1. Mazkur holatda maʼmuriy huquqiy munosabatlarni yoriting


Download 19.72 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi19.72 Kb.
#154572
Bog'liq
Fuqarolik huquqi


Kazus-8

Fuqaro D. o‘z fuqarolik pasportini biometrik pasportga almashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qildi. Mazkur bo‘lim fuqaro D. ning murojaatiga binoan o‘z pasportini 1 oydan so‘ng olishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu orada fuqaro D. o‘z pasportini olish muddatini hisobga olib chet elda ishlash uchun bilet sotib oldi. Belgilangan muddat o‘tganidan sung fuqaro D. biometrik pasportini olish uchun tegishli organga qayta murojaat qildi. Аmmo ushbu organ xodimlari fuqaro B.ga ayrim sabablarga ko‘ra pasporti tayyor bo‘lmaganligini maʼlum qilishdi. Fuqaro D. bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan o‘z huquqlarini himoya qilish yuzasidan sudga murojaat qildi.



1. Mazkur holatda maʼmuriy huquqiy munosabatlarni yoriting.

2. Maʼmuriy huquq subyektlarini aniqlang. Fikringizni asoslab bering.

Kazusga javob berishdan avval, ma’muriy-huquqiy munosabatlar va ma’muriy huquq subyektlari tushunchalari haqida so‘z yuritsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Huquqiy normalar o‘z vazifa va funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi. Huquqiy munosabatlar - o‘zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasida, huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keldigan aloqalardir. Huquqiy munosabat, bu birinchi navbatda tomonlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aks ettirishdir. Munosabat tomonlari bir-biri oldida tegishli subyektiv huquq va majburiyatlarni o‘taydilar. Tomonlarning huquq va majburiyatlari bir-biri bilan o‘zaro mutanosib tarzda bog‘liq bo‘lib, ya’ni bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning majburiyati yoki ikkinchi tomonning huquqi birinchi tomonning majburiyatiga muvofiq keladi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan huquqiy munosabatlarga boshqa barcha huquqiy munosabatlar singari umumiy xususiyatlar xosdir. Davlat boshqaruvi jarayonida turli-tuman munosabatlar vujudga kelib, turli huquq tarmoqlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, davlat boshqaruvi sohasidagi aksariyat huquqiy munosabatlar konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, moliya va boshqa huquq tarmoqlarining normalari asosida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar o‘rtasida ma’muriy-huquqiy munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlar – bu ma’muriy huquq normalari asosida vujudga keladigan munosabatlardir. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar o‘zining tuzilishiga ko‘ra, munosabat subyekti, obyekti va mazmuniga ega. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning subyekti bo‘lib, unda ishtirok etuvchi tomonlar, ya’ni boshqaruv jarayonida ma’lum bir vakolatga ega bo‘lgan (davlat boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar) yoki boshqacha ma’muriy-huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar (fuqarolar, jamoat birlashmalari) hisoblanadi.

1. Yuqoridagi kazusda fuqaro va ma’muriy organ o‘rtasida fuqarolik masalalariga oid bo‘lgan ma’muriy-huquqiy munosabatlar sodir bo‘lmoqda. Mazkur vaziyatda ma’muriy huquqiy munosabatlar fuqaro D.ning o‘z fuqarolik pasportini biometrik pasportga almashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilishida va tegishli organ tomonidan uning passport belgilangan vaqtda tayyor qilinmagani ustidan sudga murojaat qilishiida namoyon bo‘lmoqda. Chunki ushbu vaziyatlarda fuqaroning chet elga chiqishi uchun kerak bo‘ladigan passportni olish jarayoni va sudga murojaat qilish huquqiy normalar asosida tartibga solinadi.

2. Yuqoridagi kazusda vujudga kelgan ma’muriy-huquqiy munosabatlarning subyektlari Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi va fuqaro D. hisoblanadi. Chunki ushbu vaziyatdagi ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi mazkur subyektlarning ish-faoliyati bilan bog‘liq.



Kazusga huquqiy baho beradigan bo‘lsak, ushbu vaziyatda Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish to‘g‘risida”gi nizomning 25-bandi: “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab o‘n ish kunida belgilangan tartibda beriladi”ni buzish holati yuz bermoqda. Chunki tegishli ma’muriy organ tomonidan fuqaro D.ga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti dastlab 1 oy (30) kun, so‘ngra esa bundan ham ko‘p muddatda berilmayapti. Bu esa mazkur nizomni buzish hisoblanadi.
Download 19.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling