1 Sut sanoati


Download 141.2 Kb.
bet1/6
Sana14.03.2023
Hajmi141.2 Kb.
#1267301
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi (4)

Kirish
. Sut sanoati tarkibiga sariyogʻ, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq sut, sut konservalari, pishloq (sir), tvorog , brinza, muzqaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Oʻzbekistonda 20-asrning 20y.lari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qagʻanoq, pishloq, qurt kabi mahsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyogʻ tayyorlangan.


Oʻzbekistonda birinchi sut zavodi 1928-yilda Toshkent shahrida ishga tushirilgan. 1940y.ga kelib respublikaning yirik shaharlarida qurilgan 13 ta sut zavodi ishladi (ularda 30,4 ming t sut qayta ishlangan va asosan yogi olinmagan sutqatiq mahsulotlari, sariyogʻ ishlab chiqarilgan). 50y.lar oxiriga kelib sut zavodlari soni 25 taga yetdi (293 ta sut qabul kilish punktlari tashkil etildi), ularning 21 tasida bugʻxonalar kurildi. 1960—70 yillarda Termiz (1961), Andijon (1962), Urganch (1964), Navoiy (1965), Gʻazalkent (1966), Namangan (1966), Xoʻjayli (1968), Jizzax (1969) sh.larida zamonaviy sut zavodlari ishga tushirildi. 1974-yilda Toshkentda bir smenada 150 t sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan sut k-ti foydalanishga topshirildi. 1975—85 yillarda bir kechakunduzda 50—30 t sutni kayta ishlaydigan Fargʻona, Qoʻqon, Angren, Olmaliq, Guliston, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Chirchiq sh.larida sut ktlari ishga tushirildi.
Sut zavodlari smetana, qaymoq, pishloq va sutni butilkalarga quyish avtomat liniyalari bilan jihozlandi.

Reja:
1 Sut sanoati


2 Sutning kimyoviy tarkibi
3 Sutni qayta ishlash jarayoni
4 Sutning navlari

Sut sanoati — sutdan turli sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan oziqovqat sanoati tarmogʻi. Sut sanoati tarkibiga sariyogʻ, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq sut, sut konservalari, pishloq (sir), tvorog , brinza, muzqaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Oʻzbekistonda 20-asrning 20y.lari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qagʻanoq, pishloq, qurt kabi mahsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyogʻ tayyorlangan. Oʻzbekistonda birinchi sut zavodi 1928-yilda Toshkent shahrida ishga tushirilgan. 1940y.ga kelib respublikaning yirik shaharlarida qurilgan 13 ta sut zavodi ishladi (ularda 30,4 ming t sut qayta ishlangan va asosan yogi olinmagan sutqatiq mahsulotlari, sariyogʻ ishlab chiqarilgan). 50y.lar oxiriga kelib sut zavodlari soni 25 taga yetdi (293 ta sut qabul kilish punktlari tashkil etildi), ularning 21 tasida bugʻxonalar kurildi. 1960—70 yillarda Termiz (1961), Andijon (1962), Urganch (1964), Navoiy (1965), Gʻazalkent (1966), Namangan (1966), Xoʻjayli (1968), Jizzax (1969) sh.larida zamonaviy sut zavodlari ishga tushirildi. 1974-yilda Toshkentda bir smenada 150 t sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan sut k-ti foydalanishga topshirildi. 1975—85 yillarda bir kechakunduzda 50—30 t sutni kayta ishlaydigan Fargʻona, Qoʻqon, Angren, Olmaliq, Guliston, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Chirchiq sh.larida sut ishga tushirildi.
Sut zavodlari smetana, qaymoq, pishloq va sutni butilkalarga quyish avtomat liniyalari bilan jihozlandi, 156 separator boʻlimlari qurildi.
Sut sanoati korxonalarida kichik yoshdagi bolalar uchun sut mahsulotlari, buzoklarni boqish uchun sunʼiy sut ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyildi. 1990-yilga kelib Oʻzbekiston Seda 684,1 ming tona yogʻi olinmagan sut va sut mahsulotlari, 15,9 ming tona sariyogʻ, 2,1 ming tona qattiq va yumshoq pishloq, 20,7 ming tona yogeiz sut mahsulotlari, 8,2 ming tona muzqaymoq ishlab chiqariddi.
90y.lardan boshlab Sut sanoati korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, xorijiy texnologiyalar,1 qadoqlash avtomatlari bilan jixozlash amalga oshirildi, chet el firmalari bilan hamkorlikda kaymoq, kazein, yogurt kabi mahsulotlar ishlab chiqaradigan, quvvati 10 tGʻsutka boʻlgan 15 mini zavodlar barpo etildi, qoʻshma korxonalar kurildi. "Buxorosut", "Fargʻonasut" aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi, "Bravosut" (Samarqand sh.), Oʻzbekiston — "Nestle" (Namangan sh.), Toshkent shahrida "Vimm Bill Dann — Markaziy Osiyo" (Rossiya — Oʻzbekiston) qoʻshma korxonalari shular jumlasidandir.
1993-yilda Respublika goʻsht va sut sanoati vazirligi, qoramollarni boʻrdoqiga boqish birlashmalari negizida "Oʻzgoʻshtsutsanoat" birlashmasi tashkil etildi.
Respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 4,03 mln. tona sut ishlab chiqarildi (uning 96% dehqon xoʻjaliklarida yetishtirildi), 790 t sariyogʻ, 6,3 ming t sut va sut mahsulotlari, 2715 tona muzkaymoq tayyorlandi (2003). 2003-yil dek.dan toʻliq xususiylashtirilgan Sut sanoati korxonalarini birlashtiradigan "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasi tarkibida 40 dan ortiq sutni qayta ishlash korxonalari ishlaydi. Ularning ishlab chiqarish. kuvvatlari bir smenada 1067,7 t sutni kayta ishlash, 25 t sariyogʻ, 11,8 t sir, 20,8 t muzqaymoq, 15 t yogʻi olingan quruq sut va boshqalarni tashkil etadi (2004). Sut sanoati korxonalari zamonaviy pasterlash, sterilizatsiyalash, sovutish, bugʻlash, mahsulotni qadoqlash uskunalari bilan jihozlangan, avtorefrijiratorlar, sut va boshqa mahsulotlarni tashiydigan avtomobillarga ega.
Ovqatga ishlatish uchun asosan sigir sutidan foydalaniladi. Aholi tomonidan isteʼmol qilinadigan sutning 95 %ga yaqinini sigir suti tashkil etadi. Shu munosabat bilan, asosan sutning shu turi haqida so‘z yuritamiz.
Sut to‘g‘risida, hozirgi kunga qadar to‘plab kelingan katta hajmdagi ilmiy va amaliy bilimlar odamzod uchun bebaho qiymatga ega bo‘lgan shu boylikni munosib ravishda qadrlashga imkon beradi.
Zamonaviy ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, sutda 200 dan ortiq har xil tarkibiy qismlar bor va qulay tarzda muvozanatlashgan 20 ta aminokislota, 147 tadan ortiq yog‘ kislotalari, sut qandi yaʼni laktoza, turli xil mineral moddalar, mikroelementlar, hozir maʼlum bo‘lgan vitaminlarning barcha turlari, pigmentlar, fosfatidlar, sterinlar, fermentlar, gormonlar va normal hayot faoliyatini saqlab borish uchun organizmga zarur bo‘lgan boshqa moddalar shular jumlasidandir.
Sut mineral moddalar kalsiy, kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir va h.k. lar tuzlaridan iborat bo‘ladi. Ularning hammasi kishi organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Sutdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kishi organizmida deyarli to‘la hazm bo‘ladi. Bir litr sut taxminan 670 kkal beradi. Sutning tarkibi doim bir xil bo‘lmaydi va ular sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog‘ilishi davrining davomiyligiga va boshqa sababiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillardan eng asosiysi – chorvaning boqilishi va nasli hisoblanadi. Yaxshi boqim sut sog‘imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi.
Sut tez buziluvchan mahsulot hisoblanadi. Ko‘pincha, sut bakteriyalar taʼsirida buziladi. Sut kislotasining haqiqiy bakteriyalari (streptokokk, bolgarskaya palochka , atsidofilnaya palochka ) sut kislotasi mahsulotlari tayorlashda qo‘llaniladi. Savdoga keltirilgan sigir suti termik ishlov berilishiga ko‘ra pasterizatsiy, sterilizatsiya qilingan, qaynatib, pishirilgan, tarkibiga ko‘ra esa yog‘i olinmagan (meʼyorlashtirilgan va qayta tiklangan ), seryog‘, yog‘sizlantirilgan oqsil moddali, vitaminlashtirilgan, ionitli, yog‘i olinmay kofe yoki kakao qo‘shilgan holatda bo‘ladi.
Pasterizatsiya qilingan sut kasal tug‘diruvchi mikroorganizmlarni yo‘qotish va saqlaganda turg‘unligini oshirish maqsadida 65-85 gradus haroratda termik ishlov berilgan sutdir; yog‘i olinmagan, yog‘sizlantirilgan va seryog‘ sutlar pasterizatsiya qilinadi.
Sterilizatsiya qilingan sut o‘zining tarkibiga ko‘ra pasterizatsiya qilingan sutdan farq qilmaydi. Sterilizatsiya jarayoni avtoklavlarda 103-104 dan 118-123 gradus gacha bo‘lgan haroratdagi bosim bilan o‘tkaziladi; bunda hamma mikroblar va ularning sporalari o‘ladi. Bunday sutni uy sharoitida 10-15 kun saqlash mumkin bo‘ladi.
Qaynatib pishirilgan sut yog‘liligi 6 foiz , yog‘i olinmagan sutdan tayyorlanadi. U 80-85 gradus haroratda 4 soat yoki 90-95 gradus haroratda 2-3 soat mobaynida saqlanadi. Meʼyorlashtirilgan sut – tabiiy sutni yog‘sizlantirish yoki qaymoq qo‘shish yo‘li bilan tarkibidagi yog‘ 3,2 foiz ga yetkazilgan sutdir.
Pasterizatsiyalangan sut keng assortimentida ishlab chiqilib, o‘zaro kimyoviy tarkibi, pasterizatsiya rejimlari va turli to‘ldiruvchilarni qo‘shilganligi va qo‘shilmaganligi bilan farq qiladi. Pasterizatsiyalangan sut turlari ko‘pligiga qaramasdan hamma sut turlari uchun bir xil bo‘lgan operatsiyalari mavjud. Pasterlangan sutlarni sifati va oziqaviy to‘laqonligi boshlang‘ich xom ashyo sifati bilan belgilanadi.
Pasterizatsiyalangan sut ishlab chiqarishda GOST 13264-88 ko‘ra II navdan past bo‘lmagan sut , achchiqligi 19 T ortiq bo‘lmagan yog‘siz sut va paxta; yog‘ligi 30% va achchiqligi 16 T dan yuqori bo‘lmagan qaymoq; purkash usulida quritilgan quruq sut, paxta va qaymoq, quyultirilgan yog‘siz sut va ichimlik suvi ishlatiladi.

  • Yog‘siz sut ishlab chiqarishda quyidagi xom ashyolar ishlatiladi:

  • Kislotaligi 19 T dan yuqori bo‘lmagan yog‘siz sut;

  • Purkash usulida olingan quritilgan yog‘siz sut;

  • Pasterlangan sut olishda foydalaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar amaldagi standart va texnik shartlar talablariga mos kelishi kerak.

Pasterizatsiyalangan sut – natural xom ashyodan ishlab chiqarilganda sifat bo‘yicha tanlab olingan sut undagi yog‘ va quruq moddalar miqdorini standart talablariga yetkazish maqsadida normallashtiriladi.
Sterillangan sut – tarkibiga ko‘ra pasterlangan sutdan farq qilmaydi. Sterillash jarayoni avtoklavlarda 103-104 dan 118-123 gradusgacha bo‘lgan haroratdagi bosim bilan o‘tkaziladi; bunda hamma mikroblar va ularning sporalari o‘ladi. Bunday sutni uy sharoitida 10-15 kun saqlash mumkin bo‘ladi.
Meyorlashtirilgan sut – tabiiy sutni yog‘sizlantirish yoki qaymoq qo‘shish yo‘li bilan tarkibidagi yog‘ miqdorini 3,2 foizga yetkazilgan sut.
Qayta tiklangan sut – yog‘i olinmagan yoki yog‘sizlantirilgan quruq sut, shuningdek, qand qo‘shilmay quyultirilgan sutdan tayyorlanadi. Quruq sut suvda eritiladi va oqsillar bukishi uchun qo‘yib turiladi. So‘ngra filtirlanadi, gomogenizatsiyalanadi va sovutiladi. Qayta tiklangan sut tarkibida 3,2 foiz yog‘ bo‘ladi.

Download 141.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling