Lazzatli mahsulotlar


Download 0.68 Mb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1385838
  1   2   3   4
Bog'liq
LAZZATLI ICHIMLIKLAR Rasulov


LAZZATLI MAHSULOTLAR
Rasulov Salohiddin
Choy va choy ichimliklari
Choy. Choy yoqimli ta‟mi va xushbo’yligi, shuningdek, sog’lomlashtiruvchi hamda parhez xususiyatlari tufayli juda keng tarqalgan ichimlik hisoblanadi. Choyning sifati ko„k choy bargining ximiyaviy tarkibiga bog’liq. Ko’k choy bargi tarkibida: choyga ta‟m, rang va shira beradigan dubil moddalari; asab tizimini ko’zg’atuvchi kofein; choyga yoqimli, xushbo’y hid beradigan efir moyi bo’ladi. shuningdek, choy bargi tarkibida oqsillar, uglevodlar, kislotalar, pektin va mineral moddalar, vitaminlar va fermentlar bor. Tayyor choyning sifatiga, shuningdek, ko„k bargga ishlov berish usuli ham ta‟sir qiladi. Ishlov berish usuliga ko’ra bayxa (sochma) va presslangan choy (taxta choy va tosh choy) larga bo„linadi. Rangiga ko’ra choy famil hamda ko’k; o’stirilgan joyiga ko’ra- gruzin, ozarbayjon, krasnodar, hind, tseylon choyi va boshqa turlarga bo’linadi.
Bayxali famil choy o’simlikning uchidagi yosh, rivojlanmagan barglari (fleshlar) dan tayyorlanadi. Terib olingan barglar sifatiga qarab, navlarga ajratiladi, so’litiladi, buraladi, fermentatsiya qilinadi va quritiladi. So’litish jarayonida xlorofill qisman buziladi, kraxmal va oqsil parchalana, dubil moddalari nordonlasha boshlaydn. Buralgan barg shama shakliga kiradi, bunda barg xujayralari buziladi, ulardan shira ajralib, bo’tun bargni ho„llaydi. Fer-mentatsiya nisbiy namligi yuqori bo’lgan issiq xonada o’tkaziladi.
Kofe va kofe ichimliklari
Kofe. Kofe tropik iqlimdagi mamlakatlarda o’sadigan kofe daraxti mevasining urug’idan olinadi. Kofe daraxtining mevasi olcha kattaligida bo’lib, ikkita, ba‟zan bitta urug’ soladi. Kofe terib olingandan keyin etidan tozalanadi, silliqlanadi, sifatiga qarab navlarga ajratiladi va qoplarga joylab uzoq muddat saqlanadi. Masalan, Yava va Liberiya kofelari kamida bir yil, Mokko kofesi uch yilgacha, Braziliya kofesining ayrim navlari 10 - 12 yilgacha saqlanadi. Kofe qancha uzoq saqlansa, ta’mi shuncha yaxshi va xushbo’y bo’ladi. Kofening turi juda ko’p bo’lib, odatda ular o’zi o„sadigan-joyning nomi bilan ataladi. Arabistonning Mokko, Braziliyaning Santos, Hindistonning Malabar kofelari va Tseylon, Kolumbiya, Gvatemala kofelari yaxshi kofelardir.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling