1 zaxarlanish va uning turlari zaxarlanish


Download 100 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi100 Kb.
#114614
Bog'liq
MAFUNAGA SLAYD UCHUN MATERIAL


1.1. ZAXARLANISH VA UNING TURLARI

Zaxarlanish — zaxarli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaxarlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bogʻliq, Odamlarda zaxarlanishning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir 3. tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali 3. zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan taʼsir etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador zaxarlanishlar kuzatiladi. Turmushda 3. kundalik hayotda uchrab turadi. Maye, pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan 3.; aynigan ovqat isteʼmol qilinganda 3. (qarang Ovqatdan zaharlanish); alkogoldan 3.; dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan 3. Dorilardan 3. ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, notoʻgʻri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq (qarang Idiosinkraziya). Kasbga aloqador 3. baʼzi korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan (mas, oʻzini yoki birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli taʼsir etadigan moddalar va dorilar notoʻgʻri saklanganda koʻpincha bolalar zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan zaxarlanishda badanda qatgiq ogʻriq seziladi, lab va ogʻiz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti ogʻriydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan boʻlsa, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogol dan zaxarlanishda mastlik, avval qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, soʻngra alahlash, yuzning boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi doril ar (morfin, barbital, fenobarbital va h.k.)dan zaxarlanishda mudrash, bosh aylanishi, quloq shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif boʻlishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod (P)oksid] va yoritish gazidan zaharlanish shu gazlarning nafas yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. 3. alomatlari xilmaxil boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bogʻliq.


1.2. KUCHLI TA'SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALAR BILAN ZAXARLANISH VA VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Xaql iste'moli mollarini ishlab chiqaruvchi ayrim korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan kuchli zaharlovchi moddalar zahiralari bo'lishi mumkin. Bunday inshootlardagi mazkur moddalar turli katta-kichik talafotlar tufayli yoki dushmanlar xatti-harakati oqibatlarida saqlanayotgan idishlaridan tashqi muhitga tushishi, kimyoviy ikqilamchi zaharlanish o'choqlarining vujudga kelishi va odamlar orasida sanitar yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin.

Bunday kimyoviy moddalar qatoriga xlor, ammiak, azot kislotasi va azot oksidlari, ftor va uning birikmalari, vodorod perekisi, gidrazin, aminobirikmalar kiradi.

Xlor moddasi jangovar maqsadlardan chetlashtirilgan bo'lsa ham, hozirgi paytlarda turli ishlab chiqarish korxonalarida xomashyo tariqasida ishlatiladi. Masalan, suvni yuqumli kasalliklar sababchilaridan - mikroblardan tozalovchi, xloramin kabi vositalarni ishlab chiqarishda as qotadi.

Xlor moddasi tashqi muhitga tushgach, xlorli bulutlarni hosil qilib, zichligi kattaroq bo'lgani bois yer bag'rilab tarqalib, barcha o'nqir-cho'nqirliklarni, yaxshilab berkitilmagan yerto'la-yu, berkinchoqlarga kirib ketadi.

Kam va o'rtacha miqdordagi xlor ko'zni achishtirib, og'riq paydo qiladi, to'sh suyagi ortida siquv sezgisi va og'riqni, tomoq qirilishini, ko'zyoshi oqishini, quruq og'ir yo'talni, ovoz payfari qisuvini keltirib chiqarishi mumkin.

Katta miqdordagi xlor hajmi tez fursatlarda o'pkalarning shishishiga sabab bo'ladi. Jarayon bo'g'uvchi moddalar bilan zaharlanganidek kechadi.

O'ta yuqori darajadagi xlor bug'lari sharoitiga tushib qolgan odam, qisqa vaqt ichida es-hushini yo'qotadi va nafasning barham topishi tufayliHayotdan ko'z yumadi.

Xlor bilan zaharlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam tariqasida ularga havotozalagich kiydirilishi va ularni xavfsiz toza havoli joylarga ko'chirish tavsiya etiladi.



Ammiak - qitiqlash-g'ashga tegish ta'siriga ega bo'lgan gaz bo'lib, bug'lanish jarayonida hosil bo'ladigan moddalarni so'rib olish maqsadida sovitgichli korxonalarda hamda azotli o'g'itlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ammiak ta'sirida kuchli ravishda qitiqlash alomatlari kelib chiqadi (nafas yo'llari kuchli ta'sirlanadi). Kam miqdorlarda burun shamollashining yengil alomatlariga sabab bo'ladi. Shikastlanish bronxlar bo'ylab tarqaladi. Jarayon 3-5 kun davom etadi.

Ammiak katta miqdorlarda kuchli yo'talni, ko'krak qafasi sohasida og'riq va siquv sezgisini, bronxlarni - tarqalgan yiringli yallig'lanishga sabab bo'ladi. Og'ir zaharlanganda nafas - tovush paylari taranglashib, qisiladi, o'pkalarning shamollashi va shishishi vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda markaziy nerv tizimi qo'zg'olib ketadi.

Ammiak moddasidan zaharlangan taqdirda, zaharlanganlarni tezda, zudlik bilan toza havoga olib chiqib. qisib turgan kiyim-kechaklardan forig' etish, kislorod berish tavsiya qilinadi. Ko'z shilliq qavati zararlangan paytlarda, uni yaxshilab, obdan suv bilan yuvish kerak. Tuzilmalar ammiakli sharoitlar vujudga kelib chiqqan sharoitlarda, havotozalagich va himoya kiyimlarida xizmat qilishlari lozim.

Azot kislotasi va azot oksidlari bilan zaxarlanish

Azot kislotasidan qishloq xo'jalik maqsadlarida azotli o'g'itlar (selitra) ishlab chiqarish, bo'yoq moddalarini tayyorlash jarayonlari, metallarni bo'yash, ayrim portlovchi moddalar (piroksilin), tutunsiz yonuvchi modda (porox) va raketalarning yonilg'i moddalarini ishlab chiqarish kabi sohalarda foydalaniladi. Bu birikmalar yorug'lik, chang, qizdirish va boshqa tashqi muhit omillari ta'sirida parchalanib, azotning dioksidini, -t-150°C harorat ta'sirida esa, azot oksidini hosil bo'lishiga olib keluvchi manbaa bo'lib xizmat qiladi.

Unutmaslik kerakki, azot kislotasi kuchli oksidlovchi moddalar qatoridan o'rin olgan. Azot kislotasi aytib o'tilgan hosilalariga nisbatan, 25 %gacha zaharining kuchliligi bilan ajralib turadi. Kishi tanasiga azot kislotasi birikmalari turli yo'llar bilan kirishi mumkin

(nafas yo'llari, teri va xazm qilish kanali orqali). Azot kislotasi va uning hosilalari hamda birikmalari mahalliy va umumiy salbiy ta'sir etish xususiyatlariga ega.

Mahalliy ta'siri teri orqali vujudga kelib chiqqanida, to'qimalardagi oqliklarni pishiradi (koagulyatsiya qiladi) va to'qimalardagi suv yo'qolib, quruq yashil-sariq rangli po'st hosil bo'ladi. Paydo bo'lgan po'stlar og'riqsiz kechadi, chunki azotli moddalar ta'sirida nerv uchlari ham nobud bo'Iishi namoyon bo'ladi. Shikastlangan qism terining so'rg'ich qavatiga ham tarqaladi. Natijada kimyoviy kuyish kelib chiqadi. Bu holat xuddi yuqori haroratlar ta'siridagi kuyish kabi xususiyatlarga ega. To'qimalarda ayni vaqtda tarkib o'zgarishlari paydo bo'ladi. Kuyish darajasiga ko'ra 4 xil bo'Iishi ko`zatiladi.

1-darajali kuyishda teri qizaradi (giperemiya), shishib ketadi va qattiq og'riydi.

2-darajali kuyishda pufaklar vujudga kelib chiqib, og'riq bezovta qiladi.

3-darajali kuyish vaqtida terining o'lishi - nekrozi namoyon bo'ladi, pufakchalar yoriladi, og'riq kamayadi, lekin teri qatlami chuqur shikastlanadi va qasmoq paydo bo'ladi.

4-darajali kuyish ro'y berganida kuyish jarayoni suyakkacha yetib borishi mumkin. Bunda tana harorati ko'tariladi. Peshob ajralishi dastavval kamayadi va keyinchalik to'xtaydi. Natijada septikotoksemiya, ya'ni zaharli moddalarning qonga singib. badan bo'ylab tarqalishiga olib keladi.

Azot kislotasining bug'lari va uning oksidlari nafas yo'llariga kirgan taqdirda tanada turli-tuman salbiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Masalan, azot oksidi bilan zaharlanganda yurak qon-tomirlari va markaziy nerv tizimi shikastlanadi. Azot dioksidi ta'sirida esa, o'pkalarda o'zgarishlar ro'y berib, ularning zaharlanish oqibatidagi shishishini ko`zatish mumkin. Azot kislotasining o'zi ta'sir etgan hollarda nafaqat hozirgina sanab o'tilgan shikastlanishlar, balki tananing u tushgan joylarida kuyish alomatlari paydo bo'lib, kuyish darajasiga ko'ra terining ustki qavatidan boshlab, to suyakkacha yetib borishi mumkin. Amaliyotda azot kislotasi va uning birikmalari ta'siridan vujudga kelgan zaharlanishlar majmua holida namoyon bo'lib, darajasiga ko'ra yengil, o'rtacha va og'ir xillarga ajratiladi.

Azotli moddalar bilan yengil shaklda zaharlangan paytlarda bo'ladigan o'zgarishlar asosan nafas yo'llarini zararlab, ko'pincha traxeya va bronxlarning yallig'lanish alomatlari bilan kechadi. Bunday hollarda odam go'yoki o'zini yo'qotib qo'yib, bosh aylanish, umumiy holsizlik, tez fursatda charchash kabi shikoyatlar bilan e'tiborni o'ziga tortadi. Zaharlanganlar dastavval quruq, keskin yo'talga mubtalo bo'lib, keyinchalik yo'tal kuchayadi, lekin ancha yumshoqroq bo'ladi. Shilliqli yoki shilliqli-yiringli balg'am ajralishi mumkin. Undan tashqari. ko'krak sohasida siquv sezgilari bezovta qiladi.

O'rtacha darajadagi zaharlanish vujudga kelib chiqqanida, ko'pincha bronx-o'pka yallig'lanishi belgilari ko'zga tashlanadi: umumiy holning izdan chiqishi, kuchli darajadagi ko'p balg'am ajralishi bilan namoyon bo'ladigan yo'tal. Bu paytda o'pkalar eshitilib ko'rilganda, turli xildagi xirillashlar: (mayda va o'rtacha) ho'l hamda quruq xirillashlar aniqlanadi.

Azot kislotasi va uning birikmalari bilan og'ir darajadagi zaharlanish yo`z berganida, o'pkalarning zahariy shishishi paydo bo'ladi. Bunday holat bo'g'uvchi xususiyatli kimyoviy zaharlovchi moddalar, ayniqsa fosgen va difosgen ta'sir etganida ko`zatiladi.

Zaharlovchi moddalar alveolalardagi havo va qon oqimi orasidagi pardalar- membranalarga, ya'ni kapillyarlar bilan alveolalar orasidagi devorlarga ta'sir etadi. Bunday hollarda, bir tomondan gazlarning qonga singishi (diffo`ziyasi) izdan chiqsa, ikkinchi tomondan esa, qonning tarkibiy qismlari kapillyarlardan alveolalarga sizib o'tadi va natijada kislorod bilan ko'mir kislotasi (uglekislota) orasida almashinuv jarayoni bo`ziladi.

Zaharlanishning klinik manzarasi tanaga azot kislotasi va uning birikmalari kirgan paytdan boshlab, tomoqning qichishi, ko'krak qafasi sohasida siquv, bosh aylanish seziladi. Keyinchalik bu belgilar barham topadi va odam o'zini nisbatan yaxshi seza boshlaydi. Shundan so'ng 4-8 soatcha o'tgach, o'pkalarning shishib ketganlik alomatlari yo`zaga kelib chiqadi. Dastavval kuchli nafas siquvi, nafas olish tezlashib (taxipnoe), yo`zaki bo'ladi, yo'tal tezda kuchayib, kasalning kechishi oldin rangsiz, so'ngra sarg'ish-pushti rangli (gemorragik) balg'am tashlash bilan ko'zga tashlanadi. Zaharlanganlarni umumiy bezovtalanish qiynaydi. Yo`z va qo'I-oyoqlar terisi ko'karib ketadi (ko'karish anoksemiyasi bosqichi). Vaqt o'tgach, ular o'limtik, kulrang tus oladi (kulrang anoksemiya bosqichi).

Og'ir hollarda o'pkalar shishi boshlanganidan bir-necha soat o'tgach, odam nobud bo'ladi. Ayrim hollarda o'pkalarning yallig'lanishi qo'shiladi yoki zararlanish o'pkalar skleroziga (o'pkalarda va bronxlar devorlarida biriktiruvchi to'qimaning rivojlanishi) aylanadi.

1-tibbiy yordam, zaharlanganlarga qisman sanitar ishlovini berib, ularga havotozalagichni kiydirib, tezlikda zararlangan joydan xavfsiz joyga ko'chirish amallarini bajarishdan iborat. Zararlangan joylarda xizmat qiluvchi tuzilmalarning o'zlari ham shikast topmasliklari maqsadida maxsus havotozalagichlar va himoya kiyimlarini kiyib, so'ng vazifalarini ado etishlari lozim.

Ftor va uning birikmalari. Bularga ftor zarrachasi, xlorning 3 ftorli xloridi, 5 ftorli xlor, ftoroksidi taalluqdi. Ularo'zigayarasha, yetarli darajada zaharli xususiyatlidir. Ular ta'siridan zaharlanish kelib chiqqanida, klinik manzara ko'p jihatlari bilan azot kislotasiniki kabi bo'ladi.

Ftor teriga ta'sir qilganida nekrotik o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Hosil bo'lgan yaralar azot kislotasi ta'siridan kelib chiqadigan yaralarga nisbatan chuqurroq bo'lishi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, terining qizarishi, teri, nafas yo'llari, hiqildoq, to'sh suyagi orqasida kuydiruvchi, sanchiqli og'riqlar ko`zatiladi. Mazkur o'zgarishlar 5-7 kundan so'ng o'tib ketadi.

Ftor birikmalari bilan zaharlanish darajasiga ko'ra yengil, o'rtacha va og'ir shakllarda namoyon bo'lishi mumkin.

Yengil darajada shikastlanganda burun, tanglay, hiqildoq, traxeya va bronxlarning yallig'lanish alomatlari ko'zga tashlanadi. Odamlar umumiy holsizlikdan shikoyat qilishadi. Arterial qon bosimi va qon tomirining urishi o'zgaruvchanliklari bilan ajralib turadi.

O'rtacha zaharlangan paytlarda bronxlar, o'pkalarning va hatto jigarning yallig'lanish belgilari e'tiborni tortadi.

Og'ir darajali zaharlanish chog'ida, o'pkaning zahariy shishishi rivoj topadi. Ayrim zaharlanganlarda tirishishlar, koma - chuqur uyqu holati rivojlanib, bu paytda odam hushsizlanib. tomir urishi juda ham tez va yo`zaki bo'lib qoladi; arterial qon bosimi va tanasining harorati pasayib ketadi, nafas olishi chuqur va yo`zaki bo'lib, rangi oqarib ketadi, atrof-muhitdagi omillar ta'siriga javob bermaydi. Koma, markaziy nerv tizimining chuqur shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi.

Dastlabki tibbiy yordam va tuzilmalarning ishlash qoidalari, xuddi azot kislotasi va uning birikmalari bilan zaharlangan paytdagi singari bo'ladi.

VODOROD PEROKSIDI BILAN ZAXARLANISH

Uning ta'sirida asosan qondagi qizil qon tanachalari - eritrotsitlarning yemirilishi - gemolizi ko`zatiladi. Qon tarkibiga o'tgan gemoglobin - qonga qizil rang beruvchi birikma, vodorod perekisi bilan jarayonga kirishishib.

metgemoglobin degan mahsulotni hosil qiladi. Natijada eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobinning asosiy vazifasi bo'lmish, kislorodni hujayralarga yetkazib bera olish qobiliyati barham topadi va tanada kislorod - gipoksiya yetishmaslik alomatlari vujudga keladi.

Perekis vodorod terini kuydiradi, ko'zning pardasini xiralashtirib. ko'r qilib qo'yishi mumkin. Uning bug'lari ta'siridan nafas yo'llari va o'pkalarda yallig'lanish belgilari paydo bo'ladi. O'pkalar shishi kelib chiqqanida, odamning ahvoli og'irlashadi.

Dastlabki tibbiy yordam, ftor va uning birikmalari bilan zaharlangandagi singari olib boriladi.

GIDRAZIN BILAN ZAXARLANISH

Gidrazin kuchli zaharlovchi modda bo'lib. tanaga nafas yo'llari va shilliq qavatlar orqali kiradi va markaziy nerv tizimida tinchlanish jarayoni izdan chiqadi, tirishishlar ko`zatiladi. Gidrazin ta'sirida zaharlanishlar o'tkir va surunkali bo'lishi mumkin. gidrazin bilan to'satdan zaharlanganda, klinik manzarasi 30-90 daqiqadan keyin boshlanib, nerv va yurak-qon tomirlar tizimlarida o'zgarishlar rivoj topadi. Shikastlanganlar bezovtalanib, mushaklar bo'shashib ketadi, klonik-tonik tirishishlar, boshning orqaga tortilishi (opistotonus), keyinchalik esa, parez va falajlar, yurak urishining kamayishi (bradikardiya), yurakda rux (impuls) o'tqazuv tizimida o`zilishlar (blokada) va kollopsimon holatlar paydo bo'ladi. Kollapsimon holatlarda zaharlanganlarda arterial qon tomirlarining yetishmasligi, yurak faoliyatining susayishi va arterial qon tomirlar quvvatining (tonusi) pasayishi sodir bo'ladi.

Surunkali shikastlanganda esa, asosan jigar faoliyatining izdan chiqishi va shilliq qavatlarning yallig'lanishi alomatlari ko`zatiladi.

1-tibbiy yordam - zaharlangan odamni qisqa vaqt ichida xavfsiz joyga ko'chirish va qisman sanitar ishlovini berishdan iborat. Ko'zlar toza suv bilan yuviladi.



AMINOBIRIKMALAR BILAN ZAXARLANISH

Ushbu birikmalar ikki guruhli bo'lib, alifatli va aromatli aminobirikmalardan iborat bo'ladi.

Alifatli aminobirikmalar teriga ta'sir etsa, dermatitlar, ko'zga tushganida esa, shilliq pardali yallig'lanishga olib boradi.

Ulardan zaharlanish belgilari nerv tizimi tomonidan rivoj topadi: dastavval qo'zg'olishlar, keyinchalik tinchlanishlar va koma holati paydo bo'ladi.

Nafas yo'llari orqali tanaga kirgan taqdirda yengil va o'rtacha darajadagi zaharlanish alomatlari vujudga keladi: ko'z va shilliq qavatlarda yallig'lanish, og'ir hollarda to'qimalarning o'lishi - nekrozi ko`zatiladi. Ko'rish qobiliyati pasayadi, kuchli qo'zg'olishlar, o'pkalarning yallig'lanishi va shishishi mumkin.

Aromatli aminobirikmaiarga anilin va ksilidinlar kiradi. Zaharlanish asosan uni bilmay ichib qo'yilganda va teriga ta'sir etganida ko`zatiladi.

Klinik manzarasi - terida ekzema (terida pufakchalar, infiltratsiya - teriga turli moddalarning shimilib to'planishi, namlikning barham topishi, qora-qo'tir va katta-kichik po'st paydo bo'Iishi), qonda -metgemoglobin (ko'karish-sianoz), gemolizli sariqlik va nerv tizimining izdan chiqishi namoyon bo'ladi.

Aromatli aminobirikmalar bilan zaharlanish 3 xil darajali bo'Iishi mumkin:

Yengil darajadagi zaharlanish paytida, bosh og'rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, ko'zga tashlanishi mumkin. Ko'karish unchalik bilinmaydi.

О 'rtacha darajadagi zaharlanish yo`z berganida, ko'karib ketish, xansirash, ko'ngil aynishi, u yoq, bu yoqqa chayqalib yurish e'tiborni tortadi.

Og'ir darajali zaharlanish ko`zatilsa, ko'karib ketish va xansirash zo'rayib ketadi, yurak urishi tezlashadi (taxikardiya), qo'1-oyoqlar mo`zlay boshlaydi, asabiy qo'zg'olishlar, es-hush barham topadi, qayt qilish paydo bo'ladi, ko'z qorachig'i kengayadi, pay reflekslari yo'qoladi. Ma'lum vaqt o'tgach, zaharli gepatit-jigar yallig'lanishi va buyraklar yallig'lanishi -nefritlar kelib chiqishi ko`zatiladi. Koma holati ham uchrashi mumkin.

Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish, zaharlanganlarni xavfsiz joyga ko'chirish, qisman sanitar ishlovini berishdan boshlanadi.



1.3. O’TKIR ZAHARLANISHDA BAKTERIYALI (BIOLOGIK) QUROL BILAN SHIKASTLASH TURLARI VA ULARNINIG XUSUSIYATLARI

Bakteriyali (biologik) qurol deganda, odamlar, qishloq xo'jaligi hayvonlari va o'simliklarni qirish maqsadida kasallik paydo qiluvchi, oddiy ko'z ilg'amas jonzotlar, mikroblar va ularning hayoti jarayonida hosil bo'ladigan zaharli moddalar - toksinlar va ularni mo'ljalga olingan nishonga eltib qo'yuvchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ularni ishlab chiqishdan maqsad, albatta urush orqali bir mamlakat ikkinchi mamlakatni o'ziga tobe etishidir. Masalaning mohiyatidan kelib chiqib, bunday urushni bakterial urush desa mubolag'a bo'lmaydi. Ammo, shuni aytib o'tish joyizki, bakterial urush xaqlaro huquq bo'yicha man etilgan urushlardan biri bo'lib tan olingan.

Bakteriologik qurol ommaviy qirg'in qurollaridan biri bo'lib, u boshqa qirg'in qurollaridan ko'pgina jihatlari bilan ajralib turadi. Ularga quyidagilar kiradi:

1)yuqumli kasalliklarni vujudga keltirish qobiliyati mavjudligi:

2) yuqori darajadagi ehtimoliy samarasi, ya'ni kam miqdorda hamtirik jonni shikastlay olishi; masalan, Ku-isitma qo'zg'otuvchisining 1 grami yer kurrasi aholisining uchdan bir qismini kasalga duchor qila olishi; psittakoz virusining 1 millilitr suspenziyasi 20.000.000.000 odamda xastalikni chaqirish quvvatiga ega; tulyaremiya qo'zg'otuvchisining amerika xilining 10 (o'n) donasining o'ziyoq nafas olish jarayoni betobligiga olib boradi;

pinhoniy davrga ega bo'lish (ushbu qurollar ishlatilganida kasallik alomatlari yo`zaga chiqishi uchun ma'lum vaqt zarur bo'lib, bu davr uni latent yoki yashirin davr deyiladi);

yuqish qobiliyatiga ega bo'Iishi (bakterial qurol mikrob ko'rinishlarida qo'llanilganda, ma'lum vaqt oralig'ida ular yoyilgan va shamol tezligida atrof-muhitga tarqalgan joylarda kasal bo'lgan manbaalardan sog'lom tanaga yuqishi mumkin);

ta'sir muddatining va katta hududlar shikastlanishining davomiyligi (qurol tariqasida ishlatilishi mumkin bo'lgan mikroblar) 2 xil hayotiy jarayon shaklida: vegetativ - mazkur paytda uyg'oq holda bo'lib, faoliyatini amalga oshiradi; sporalar ko'rinishida, ya'ni ma'lum «kafanlarga» burkangan holda, yashash uchun sharoitlar vujudga kelgunga qadar, ipak pillaqurti kabi uyqu holida bo'ladi; vegetativ shakldagilar tashqi muhit omillari ta'sirida (havo harorati qanchalik baland bo'lsa, mikroblar shunchalik ko'p qirilib ketadi yoki nisbiy namlik past (20-30 %gacha) yoxud juda ko'p bo'lsa (95 %gacha), ularning nobud bo'lish tezligi ortadi; mazkur mikroblar dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamsiz bo'ladi; sporalar esa, tashqi omillari va qiron keltiruvchi kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi bilan ajralib turadi); bakteriyali qurollaming o`zoq muddatli ta'siri ayni sporalar bilan ko'p jihatdan bog'liq; ba'zi bir mikroblar kasalliklarni tarqatuvchilar tanasida o`zoq vaqt mobaynida yashash qobiliyatini saqlay oladi (o'lat mikrobi burga tanasida I yilgacha, Ku-isitmasi qo'zg'otuvchisi kanalar tanasida 3,5 yil, Koyali tog'lar lanja isitmasi sababchisi-rikketsiyalar kanalar tanasida 1 yil hayot kechirishi mumkin). E'tiborga sazovor malaka shuki, u ham bo'lsa, kanali ensefalit qo'zg'otuvchisi, kanalarda yashashi bilan birga, tuxumlari orqali bo'lajak kanachalar tanasiga o'tadi;

tanlab shikastlashi (bakteriyali qurollarning tanlab shikastlashi deyilganda, ularni ma'Ium maqsadlarda qo'llash tushuniladi; chunki odamlar, hayvonlar va o'simliklar uchun xavf-xatarli bo'lgan mikroblarning soni ko'p; shunga ko'ra ularning sifati ham turlicha bo'ladi; masalan, odamlar va hayvonlar uchun chechak, o'lat, kuydirgi va boshqalar; manqa (can) - hayvonlar, fitoftorozlar esa, o'simliklar uchun xavflidir;

nerv tizimiga kuchli salbiy ta'sir o'tqazishi (bakteriyali qurollar ishlatilganida, odamlar orasida vahimali holat vujudga kelishi mumkin).

Dushman tomonidan qo'llaniladigan bakterial qurollar boshqa ommaviy qurollar singari 2 yo'nalishda ishlatiladi:

1) odamlarni nobud qilish (o'lat, chin chechak, kuydirgi);

2) odamlarning ishlash qobiliyatini pasaytirish, ularni qatordan
chiqarish.

Yuqumli kasalliklarni tarqalib ketish xavf-xatariga ko'ra yuqori, kam va yuqmaydigan xillarga ajratish mumkin.

Jangovar sharoitlarda dushman tomonidan yuqumli va yuqori darajada yuqumli boigan kasalliklar tarqatish ehtimoli bo'ladi. Uning asl niyati, kasalliklarni yoyilib ketishini ta'minlash.

Tulyaremiyaning 10 dona mikrobi bilan odam kasallangan taqdirda pinhoniy davr 5 kun, 25.000 donasi bilan zararlanganda esa, pinhoniy davr 2 marta qisqaradi (2-3 kun).

Bakteriologik qurollarni qo'llash usullari 3 ta bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

1) bakterial aerozollarni hosil qilish;

2) xona havosini, oziq-ovqatlarni, suv havzalarini bevosita ataylab zararlash - diversiya;

3) hasharotlarni qo'llash.

Ular ichida eng samaralisi - bakterial aerozollarni hosil qilish usulidir. Ularni yaratish maqsadida jangovar vositalar, mexankq generatorlar va purkovich uskunalari qo'llaniladi.

Tabiiy sharoitlarda epidemiologik jarayonlarning rivojlanishi quyidagi 4 ta omilning ayni bir vaqtda bo'lishiga bog'liq: 1) kasallik qo'zg'otuvchisi; 2) kasallik manbayi; 3) tarqalish yo'llari; 4) kasallikka moyil odamlar.

Ushbu qoidalardan xabardor bo'lish epidemiyalarga qarshi usullarni chamalab olish uchun imkoniyat yaratadi. Ular orasida alohida e'tiborga sazovor bo'lganlari quyidagilar: 1) dezinfeksiya -qo'zg'otuvchilarga qiron keltirish; 2) dezinseksiya - hasharotlarni qirish; 3) deratizatsiya - kemiruvchi hayvonlarni nobud qilish; kasallik qo'zg'otuvchilarini va ularni tashuvchilarini qirib tashlash uchun sanitar-ishlov berish; 5) oziq-ovqatlar va suvni bakterial vositalar bilan ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlari; 6) shaxsiy va jamoa gigiyena qoidalariga rioya qilish; 7) shaxsiy himoya vositalaridan ifloslanishning oldini olish uchun foydalanish; 8) dushman tomonidan aholini yuqish jarayonini amalga oshiradigan ishlarda qo'llaniladigan kasallik qo'zg'otuvchilariga nisbatan tana chidamliligini oshirish niyatida shoshilinch nomaxsus va maxsus himoya ishlarini bajarish. Ammo, shuni hisobga olish kerakki, dushman bakteriologik qurollarni qo'llashda turli usullardan foydalanishi mumkin. Bunday vaziyat, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish jarayonini murakkablashtirib yuboradi.

Odamlarning kasallanishi uchun qo'shimcha manbaalarni tashkil qiluvchi chidamli qo'zg'otuvchilarni qo'llash, shikastlovchi ikqilamchi manbaalarini hosil qilishi mumkinligi yuqumli kasalliklarning qaytadan tarqalishiga sabab bo'ladi.

Kasallik chaqiruvchi qo'zg'otuvchilarni aerozol usulida tarqalganligini aniqlash uchun 2 holatga e'tibor berish kerak:

1) bir vaqtning o'zida aholining ko'p qismi kasalga duchor bo'Iishi;

2) qisqa pinhoniy davrdan (1,5-2 kecha-kundo`z) so'ng ko'pchilik
orasida kasallikning tarqalganligi.

Ushbu holatlar epidemik jarayonni katta tezlikda rivojlanishiga olib keladi.

Dushman tomonidan bakteriologik qurol qo'llanilganda, zararlangan joy - o'choq paydo bo'ladi. Bu joyni, bakteriyalar bilan ifloslangan o'choq deyiladi. Uning ichidagi odamlar, hayvonlar va o'simliklar orasida ommaviy yuqumli kasalliklar tarqaladi. O'choq chegaralarini aniqlash maqsadida bakteriologik nazorat, tahlillar, kasallarni aniqlash, tashqi muhitdagi narsalardan olingan namunalarni tekshirish, kasallikni qaysi yo'l bilan tarqalganligini bilish kerak bo'ladi.

O'z vaqtida o'tqazilgan yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari va shaxsiy himoya vositalarini qo'llash. hatto o'ta yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilari qo'llanilgan taqdirda ham kasallikning keskin ravishda kamayishiga olib keladi.

Dushman tomonidan qo'llanilgan bakteriologik qurol oqibatlariga barham berish uchun fuqarolar muhofazasining barcha xizmatlarini jalb qilishni talab qiladi. Ammo, bakteriologik qurol bilan ifloslangan o'choqlarda tadbirlarning epidemiyaga qarshi yo'naltirilganligi, ularni bajarish jarayonida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining uslubiy va tashkiliy ahamiyati mavjudligini ko'rsatadi.

2.1. O’TKIR ZAXARLANISHGA QARSHI ASOSIY KURASH VA CHORALARI

Zaxarlanishga sabab boʻlgan zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish, zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan aʼzolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: zaxarlanishga gumon tugʻilganda darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar (sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda 3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv ichirib qustiriladi. Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli xalta, qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda meʼdani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak yeganda, ogʻziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr hayvon va choʻchqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida zaharning soʻrilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi.

2.2 O’TKIR ZAHARLANISHDA BAKTERIYALI (BIOLOGIK) QUROL BILAN SHIKASTLASHGA QARSHI CHORA-TADBIRLAR

O’tkir zaxarlanish va ularning mavjudligini aniqlashning o'ziga xos qiyinchiliklari (bakteriyali qurollar asosini tashkil etuvchi mikroblarni qisqa vaqt ichida aniqlash mushkul, chunki hozirgi paytda bunday usullar va asbob-uskunalar juda kam; umumqabul qilingan usullarda aniqlash esa, anchagina vaqt va maxsus asbob-uskunalarni talab qiladi. Mavjud lyuminessentli mikroskop orqali aniqlash esa, qo'llanilgan mikroblar haqida taxminiy ma'lumotlarni beradi. Uning natijalari 2-6 soat ichida ma'lum bo'ladi) bor.


Mikroblar mavjudligini aniqlashga oid masalalarni 3 ta asosiy guruhga ajratish mumkin: tezkor aniqlash (1-10 daqiqa ichida); qo'zg'otuvchilar va toksinlarni aniqlash hamda ularni ajratish (2-3 kun ichida); atrof-muhitni (suv havzalari, havo) nazoratini belgilash (aniq vaqt oralig'ida o'rganish tufayli) va tekshirishlar uchun namunalarni vaqti-vaqti bilan olish; aniqlash vositalari to`zilish va boshqarish jihatidan qulay, tahlillarni qaytara olish, sarf-harajatlarning kamligi, jarayonni toraytirish mumkinligini yarata oladigan bo'lishi kerak; bu jarayonda ishonchlilik asosiy mezon bo'ladi.

Biologik nazoratni olib borish uchun qo'llanadigan texnik vositalar 2 xil bo'ladi: bioaerozollarni yorug'lik nurlanishiga va nurlanishning qutblarga ajralishi va tekshirilayotgan moddalarning lyuminessensiyasiga asoslangan; ayni maqsadda ultrabinafsha nurlanishning impulsi manbaalari yordamida biologik quroldan 300-1000 metr o`zoqlikda 1 litr havo tarkibida 1000 tagacha mikrob hujayralarini aniqlash mumkin; biologik aerozollarni joyli-mahalliy aniqlash imqonini beradigan xabarlovchi asboblarning ishlash prinsipini, biologik narsalarni -moddalarni nomaxsus usulda aniqlashga asoslangan; ular yordamida havo tarkibida halaqit beruvchi qo'shimchalar me'yoriga nisbatan 100-1000 marta ko'pligida ham 1 daqiqa ichida aniqlash imqonini beradi; agar bunda asboblar samolyotlarga o'rnatilsa, и holda yerdan 1-2 km balandlikdagi havo tarkibidagi bioaerozollarni nazorat qilish mumkin; aniqlash jarayonida fizikaviy prinsiplar ichida masalaga tezda aydinlik kiritish bo'yicha lyuminessentli - optik usullarning ustuvorligi ma'Ium; keyingi 25 yil ichida bor-yo'g'i 4 ta asbob yaratilib, ular bir-biridan aytarli darajada farqlanadi; bu asboblarning sezgirligi va chidamliligi oldingi asboblarga nisbatan 100 martadan ortiq; tekshirish namunalarini olish va yetkazish vositalari tarzida so`zg'ichlar, impenjerlar, ipaktorlar, barboterlar qo'llaniladi; bakteriyali qurollarni tezkor aniqlash va ajratishda ba'zi bir muammolar bo'lib. ular asosida biologik xavf-xatar manbalarining ko'pligi yotadi; masalan, harbiy xavf va terrorizm xavfi biologik qurollar ishlatilishi bilan bog'liq; Malkoln Dandoning tahliliga ko'ra biologik qurollar qatoriga 22 xil bakteriyalar, 25 xil viruslar va 13 xil toksinlar kiradi; biologik xavf-xatarning bisyorligi tahlil ishlarini bajarish uchun tezda aniqlash imqonini beradigan tahliliy vositalarni yaratishni talab qiladi; mazkur muammoni hal etish uchun 3 guruhga ajratish ma'qul: 1) maxsus aniqlashning biotexnologiyasini takomillashtirish (immun-kimyoviy, molekular-genetik va membran-reseptorli tahlil); 2) fizikaviy aniqlash tizimini takomillashtirish (lyuminessensiyali tahlil, kahrabo rezonansli spektroskopiya, elektr-kimyo, xromat-massa-spektrometrlash, tunelli mikroskopiya yuqori darajada tarqatuvchi tunelli mikroskoplash va boshqa optik hamda yarim o'tqazgichli ainqlash usullari); 3) nazorat qilish va boshqalarning tuzilishini me'yorlash (оптимизация), maxsus aniqlash uchun texnik va tashkiliy vositalarni ishlab chiqarish.

Kasallikning og'irligi va muddati hamda odamning nobud bo'Iishi, pinhoniy dard o`zun-qisqaligining mikroblar miqdoriga bog'liqligi bakterial qurol uchun muhim omillardan hisoblanadi. Masalan, o'lat kasalligi bilan og'rigan bemor, ayniqsa o'pka shakldagisi bilan, uning dardi og'ir kechadi va davolanmasa, odatda o'limga olib keladi. Odamlarda chin chechak ham og'ir kechadi, uni davolashning maxsus usuli ishlab chiqilmagan. Ku-isitmasi nisbatan yengil ko'rinishda kechadi va antibiotiklar yordamida davolanadi.

Ammo tibbiyot xodimlari unutmasliklari kerakki, ifloslangan hududning hamma yeri bir xildagi epidemik ahamiyatni kasb etmaydi. Shaharlar, aholi turar joylari, alohida joylashgan xaql xo'jaligi inshootlari, ya'ni odamlaryashab, ishiaydigan joylari alohida epidemik e'tiborga ega. Qolgan hududlar unchalik epidemik nazarni talab qilmaydi. Bunday maskanlarda tez rivojlanadigan cpidemik jarayon yuz bermaydi. Epidemiyaga qarshi himoyaviy tadbirlarni o'tqazish zarurati bo'lmaydi. Shuning uchun ham, barcha epidemiyaga qarshi tadbir-choralar odamlar yashab, ishlaydigan hududlarda amalga oshiriladi. Qolgan joylarda belgilar qoldiriladi vabu joylar o'z-o'zidan tabiiy usulda zararsizlanadi. Tajribalar ko'rsatadiki, katta ma'muriy markazlar chegarasiga uning bilan bevosita bog'langan, bakteriyalar bilan ifloslangan shaharga yaqin bo'lgan aholi turar joylari ham qo'shilishi lozim. Ushbu amallarga rioya qilmaslik, xaql xo'jaligi inshootlari faoliyatini izdan chiqishiga yoki kasallikni o'choqdan tashqaridagi manzilgohlarga tarqalishiga olib kelishi mumkin.

2.3. ZARARLANGAN TASHUVCHILARGA QARSHI TEZKOR CHORALAR

Zararlangan tashuvchilar bilan ifloslangan o'choqlar chegarasi aniq bo'lmay, kasallik sekinlik bilan tarqaladi. Bakterial shikastlangan o'choqlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati o'z ishini, kelib chiqqan sharoitni hisobga olgan holda amalga oshirishi zarur. Bunday o'choqlarni baholash quyidagi omillarni hisobga olishni taqozo qiladi: 1) qo'llanilgan qo'zg'otuvchi xili va usuli; 2) mavjudligini o'z vaqtida aniqlash; 3) ifloslangan joy va kasallikni taxminiy tarqalgan joy maydonlari; 4) ob-havo sharoitlari; 5) aholining soni va zichligi; 6) yil fasli; 7) qurilgan aholi joylarining tavsifi va zichligi; 8) aholining shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanganligi va ulardan kerakli vaqtda foydalanish; 9) emlangan odamlar soni; 10) kasallikning oldini olish va davolashning maxsus va nomaxsus vositalar bilan ta'minlanishi.



Sanab o'tilgan omillarni hisobga olish bakteriologik o'choqlarni alohidalash va unga barham berish chora-tadbirlarini tashkil qilishni aniqlash imkonini yaratadi. Bakteriologik qurollar qo'llanilgan taqdirda sanitar yo'qotishlarni hisoblash va ular tarkibini belgilash qiyinchilik tug'diradi. Bunday holat qator sharoitlar bilan belgilanadi: 1) bakteriologik qurol tariqasida, har bir o'z jihatlariga ega bo'lgan ko'pchilik qo'zg'otuvchilar qo'llanishi mumkin; 2) yuqumli kasalliklar ikki xil biologik turlar - qo'zg'otuvchilar bilan odamlarning o'zaro aloqasi natijasidir. Yuqumli kasalliklarga odamlarning chidamliligi va qo'zg'otuvchining kuchi (вирулентност) katta o'zgarishlarga moyil. Bu holat sanitar yo'qotishlar miqdoriga ta'sir etadi: 3) bemorlarda sog'lom odamlarga nisbatan kasallikning yuqishi oqibatida kelib chiqqan sanitar yo'qotishlarni oldindan aniqlash aytarli darajada qiyin.

Xorijiy mamlakat mutaxassislarining fikriga ko'ra, bakteriologik qurolning bevosita ta'siri tufayli kelib chiqqan birlamchi kasalliklar o'choqda yashayotgan odamlar sonining 25-50 %ini tashkil qilishi mumkin.
Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling