuproq zarrachalari tomonidan havo adsorbsiya qilinib, uning miqdori tuproqning dispersligi, mineral va kimyoviy tarkibi, namligi hamda organik birikmalariga bog`liq bo`ladi. Havoning tuproq tomonidan yutilishi uning mexanik tarkibiga ham bevosita bog`liq. Qum loyga nisbatan gazni 10 barobar kamroq yutadi. Adsorbsiya qilingan havo miqdorini G.Lyungmer tenglamasi yordamida hisoblash mumkin.



Г͚ – adsorbent yuzasida yutilgan maksimal miqdor, mg;

S - gazning tizimdagi konsentratsiyasi, mg/l;

R - emperik koeffitsiyent;

Tuproqda erigan gazlar o`simliklarning o`sishi, mikroorganizmlarning yashashi va bir qator fizik-kimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi.

Genri qonuniyatiga asoslanib,

S- suvda erigan gaz konsentratsiyasi, mg/l;

R – gazning tuproq havosidagi parsial bosimi MPa;

10,2 – normal atmosfera bosimi, MPa

λ – gazning suvda eruvchanlik koeffitsiyenti, mg/l.

Tuproqning qattiq, suyuq, gaz va tirik jonivorlar qismlari doimo muvozanatda bo`lib, tuproq termodinamikasi va biologik faoliyatining o`zgarib turishiga olib keladi.

Tuproq tarkibidagi havo kesmaning havo-fizik xususiyatlari, havo singdirish sig`imi asosan maksimal havoning miqdori va hajmiga nisbatan % hisobida normal sharoitda havo quruq va buzilmagan holatda ushbu formula orqali hisoblanadi:

, bu yerda

Rux – umumiy sig`im;

Rur – umumiy g`ovaklik;

Pr – gigroskopik namlik, %.

Tuproqning havo singdirish qobiliyati uning mexanik tarkibi va strukturasiga bog`liq. Tuproq tarkibidagi havo miqdori Rx namlik, g`ovaklik va boshqa fizik xossalarga bog`liq bo`lib, qo`yidagi formula bilan hisoblab topiladi:



Pw tuproqning hajmiy namligi, %.

Tuproqning havo o`tkazish qobiliyati mexanik tarkib, g`ovaklik va donadorlik bilan bog`liq bo`lib, kapillyar bo`lmagan g`ovaklik yordamida aniqlanadi.

Tuproq havo almashinish qobiliyati, birinchidan, atmosfera sharoiti, harorat, bosim, girdobli (turbulent) harakat va yog`ingarchilik miqdoriga bog`liq bo`ladi. Ikkinchidan, u tuproqning fizik xossalari, mexanik tarkibi, donadorligi, zichligi, g`ovakligi, harorat va boshqa hususiyatlarga. Uchinchidan, gazlarning fizik xossalari - diffuzion tezligi, kesma va yuza qatlamdagi gaz konsentratsiyasi, yerning tortish kuchi hamda gazlarning o`tishi, qattiq fazada sorbsiya va desorbsiya jarayonlari, tuproq eritmasida erish va degazatsiyaga bog`liq. To`rtinchidan, tuproqdagi kation va anionlar almashinishi, gaz va suyuq faza bilan modda almashinish hamda oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga bog`liq.

Tuproq havosi tarkibidagi gazlar O2, CO2, N, NO2, CO, H2, H2S, NH3 etilen, atsetilen, metan, merkaptan, terpen, fosfin, spirt, efir, organik va anorganik kislotalar bug`laridan iborat, ular turli miqdorda tarqalgan va tuproqdagi biologik va fizik-kimyoviy jarayonlarni belgilab beradi. V.I.Vernadskiy ta’biri bilan aytganda, “hozirgi atmosfera havosi biogen jaryonda hosil bo`lgan, ularning shakllanishida tuproq qoplami va atmosferaning qo`yi qismidagi havo almashinuvi katta ahamiyatga egadir”.

Atmosferadagi havo asosan azot, kislorod va karbonat angidriddan iborat bo`lib, qolgan qismini boshqa gazlar tashkil qiladi. SO2 miqdori tuproqda atmosferadagi miqdoriga nisbatan o`nlab, yuzlab va undan ham oshib ketishi mumkin. Tuproq havosining tarkibi mikroorganizmlarning yashash jarayonida, o`simlikning ildizlari orqali nafas olishi, tirik jonivorlarning nafas olishi va organik moddalarning oksidlanishi natijasida o`zgaradi. Tuproq havosining o`zgarishi energetik potensial va biologik faol rivojlanish bilan bevosita bog`liqdir.

Tuproq havosi tarkibidagi asosiy gazlar tuproq va biosferadagi biokimyoviy jarayonlarning kechishida katta ahamiyatga ega.


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling