Lazzatli mahsulotlar


Download 0.68 Mb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1385838
1   2   3   4
Bog'liq
LAZZATLI ICHIMLIKLAR Rasulov

Uzum vinolari
Uzum vinolari tarkibida spirtdan tashqari qand, organiq kislotalar, oshlovchi, rang beruvchi, xushbo’y, mineral moddalar va B1, B2 hamda S vitaminlari bor. Uzum vinolari g’oyat lazzatli bo„lib, ulardan ba‟zilari hatto davolash uchun ham qo’llaniladi. Mamlakatimizda uzum vinolari juda ko’p (700 ga yaqin nomda) ishlab chiqariladi. Vinolar tarkibida uglekisliy gazi bo’lmagan (yumshoq) va gazli vinolarga ajratiladi.
Kollektsiyali vinolar kamida 6 yil, shu jumladan, butilkalarda kamida 3 yil saqlangan a‟lo sifatli markali vinolardir. Uzum vinolari odatda oshxona , o„tkirlashtirilgan, xushbo’ylantirilgan va gazli vinolarga bo’linadi.
Oshxona vinolari. Tarkibida 9 dan 14% gacha spirt bo„lgan, uzum shirasini tabiiy achitish natijasida olingan vinolar stoloviy vinolar deyiladi. Uzum shinnisini to’la achitib tarkibida 0,5% qand bo’lgan shirasiz stoloviy vinosi, chala achitib - yarim shirasiz (qandi 0,5 dan 3% gacha) va yarim shirin (qandi 3 dan 8% gacha bo’lgan) stoloviy vinolar olinadi.
Yarim shirasiz va yarim shirin stoloviy vinolar turg’un emas, tez buziladi. shuning uchun ham ular faqat yangiligida savdoga chiqariladi. Stoloviy vinolari rangiga ko’ra oq (och somon rangdan to’q tilla ranggacha), pushti (och pushtidan och qizil ranggacha) va qizil (qizildan to„q qizilgacha); sifatiga ko’ra - markali va oddiy bo’ladilar.
O‘tkirlashtirilgan vinolar. Uzum sharbati yoki shinnisini chala achitib olingan vinolar o’tkirlashtirilgan vinolar deyiladi; bunday vinolarning achish jarayoni spirt qo’shib to’xtatiladi. Tarkibidagi spirt va qandga ko„ra ular o’tkir va desert vinolarga bo„linadi.
O’tkir vinolar tarkibida 16 dan 20% gacha spirt va 3 dan 17% gacha qand bo’ladi. Ular oq, pushti va qizil rangli bo„ladilar. Portveyn (oq, pushti, qizil), madera, marsala, xeres o’tkir vinolarning eng tipik namunalaridir. “Kuban”, “Derbent”, “Aygeshat”, “Kardanaxi”, “Akstafa”, “Alabashli”, “Farhod”, “yujnoberejniy”, “Ashtarak”, “Krimskoe”, “Livadiya” va h.k.ham o„tkir vinolar guruhiga kiradi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling