1. Temur va uning sulolasi davrida O’rta asr haqiqiy me’morchiligi O’rta Osiyo san’atining yangi bosqichi
Download 20.6 Kb.
|
Amir Temur davri me’morchiligi.
Mavzu: Amir Temur davri me’morchiligi. REJA: 1. Temur va uning sulolasi davrida 2. O’rta asr haqiqiy me’morchiligi 3.O’rta Osiyo san’atining yangi bosqichi 1. Temur va uning sulolasi davrida Chingizxon barpo qilgan imperiya XII asr oxirlariga kelib qator mustaqil, bir-biriga aloqasi bo’lmagan davlatlarga ajrala boshladi. Buning ustiga Chingizxon vorislari tomonidan taxt uchun bo’lgan kurashlar ham bu davlat qudratini susaytira boshlagan edi. Ana shu davrda O’rta Osiyoda yangi hukmdor Amir Temur maydonga chiqa boshladi. Temur o’z mavqeini mustahkamlab borib, 1370 yili butun Mavorounnahrni egalladi va Samarqand shahrini o’z saltanatining poytaxti etib tayinladi. Asta-sekin bu davlat kengayib O’rta Sharqda yirik davlatga aylandi. Bu davlat Temur davlati nomi bilan tarixga kirdi. Temur va uning sulolasi davrida O’rta Sharqda fan, san’at va madaniyat rivoj topdi. Shu davrda ajoyib saroylar, masjid va madrasalar, koshinkor maqbaralar qurildi. Buyuk olimu-fozillar bu davlat shuhratini olamga tanitdilar. Buyuk Ulug’bek, Alisher Navoiy, Abdurahon Jomiy, Kamoliddin Behzod kabi olimlar, shoirlar va miniatyura ijodkorlari shu davrda yashab ijod qildilar. Kitobat san’atida yangi kashfiyotlar, ya’ni kitob muqovasini relefli bo’rtma shakl va tasvirli ishlash yuzaga keldi. Keyinchalik O’rta Sharq kitobatida keng o’rin egalladi. Amaliy bezak san’ati nihoyatda keng rivojlandi. Bronza, kumush va oltindan quyma idishlar yasash borasida katta muvaffaqiyatga erishdilar. Ayniqsa, kumush va oltindan nafis buyumlar yasash keng rivojda bo’lib, saroy ahli talabiga javob berdi. Shu xususda ispan elchisi Klavixo Temur saroyida bo’lganida oltin va kumushdan ishlangan buyumlarning ko’pligi, Temurning oltin taxti va stoli, uning dam oladigan xonasida oltindan va qimmatbaho toshlar bilan ishlangan daraxt, undagi mevalar, daraxtda qo’nib turgan ajoyib qushchalar bo’lganligini yozib qoldirgan. Temuriylar davrida an’anaviy me’morchilik shakl va uslublarini qayta ko’rib chiqildi. Ayniqsa, me’morchilik yodgorliklarini rangli koshinlar bilan boyishi katta badiiy-estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta rangli bezak O’rta Osiyo an’anaviy me’morchiligining ham ajralmas qismi bo’lgan. Lekin XIV asrga kelib bino ichki va tashqi pardozida bu uslub alohida o’rinni egallay boshladi. Sirli sopol taxtachalardan ishlangan rangli naqshlar, XIV asr oxiridan keng tarqala boshlagan o’yma sirli naqshlar amalga tadbiq etilishi O’rta Sharq xalqlari ijodiy tafakkurining katta yutug’i bo’ldi. O’rta Osiyo me’morchiligidagi bu o’zgarishlar ilk bor Qo’hna Urganchdagi To’rabekxonim maqbarasida namoyon bo’lgan edi. Xorazm ustalari yaratgan bu ajoyib yodgorlik an’analari keyinroq Temur farmoyishi bilan Samarqand saltanatining boshqa yerlarida keng foydalanilgan. Va bu ishlar uchun Xorazm ustalari jalb etilgan. XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqandda katta qurilish ishlari olib borilgan. Temur davrida shahar va shahardan tashqarida saroylar qurish, istirohat bog’lari yaratish keng tus oldi. Temur nafaqat o’z ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandda balki o’z mamlakatining boshqa shaharlarida ham qator hashamatli binolar qurdirdi. Jumladan, Tabrizda machit, Sherozda saroy, Bag’dodda madrasa, Turkistonda maqbara qurdirganligi shuning isbotidir. Temur davrida ulug’vor machitlar barpo etilgan bo’lib, 1399-1402 yillarda bunyod etilgan Bibixonim jome’ machiti shular jumlasidandir. Amir Temurning farmoniga binoan masjid tarhi (plani) ishlangan va 1399 yili bo’lajak machitning poydevoriga birinchi g’isht qo’yilgan. Qurilishda Ozarbayjon, Hindiston va Erondan kelgan 200 dan ortiq usta, 500 dan ortiq tosh kesuvchi mehnat qilgan. Qurilishda 95 ta fil ham ishtirok etgan. Qurilish ishlari avjiga chiqqan payitda Amir Temur safarga jo’nab ketadi. Oradan ancha vaqt o’tib, qaytganida machit deyarli bitgan edi. Lekin Temur bu qurilishdan ko’ngli to’lmaydi. G’azablangan Temur bosh me’mor Jalodiddin Mahmud Ibn Dovudni qatl ettiradi va masjidni qaytadan qurishni buyuradi. Shundan so’ng machit peshtoqi qaytadan qurilib, keng ko’rinishga ega bo’lgan. Bibixonim machiti katta to’rtburchak shaklidagi maydonni egallagan, uning atrofi esa devor bilan o’rab chiqilgan. To’rt burchagida minoralar qurilgan. Machit sharqqa qaragan juda katta peshtoqli darvoza bilan boshlanadi. Machit chor hovlisi atrofi ustunli ochiq ayvonlar bilan o’ralgan, ikki yon tomoni va o’rtasida uncha katta bo’lmagan peshtoq - gumbazli binolar qurilgan. Hovlining ichkarisida esa 40 metrli peshtoq va uning burchaklarida esa qirrali minora ishlangan. Shu peshtoq bilan machitni asosiy "muqaddas" yarim sferik gumbazli binosi boshlanadi. Machit ichki va tashqi tomonini bezagiga alohida e’tibor berilgan. Sirli koshinlar bilan bezatilgan, bino dekorasiyasida ko’k va sarg’ish, yashil rang keng o’rinni egallaydi. Ayniqsa, moviy rang butun bino koloritida hukmronlik qilib, uning yaxlit va ulug’vorligini ta’minlab go’yo uni cheksiz falak bilan musobaqalashayotgandek qilib ko’rsatadi. Qurilishda Sharq va G’arbning ustayu-naqqoshlari, me’moru-toshtaroshlari ishtirok etganligi yozma manbalardan ma’lum. Download 20.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling