1. Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda so‘rovnoma qaysi hujjatlar ilova qilinadi?
Tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi to‘g‘risidagi qarori – davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun;
topshirish dalolatnomasi – qo‘shib yuborilganda;
taqsimlash balansi – bo‘lishda va ajratib chiqarishda.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori.
2. Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda so‘rovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar qaysi formatda va qancha o‘lchamda bo‘lishi kerak?
Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda so‘rovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar PDF formatida va har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi kerak.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori.
3. Tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar joylashgan joyining (pochta manzilining) o‘zgarishini qancha muddat mobaynida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi) shart?
Tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar joylashgan joyining (pochta manzilining) o‘zgarishini manzil o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi shart.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori.
4. Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turgan fuqaroning o‘rtacha oylik daromadi miqdori qancha bo‘lishi lozim?
Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turgan fuqaroning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lishi lozim.
5. Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma olish qancha qancha miqdorda yig‘im undiriladi?
Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |