Eritmalarning bug’ bosimi Reja: Eritmalarning bug’ bosimi F. Raulning birinchi qonuni


Download 26.13 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi26.13 Kb.
#1355862
  1   2   3
Bog'liq
gidro mustaqil ish bunyod


Eritmalarning bug’ bosimi
Reja:
1. Eritmalarning bug’ bosimi
2. F. Raulning birinchi qonuni
3. Suyuqliklarning qaynash harorati bilan bog'liqligi
4. Qattiq moddalar
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar

Eritmaning bug’ bosimi

Har qanday suyuqlik va qattiq jism biror temperaturada ma‘lum bug’ bosimiga ega bo’ladi. Bu bosimni qattiq va suyuq modda, sirtidan bug’lanayotgan zarrachalar hosil qiladi. Bug’ bosimi barometrik nay yoki manometr yordamida o’lchanadi. Uchuvchan bo’lmagan, ya‘ni odatdagi temperaturada bug’ hosil qilmaydigan modda (masalan, qand, glyukoza) larning eritmalarining to’yingan bug’ bosimi hamma vaqt toza erituvchining to’yingan bug’ bosimidan kam bo’ladi. Buning sababi shundaki, suyuqlikda biror modda eritilganda, erigan modda va erituvchi molekulalari eritmaning sirt yuzasini ma‘lum tartibda egallaydi va satxdan faqat bug’lanuvchi suyuqlik molekulalarigina bug’ holga o’tadi. Erigan modda miqdori qancha ko’paysa erituvchining bug’ bosimi shuncha ko’p kamayadi, suyuqlikning bug’lanishi qiyinlashadi. Shuning uchun eritma sirtidan vaqt birligi ichida ajralib chiqadigan suv molekulalarining soni, toza suv sirtidan chiqadigan molekulalar soniga qaraganda oz bo’ladi. Shuning uchun:

P1 > p10

Bu yerda: р1 – eritma ustidagi bug’ bosimi;

Р10 – toza erituvchining bug’ bosimi.

Eritma bug’ bosimining toza erituvchi bug’ bosimiga qaraganda past bo’lishidan foydalanib, bir necha qonuniyatlar aniqlangan. Eritma bug’ bosimining pasayishi sababli, eritmaning muzlash temperaturasi sof erituvchining muzlash temperaturasidan past bo’ladi, uning qaynash temperaturasi esa sof erituvchinikidan yuqori bo’ladi. Eritmalarda bo’ladigan osmos hodisasi ham bug’ bosimining pasayishiga bog’liq. Bu to’rt hususiyat eritmalarning kolligativ hususiyati deb ataladi. Bu hususiyatlarni o’rganish juda katta ahamiyatga ega, chunki ularni aniqlash yo’li bilan erigan moddalarning molekulyar massasini hisoblab topish mumkin. Suyuqlik bilan muvozanatdaga bug’ning o’zgarmas haroratdagi bug’ning o’zgarmas haroratdagi bosimi suyuqlikning bug ‘ bosimi deyiladi. Suyuqlikning bug’ bosimi bilan tashqi atmosfera bosimi tenglashsa suyuqlik qaynaydi. Toza erituvchining bug’ bosimidan eritmaning bug’ bosimi doimo past bo’ladi. Eritmalarda zaryadlangan zarrachalar mavjudligini 1818 yilda t.grotgus 
aniqlagan. Shuning uchun eritmalar- dan elektr toki o’tadi. Moddalarning suvdagi 
eritmalari elektr tokini o’tkazishiga qarab ular elektrolitlar va elektrolit - maslarga ajratiladi. 
Suvdagi eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o ’tkazuvchi moddalar 
elektrolitlar deyiladi. Masalan, ko’pgina asos, kislota va tuzlar bunga misol bo’ladi. Suvdagi eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o ’tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deyiladi. Masalan, shakar va boshqa shular jumlasidandir. 


Download 26.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling