1-modul. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi fanining metodologik asoslari. 1-Mavzu. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi fani va uning mazmuni


Download 111.08 Kb.
bet1/11
Sana25.10.2023
Hajmi111.08 Kb.
#1720869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1MAVZUt

1-MODUL. TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI FANINING METODOLOGIK ASOSLARI.

1-Mavzu. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi fani va uning mazmuni.

Tayanch so‘zlar: texnologiya, ta’lim, tarbiya, ijtimoiy faollik, o‘quvchilarning bilish faoliyati, o‘qitish natijalari, o‘qitish metodlari, tadqiqot vazifalari, tadqiqot metodlari, mehnat tarbiyasi, axloqiy tarbiya, ijodkorlik, rivojlanish.

1.1. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi faninig mazmuni va fanning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari.

Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi faninig maqsadi talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Texnologiya” fanini Davlat ta’lim standarti (DTS) asosida tashkil etish va o‘qitish, pedagogika, psixologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish yo‘llarini bo‘lajak texnologiya ta’lim o’qituvchilarini metodikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.

Demak:Texnologiya fanini oqitish metodikasi fanida talabalar o‘qitish printsiplari va mazmuni, shakl va metodlari, texnologik ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha dasturlar mazmuni, texnologiya ta’limi darslari va darsdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, o‘quv va metodik adabiyotlarni o‘rganish hamda tahlil qilish, darslarni rejalashtirish, me’yoriy hujjatlarni yuritish, texnologiya ta’limi o‘quv xonalarining jihozlanishi, pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari va mazmuni, kurs ishlarini bajarish, o‘quv-moddiy texnik baza tahlili, respublika ta’lim markazi, tashxis markazi faoliyati bilan tanishadilar.

Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi faninig vazifalari quyidagilar:

- pedagogik-psixologik bilimlarni o‘quvchilarda umummehnat va umumkasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish;

- talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi fanining maqsad va vazifalari, o‘quv rejasida tutgan o‘rni bilan tanishtirish;


Download 111.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling