1. Mehnat psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi. Mehnat psixologiyasining vazifalari va muammolari


Download 122.09 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1296761
  1   2   3
Bog'liq
mehnat


Reja:

1. Mehnat psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi.


2. Mehnat psixologiyasining vazifalari va muammolari.
3. Mehnat psixologiyasi fanining vujudga kelish tarixi.
4. O‘zbekistonda mehnat psixologiyasi fani rivojiga hissa qo‘shgan olimlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.1.Mehnat psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi
Mehnat psixologiyasi fanining tadqiq etish predmeti ― bu mehnat faoliyatida inson ruhiyatining shakllanishi qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarining namoyon bo‘lishi hamda kasbiy saralash, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalaridir.
Mehnat psixologiyasi va kasbiy mahoratni oshirish masalalari bo‘yicha ancha ilmiy izlanishlar olib borayotgan psixolog olim Ye. A. Klimov ta’ri-fi bilan aytganda, «...mehnat psixologiyasining fan sifatidagi o‘zagi: bu mehnat sub’ekti sifatida insonning xatti-harakati va shakllanishiga doir amaliy masalalarni ilmiy asoslangan holda hal etish shart-sharoitlarini, yo‘llari va usullarini o‘rganuvchi psixologiya sohasidir”. Shu bilan birga mehnat psixologiyasi fanining sub’ekti deb ― inson ko‘rsatilgan.
Mehnat psixologiyasining tadqiqot ob’ekti sifatida esa ― ishlab chiqarish va mehnatda shaxs faoliyatining psixologik xususiyatlari, uning ishdan bo‘sh vaqti, hordiq olishining ishlab chiqarishga ta’siri va umuman aytganda, Mehnatni Ilmiy asosda Tashkil etish (MIT, ruschada esa NOT ─Nauchnaya Organizatsiya Truda)ning psixologik jihatlari o‘rganiladi.
Mehnat unumdorligiga ishchiga ijtimoiy shart-sharoitlar yaratish, jismoniy xavfsizligini ta’minlash, jismoniy hamda emotsional zo‘riqishlarni oldini olish yoki bartaraf etish uchun ketgan sarflar miqdori ko‘p bo‘lsa, umuman olganda ishchiga qancha qulay shart-sharoit yaratilsa, shunchalik ijobiy ta’sir yuzaga keladi.
Mehnat psixologiyasining maqsadi, mehnatkashlar uchun aqliy va jismoniy faoliyatlari jarayonida aynan psixologik iliq muhitni yaratishdir.
1.2.Mehnat psixologiyasining vazifalari va muammolari
Mehnat psixologiyasining faoliyatning barcha turlariga taalluqli bo‘lgan bir qancha umumiy vazifalari, umumiy muammolari hamda professional mehnatning alohida turlariga taalluqli bir qancha juz’iy (xususiy) muammolari ham bor.
Mehnat psixologiyasi fanining asosiy vazifasi ishlab chiqarish muno-sabatlarini ijobiylashtirish, mehnatkashlarga zarur shart-sharoit yaratib berish, kasbiy kasalliklarning, ishlab chiqarishda jismoniy jarohatla-nish hamda psixologik zo‘riqishlarning oldini olishdir.
Hozir yuksak moddiy-texnika bazasini yaratilishi munosabati bilan jismoniy va aqliy mehnat o‘rtasidagi farqlarni tugatish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu tugatish (albatta, birdaniga emas) psixologik jihatidan jismoniy mehnat ahllaridagi jismoniy harakatlarni qisqartirish yoki aqliy harakatlar almashtirishda ifodalanmog‘i kerak.
Ishchilarning jismoniy zo‘r berib qilinadigan harakatlaridan ozod bo‘lishi ularning aqliy saviyasini kengaytirishga, mehnat jarayonlarini ijobiy (aqliy, ahloqiy, estetik) hislar bilan boyitishiga sabab bo‘lmog‘i kerak.

2. Mehnat psixologiyasining vazifalari va muammolari.


Jismoniy va aqliy mehnat o‘rtasidagi farqlarni tugatish munosabati bilan mehnatkashlar psixikasida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni o‘rganish psixologiyaning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Mehnat psixologiyasining umumiy muammolari ─ bu umumiy psixolo-giyaning inson mehnat faoliyati nuqtai nazaridan qaraladigan va hal qili-nadigan muammolaridir, bularga:
─ mehnat jarayonida ayrim psixik funksiyalarning (diqqat, idrok, his-siyot kabilar) namoyon bo‘lish xususiyatlari bo‘yicha;
─ mehnatga nisbatan u yoki bu munosabatning ahamiyati bo‘yicha;
─ ishda onglilikning roli bo‘yicha;
─ mehnat unumdorligini oshirishda ayrim psixik funksiyalar sifa-tining, xususan, hislar inson, iroda sifatlarining ahamiyati bo‘yicha muam-molar kiradi.
Shu bilan birga barcha ishlab chiqarish jarayonlari uchun umumiy bo‘lgan narsa :
─ mehnatda ijodning namoyon bo‘lishini o‘rganish,
─ konstruktiv-texnikaviy tafakkurni o‘rganish va uni mehnatkashlarda rivojlantirish muammolaridir.
Mehnat psixologiyasining juz’iy vazifalariga, avvalo, shaxsning muayyan ixtisos sohasidagi ishning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlov-chi, har bir kasbni xarakterlab beruvchi psixik sifatlarini o‘rganish kira-di. Ayrim kasblarni, masalan, (tokar, slesar, haydovchi, uchuvchi, po‘lat erituvchi, ip yigiruvchi, tikuvchi kabilar) psixologik jihatdan bunday xa-rakterlash professiogramma deb ataladi.
Hozirgi kunda psixologlar tomonidan mehnat psixologiyasiga taalluqli bir qancha muammolarni o‘rganish vazifasi turibdi. Bu muammolar quyidagilardir:

  • Ishchi va xodimlarda kasbiy sifatlar, layoqatlar ishlab chiqarish jarayonida qanday hosil qilinishini o‘rganish;

  • Maktabdan tashqari, bevosita ishlab chiqarishning o‘zida amalga oshirilayotgan mehnat va professional ta’lim hamda tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi masalalarni ishlab chiqish;

  • Eng yangi texnikani yaratish va undan foydalanish negizida kishilarning mehnat unumdorligini oshirish masalalarini ishlab chiqish;

  • Kasbiy layoqat va kasbiy mahorat haqidagi masalalarni, shuningdek, bu layoqatlarni ta’lim jarayonida va ishlab chiqarishda shakllantirish masalalarini ishlab chiqish;

  • Mehnat (professional) ko‘nikma va malakalari hosil qilishning ratsional usullarining psixologik asoslarini qidirib topish.

Yuqoridagilardan tashqari,:

  • Professional yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish,

  • Profkonsultatsiya‒kasbiy maslahat berish;

  • Korxonalarda professional kadrlar tanlash masalalarini psixologik jihatdan asoslash vazifasi ham professional ta’lim muammosiga juda yaqindir.

Mehnatni tashkil qilish va samaradorligini oshirish bilan bog‘langan masalalar ham dolzarbdir. Bularga:
─ mehnatning sifatini ─ unumdorligini oshirishni tashkil qilish masalalari,
─ ishchi yoki xodimning psixik holati mehnat unumdorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi;
─ mehnat xavfsizligini ta’minlash shart-sharoitlari;
─ ishchining muayyan holatini keltirib chiqaruvchi sabablarni, sharoitlarni, me’yordan chiqishning o‘rni va vaqtini ham aniqlash;
professional toliqish,
─ mehnat ritmi,
─ dam olish masalalari,
─ psixologlarning mashinalar va ularni konstruktiv xususiyatlari,
─ ish joyi va uning psixologik talablarga mos kelish kabi masalalarni o‘rganish, tekshirish va tahlil qilish kiradi.

3. Mehnat psixologiyasi fanining vujudga kelish tarixi.



Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling