Lazzatli mahsulotlar


Download 0.68 Mb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1385838
1   2   3   4
Bog'liq
LAZZATLI ICHIMLIKLAR Rasulov

Kofe ichimliklari. Kofe ichimliklari tayyorlashda tsikoriy, dub yong’oq, yong’oqlar, kashtan, meva danaklarining mag’zi, kakavella, arpa, suli, javdar, bug’doy, soya, anjir va boshqalar xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu ichimliklar odatda, xom ashyoning bir necha turi aralashmasini qovurib va mayin tuyib tayyorlanadi. Hamma kofe ichimliklari ham yaxshi maydalangan kukun bo’lib, bir xil to’q jigar rangda, ta‟mi, hidi va damlamasi o’z naviga xos bo„lishi kerak. Qovurilgan donali kofe faner yashiklarga, qoplar yoki qog„oz xaltalarga; 112
tuyilgan natural kofe - 100, 150, 200, 250, 300 g dan oq tunuka banka yoki qog’oz qo’tichalarga; kofe ichimliklari - sof og’irligi 100, 250 va 300 g dan qog’oz xaltachalar yoki karton qutichalarga joylanadi.
Alkagolli ichimliklar, ularning assortimenti va sifat ko’rsatkichlari
Tarkibida etil spirti bo„lgan ichimliklar alkogolli ichimliklar deyiladi. Aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum va meva rezavorlardan tayyorlangan vinolar, konyak alkogolli ichimliklardir.
Aroq va likyor-apoq mahsulotlari uchun etil spirti asosiy xom ashyo bo„lib xizmat qiladi. U tarkibida kraxmal bo„lgan (kartoshka, don va boshqalar) yoki qand bo„lgan har xil mahsulotlar, drojji yordamida achitib olinadi. Iste‟mol uchun o„tkirligi kamida 96,5% bo„lgan, yaxshi tozalangan yoki rektifikatsiya qilingan spirt ishlatiladi. Tozalanmagan spirt faqat texnikaviy maqsadlarda qo„llaniladi. Aroq rektifikatsiyalangan etil spirti bilan yumshatilgan suv aralashmasidir. Suv bilan yaxshilab aralashtirilgan spirt har xil filtrlar (aktivlashtirilgan ko„mir, qum, asbest, namat, gazlama) dan o„tkaziladi, undan keyin aroq sifatini pasaytiruvchi mexanikaviy qo„shilmalardan, moy va boshqa moddalardan tozalanadi.
Likyor-aroq mahsulotlariga damlamalar, nalivkalar, likyorlar va punshlar kiradi. Ularga spirt, suv, qand, shifobaxsh va xushbo„y o„tlar, mevalar, rezavorlar, sharbatlar, morslar, efir moyi moddalari xom ashyo bo„lib xizmat qiladi. Damlamalar tarkibidagi spirt va qandga ko„ra achchiq, yarim shirin va shirin bo„ladi. Achchiq damlamalar suv qo„shilgan va rektifikatsiyalangan etil spirtiga har xil xushbo„y o„tlar, urug„lar, tsitrus mevalarining po„sti va boshqalar qo„shib uzoq saqlash yo„li bilan hosil qilinadi. Hosil bo„lgan spirtli damlama suv bilan aralashtiriladi, ozuqa bo„yoqlari bilan rang beriladi va ozroq qand (1-2%), ayrim navlariga esa xushbo„yligini oshirish uchun efir moyi qo„shiladi. Achchiq damlamalar, ya‟ni o„tkir aroq mahsulotlari tarkibida 30 dan 45% gacha spirt bo„ladi. Ularga: “Gorniy dubnyak”, “Zubrovka”, “Zveroboy”, “Erofeich”, “Xin-naya”, “Pomerantsevaya”, “Anisovaya”, “Vishnevaya”, “Tminnaya”, “Myatnaya”, “Limonnaya” va boshqa turlari kiradi.
Rom. Rom – o’tkir alkogolli ichimlikdir. Rom shakarkamishning achitilgan shirasini yoki uni qayta ishlashda hosil bo„ladigan boshqa mahsulotlarni haydab olinadigan rom spirtini dubdan yasalgan yangi bochkalarda 4 - 5 yil mobaynida saqlash yo’li bilan tayyorlanadi. Tabiiy rom juda o’tkir (70-80%) bo’lib, sotuvga chiqarilishidan oldin o„tkirligi 45% ga keltiriladi.
Viski. Viski – o’tkir alkogolli ichimlik. Viski javdar, makkajo’xori, arpa yoki ular aralashmasining achitilgan shirasini haydash yo’li bilan olinadi. Olingan spirt ichki tomoni kuydirilgan dub bochkalarda 4 - 10 yil mobaynida saqlanadi. Sotishga chiqarilishidan oldin yumshatilgan suv, qand qiyomi qo’shiladi va rang beriladi. Viskining o’tkirligi 45%; aroqdan farq qilib, tarkibida spirt yog„i ko„p bo„lganligidan ta‟mi juda o’tkir bo’ladi. Aroq va likyor-aroq mahsulotlarining sifati organoleptik usulda hamda ximiyaviy analiz yordamida baholanadi. Aroq va likyor-aroq mahsulotlarining o’tkirligi Standartda belgilanganidek, tiniq, quyqasiz, begona ta‟m va hidlardan holi bo’lishi kerak.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling