1. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti va xo`jaligi va mashg`ulotlari


Download 71.5 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1082224
  1   2
Bog'liq
6-Mavzu.XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi.XIX asr ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida qoraqalpoqlar turmush tarzi.


6-Mavzu.XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi.XIX asr ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida qoraqalpoqlar turmush tarzi.
Reja:
1.Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti va xo`jaligi va mashg`ulotlari.
2.Qoraqalpoqlarda urug`chilik, qabilaviy munosabat , urf-odatlari va turmush tarzi.
3.Soliq va majburyat turlari va xalq qo`zg`olonlari.
4.Gandimyon shartnomasidan so`ng qoraqalpoqlar hayotidagi o`zgarishlar


Tarixan qoraqalpoqlar Ural, so'ngra Volga bo'ylarida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havzalari etak- larida yashab kelganlar. Ularning ko'chib yashash- lariga ko'proq tashqi omillar sabab bo'ldi. Nihoyat, ular XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g'arb tomonlarida muqim hayot tarziga o'ta boshladilar. Qoraqalpoqlar goh qozoqlar, goh turkman- lar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga o'tdilar. Quyi Amudaryoning katta cho'l va suv chiqmagan cho'lga tutash sho'rxok yerlarini ular o'zlarining mashaqqatli mehnati evaziga o'zlashtirdilar. O'troq hayotga o'ta boshlagach, dehqonchilik bilan shug'ullanish qoraqalpoqlar hayotida asosiy o'rinni egallay boshladi. Shunday bo'lsa-da, chorvachilik ham qoraqalpoqlar hayotida yetakchi sohalardan biri bo'lib qolaverdi.Qoraqalpoqlar XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib o'troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o'rinni egallay boshladi. Ammo chorvachilik ham yetakchi so- halardan biri bo'lib qolaverdi. Dehqonchilik ishlari qizg'in vaqtlarda qoraqal­poq oilalari ekinzor yerlarning qulay bir joyiga o'z o'tovlarini qurib mehnat qilganlar. Ana shunday tinch mehnat bilan band bo'lgan paytlarda bosqinchi- lik bilan boylik orttirishni kasb qilib oigan qaroqchi guruhlar qoraqalpoqlar o'tovlariga to'satdan hujum qilar edi. Bu kutilmagan bosqin natijasida ular ko'plab mol-mulklaridan ajralardi. Bunday paytlarda yurt oqsoqollari Xiva xonidan o'zlarini himoya qilishni so'rab choparlar yo'llardilar.Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik va ovchilik ham muhim o'rin egal- lagan. Amudaiyoning bo'ylarida va Orol dengizi atrofidagi ko'llarda baliq- lar serob bo'lib, ular ko'plab oila hamda urug'lar uchun asosiy tirikchilik manbayi edi.XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullarida urug' munosabatlari mustahkam tarzda davom etdi. Xitoy-qipchoq, mang'it va kenagas qabilalari tarki- bidagi urug'lar «o'n to'rt urug'» — aris (urug') bir- lashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng yirigi o'n to'rt urug' bo'lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o'rinda shulluk va joun- gurni birlashtirgan aris-qo'ng'irotlar turar edi. Ularda yer-suv mulki, chorva mahsulotlari urug'niki deb hisoblansa-da, urug' oqsoqollari, ruhoniylar va biylarning ulushi katta miqdorni tashkil qilgan. Bu hol XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini y añada tezlashtirdi. Qoraqalpoqlar ham Xiva xonligining fuqarolari singari o'sha davrdagi xonlikda mavjud soliqlarni to'lab, majburiyatlarni bajarganlar. Aholidan yer solig'i —
Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling