O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA” FANIDAN
JORIY NAZORAT TOPSHIRIG’I JAVOBLARI
Qabul qildi: ISAYEV M. X.
Bajardi: Abduxamidov.Sh.BIA 92 K
1.Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga
xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlash- tirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi.
Moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi : Moliyaviy tizimning ta’rifi, davlat moliyasi, mahalliy moliya, xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi va uning bo’g’inlari
Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: respublika byudjeti; Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shag‘arlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tumanga bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
daromadlar asosini mustahkamlash zaminida byudjet defitsitining darajasini kamaytirish;
mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha byudjet xarajatlarini restrukturizatsiya qilish;
byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.
2 Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari.
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Sosial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa sosial ehtiyojlarning rivojlanishi tuShunilibgina qolmasdan jamiyatning sosial tuzilmasi ham tuShuniladi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sosial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat tо‘g’risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sosial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |