1. Traktor va avtomobillarniig yurish qismning ko’rsatkichlari. Yurish qismining asosiy elementlari va ularning vazifasi. Rul boshqarmasi
Download 293.5 Kb.
|
1404221948 52118
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tormozlash sistemasi.
Traktor va avtomobillarning yurish qismi va boshqarish mexanizmlari Reja: 1. Traktor va avtomobillarniig yurish qismning ko’rsatkichlari. 2. Yurish qismining asosiy elementlari va ularning vazifasi. 3. Rul boshqarmasi. 4. Tormozlash sistemasi. O’tag’onlik avtotraktorlardan samarali foydaianish imkoniyati aniqlaydigan asosiy sifatlardan biridir. Avtomobilning o’tag’onligi deb, uning yuk bilan va yuksiz har xil qoplama yo’llar va boshqa joylarda harakatlanish qobiliyati tushuniiadi. O’tag’onlikni ifodalovchi ko’rsatgichlarga : tortish, ishlash sifati, g’ildirak yoki gusenisaning tuproqga solishtirma bosimi, traktoming qator oralarida yurishidagi-himoya zonalari, koleya va ish tirqishi kiradi. Vertikal yo'l tirqishi deb, avtotraktorning oldi va orqa ko’priklarining eng quyi nuqtasining yo'1 (tuproq) betigacha bo’lgan oraliqga aytiladi. Agrotexnik tirqish deb, o’simlikka zarar keltirmasdan o’tadigan masofaga aytiladi. Koleya deb, shina yoki gusenisa bo’ylama o’qlari orasidagi-masofaga aytiladi. Avtomobil va traktorlarning. yurishida tashqi va ichki qo’zg’atish kuchlari ta'siridan tebranish hosil bo’ladi. Avtokranlarda tebranisli va dirillashlarni yutish xususiyati uniyag yurish ravonligi bilan xarakterlanadi. Yurish ravonligi asosan yo'1 notekisligi mexanizmlarning notekis aylanishi va boshqa faktorlardan hosil bo’ladi. Bu esa o’z navbatida odam jismoniy ahvoli va sog’ligiga, tashiladigan yukning yaxshi saqlanishiga ta'sir qiladi. Hosil bo’ladigan tebranishlarni yo’qotish yoki kamaytirish uchun amortizatorlardan, ressorlardan, prujinalardan, pnevmatik shinalardan foydalaniladi. 2. Avtokranlarning yurish qismi ularning og’irligini tayanch yuzaga uzatadi va yurgizadi. Yurish qismi: ko’taruvchi sistemalar, g’ildiraklar va osmalardan iborat. Ko’taruvchi sistema avtotraktor asosi bo’lib, unga traktorga ta'sir qiluvcbii barcha agregatlar mahkamlanadi. Traktorlar uch tipdagi ko’taruvchi sistemaga ega: ramali, yarim ramali va ramasiz. Ramali ko’taruvchi sistema ikkita bo’ylama joylashgan balkadan iborat payvandlangan va parchinlangan rama bo’lib, har xil profilli quyma brus balkalar bilan mahkamlangan (T-150, DT-75M, T-74, K-701), Yarim ramali ko’taruachi sistema transmissiya agregatlari quyma korpuslarini biriktirib va dvigatel o’rnatiladigan yarim ramalarini rnahkamlab hosil qiladi. (MTZ-80, T-40M, T-16M hamda gusenisali T-130A, T-YuOM, T-4A). Ramasiz ko’taruvchi sistema dvigatel karterlari bilan transmissiyaning mahkam biriktirilishidan tashkil topadi (VAZ, Volga). Osma ko’taruvchi sistemani yuritgich bilan birlashtiradi va traktorning ravok yurishini ta'minlaydi. Avtomobil osmalari avtomobil yurganda kuzovning vaziyatini rostlaydi. Osma: Yo’naltiruvchi qurilma, elastik elbdMent, .so’ndirish qurilmasi va amortizatordan iborat. Yo’naltiruvchi qurilina avtomobil (traktor) ko’taruvchi snstemasiga nisbatan g’ildirakning (gusenisa yuritgichning) siljish xarakterini aniqlaydi. Osma elastik elementi avtomobil (traktor)ga ta'sir qiladigari dinamik nagruzkalarni kamaytiradi. Sundirish qurilmasi avtomobil .(traktor) kuzovi (ko’taruvchi sistema) va g’ildiraklari (yuritkichlari) tebranishlarini kerakligicha so’ndirishini ga'minlaydi. Amortizatorlar avtomobil kuzovi tebranishlarini so’ndirishni tezlashish uchun xizmat qiladi. Amortizatorning ishlash prinsipi, kalibrlangan -teshik orqali o’tayotgai suyuqlik qarshiligining amortizator qo’zg’aluvchan qismi harakatini sekinlashtirishga mo’ljallangan. Amortizatorlar bir tomonlama va ikki tomonlama ishlaydigan bo’lishi mumkin. Ikki tomonlama ishlaydigan gidravlik amortizatorlar eng ko’p tarqalgan. Amortizatorlar konstruksiya alomatlari bo’yicha richagli va teleskopli bo’ladilar. . Download 293.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling