1. Tevarak-atrof bilan anishtirishning ahamiyati. Mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni


Download 21.69 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi21.69 Kb.
#1353999
  1   2   3
Bog'liq
3 maruza


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borishning mazmuni
Reja:
1.Tevarak-atrof bilan anishtirishning ahamiyati.
2.MTTda lug’at ishining vazifalari va mazmuni.
3.Bolalar tomonidan lug’atni o’zlashtirish xususiyatlari.

Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash bolalar bog'chasi tarbiyachilarining oldiga qo'yilgan eng muhim vazifalardan biridir.' Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari juda tez o'sib boradi.


-Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo'lga qo'yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga bo'lgan qiziqishini o'stiradi."
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga axloqiy tar­biya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning so'z boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda flkrni grammatik nuq-tayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlashga doir ishlarning mazmuni hamda ko'lami bolalarning yosh xususiyatlariga bog'liq bo'lib, bu bolalar bog'chasining har bir guruhi uchun tarbiya dasturida alohida belgilab berilgan.
Bola nutqining taraqqiyoti lining atrofidagi odanilar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog'liq bo'ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma'lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzu-sida bayon ctilgan fikrlar), yangi tug'ilgan chaqaloqlar yig'lash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og'rishi yoki issiqlash va hoka-zolarga) javob beradi. Bola 2 — 3 oylik bo'lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g'ala-g'ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi. Bu esa 2 — 3 oylik bolaning rivojlanishiga xos bo'Igan so'zni ifodalaydi, ya'ni katta kishilar bilan aloqa qilish istagi vujudga kclganligidan dalolat beradi. Bola 5 — 6 oylik bo'l­ganda yengil talaffuz etiladigan tovushlarni birlashtirib, so'z chiqaradigan bo'ladi, 8 — 9 oyligida aytilgan buyumlarni ko'zi bilan qidirib, uni topadi va qo'H bilan ko'rsatadi yoki olib keladi. Bola bir yoshga to'lay deb qolganda o'nga yaqin so'zni talaffuz eta oladi. Bolalarning yoshi o'sgan sari ko'p narsalarga qiziqadi, o'zi bilmagan narsalarni bilib olishga intiladi. Bola bir yarim yoshga to'Iganda lining lug'atidagi so'zlar miqdori 20 — 30 taga yetadi. Bu so'zlar o'ziga tanish bo'Igan kishilar: aya, dada, nanna, buvi, hobo, amma, xola, opa; hayvonlar: vov-vov, miyov-miyov, mu-mu, go-go; ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan so'zlar: ma, ol, ber va hokazolar. Bolalar tafakkurining rivojlanish xususiyatlari ularning lug'at boyligini belgilab beradi. Ya'ni bolalardagi ko'rsatma-ta'sirchan va ko'rsatma-obrazli tafakkur ularning lug'atida buyumlar, hodisaiar, sifatlarning nomlarini bildiruvchi so'zlarning ortib borishiga ijobiy fa'sir ko'rsatadi. Bolalarda faol va sust lug'at mavjud bo'lib, faol lug'at orqafi so'zlovchining so'zlarini (gaplarini) tushunibgina qolmay, balki o'z nutqida turli xil faoliyatga oid so'zlarni ham ishlatish mumkin bo'ladi. Sust lug'atga ega bo'lgan bola esa so'zlovchining so'zlarini tushunadi, tinglaydi, ammo o'zi gapirmaydi.
Bola bir yoshga to'lganda faol lug'ati tez o'sadi. Bola aytadigan so'zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so'zlarni bilib olishida katta aharniyat kasb etadi. Endi u kattalarning so'zlariga ongli ravishda, lining ma'nosiga tushunib taqlid qila boshlaydi. Ikki yoshga kirganda uning nutqi ma'noli bo'la boshlaydi. Narsalarni o'z nomi bilan atay boshlaydi. Chunonchi, vov-vov kuchuk, miyov-miyov — mushuk, chiq-chiq soat va hokazolar. Endi bola „Bu nima?, Nomi nima?" degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning o'ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya'ni so'z) o'rtasida yangi bog'lanishlar paydo bo'lganligidan dalolatdir.
Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi so'zlarni ko'proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi so'zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to'lgan bolaning so'z boyligi 250 — 300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo'yishi bilan uning lug'atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi orqada, yuqorida, pastda, yonda kabi ba'zi so'zlar paydo bo'la boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilar-ning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo'ladi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik she'rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi so'zlarni o'zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga to'lgan bola­ning lug'at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so'z miqdori 3 — 3,5 mingtagacha yetadi. Demak, bog'cha yoshi­dagi davrda uning so'z boyligi juda tez ortadi. Bog'cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi so'zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masa-lan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so'z boyligiga ega bo'lib, ayrim tovushlarni (r-1, sh-s, j-z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar. Bog'cha yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning ko'pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar, so'zlarni gaplar tarkibida to'g'ri qo'llab, to'g'ri jumlalar tuza oladilar. Ammo bog'cha yoshidagi bolalarning hammasida ham so'z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo'lmaydi. So'z to'plamining bir xil miqdorda bo'lishi bola tarbiyalanayotgan oila sharoitiga, oila a'zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta'siriga bog'liqdir. Ba'zi oilalarda bola nutqining o'sishi bilan maxsus shug'ullanadilar, ya'ni ularga yangi-yangi buyumlarni ko'rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli ish-harakatlarni bajarib ko'rsatadilar, bolaning sanoqsiz savollariga erinmay javob beradilar, o'zlari bilan ko'chaga aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan suhbatlashadilar, kichik-kichik she'rlar, hikoya va ertaklar o'qib bera­dilar va hokazo. Bunday sharoitda tarbiyalanayotgan bolalar lug'ati talab etilgan so'z miqdoriga ega bo'ladi. Ular kelgusi faoiiyatga (maktab va undan keyingi faoiiyatga) tayyor bo'Iishadi, ya'ni yetarli so'z miqdoriga, nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega bo'Iishadi. Ba'zi oilalarda esa bola nutqining o'sishiga e'tibor bcrilmaydi. Ana shuning natijasida bog'cha yoshidagi bo­lalar so'z boyligi o'rtasida sezilarli farq ko'zga yaqqol tashlanadi, tovush tarkibi; MTTda lug'at ishi — bu bolalarning faol lug'atini ularga notanish yoki qiyin so'zlar hisobiga rejali kengaytirishdir. Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning lug'atini kengaytirish bir vaqtning o'zida tevarak-atrofdagi voqelik bilan tanishtirish va unga to'g'ri munosabatda bo'Iishni tarbiyalash bilan qo'shib olib boriladi.
Biz o'z fikrlarimizni gap orqali ifodalaymiz. Gap so'zlardan tuziladi. So'z esa tilning qurilish materialidir. Shuning uchun ham so'zni bilmay turib, tilni bilish mumkin cnias. Nutqimizda ishlatiladigan so'zlarning hammasi tilimizning lug'at boyligini, ya'ni leksikasini tashkil etadi. Leksika so'zi yunoncha leksis so'zidan olingan bo'lib, u so'z degan ma'noni bildiradi.
Har bir so'zda quyidagilar muhim ahamiyatga ega: 1) uning ahamiyati yoki ma'nosi; 2) so'zning uning morfologik tuzilishi. Bolalar bilan lug'at ishini tashkil etganda so'zning mana shu uchta tomoniga e'tibor berish kerak.
Bolalar bog'chasida lug'at ishining aniq vazifalari bolalarni predmetlarning qismlarini, ranglarini, hajmini farqlashga o'rgatishdan iborat. Shu asosda gavda qismlarini (bosh, qo'llar, oyoqlar, burun, og'iz, ko'zlar va hokazo), hajmni (katta, kichik) va ranglarni (qizil, sariq, ko'k, yashil) bildiruvchi so'zlar bolaning lug'atiga kiritiladi.
Avvalo, tarbiyachi-pedagogning o’zi bolalar bilan sof adabiy til qoidalariga rioya qilib so’zlashishi lozim. Buning uchun o’zbek tili lug’atini muntazam tarzda o’rganib borishi, adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda gapirishi, o’qib berishi yoki hikoya qilishi, buyumlar, jonli va jonsiz tabiat hodisalari, o’simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati, ijtimoiy hayot hodisalari va hokazolar uchun lug’atchalar tuzishi kerak.

Download 21.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling